O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Mahsulot tannarhini aniqlash usullari


Download 0.69 Mb.
bet86/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

14.2. Mahsulot tannarhini aniqlash usullari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarga o‘z faoliyati natijalari uchun to‘la iqtisodiy mustaqillik va javobgarlik berilishi nazariy jihatdan o‘z xarajatlari va tannarhi bilan samarali boshqarishda korxona manfaatdorligini oshirish uchun sharoitlar yaratish kerak edi. Biroq sobiq sho‘rolar tizimidan meros qolgan korxonalar o‘rtasidagi an’anaviy xo‘jalik aloqalarining uzilishi, narxlarning oshishi, birinchi navbatda, xom ashyo, energiya uzatuvchi va transport xizmati baholarining oshishi tannarhning keskin ko‘tarilib ketishiga, ishlab chiqarish hajmining kamayishiga, ko‘p hollarda esa korxona faoliyatining to‘xtab qolishi va ularning tugatishga olib keldi. Sanoatdagi inqiroz so‘nggi o‘n yil ichida amalda qo‘llanib kelingan xarajatlar bilan boshqarish tizimining foydali elementlarini qo‘ldan boy bergandi. SHunday qilib, xarajatlar va tannarh bilan samarali boshqarishni amaliy jihatdan qayta o‘rganish vaqti keldi.
Amalda kalkulyasiya va xarajatlar hisobi ob’ektlari tez-tez bir-biriga mos kelib turadi. Bunday holatda mahsulot birligi tannarhini hisoblash uchun hisob ob’ekti bo‘yicha xarajatlarning umumiy summasi tayyorlangan buyumlar miqdoriga bo‘linadi. Ular bir-biriga mos kelmay qolgan holda esa kalkulyasiya ob’ekti birligi tannarhni aniqlash uchun hisob ob’ekti bo‘yicha xarajatlar umumlashtiriladi va olingan natija tayyorlangan mahsulot miqdoriga bo‘linadi. Bunday holda xarajatlar hisobi ob’ektlari kalkulyasiya ob’ektining bir qismi (ulushi) bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida xarajatlar hisobini turli usullar bilan tashkil etish mumkin.
1) xarajatlarni baholash usuli bo‘yicha;
2) ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga nisbatan xara-jatlar nisbati bo‘yicha;
3) Xarajatlarni mahsulot tannarhiga kiritishning to‘liqligi bo‘yicha.
Xarajatlarni baholash usulida haqiqiy, normativ va rejaviy (taxminiy) tannarh xarajatlari hisobi usullarini ajratib olish zarur.
Haqiqiy tannarh bo‘yicha xarajatlar usulidan foydalanishda hisobot davridagi haqiqiy xarajatlar hajmi qo‘yidagi formulada aniqlanadi:



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling