O‘quv qo‘llanma
Somoniylar davridagi davlat devonlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Somoniylar davridagi davlat devonlari
Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror topishi va uning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi Devoni vazir Mustavfiy Amidal-mulk Sohibi shurat Sohibi muayyid Mushrif Mumallikayi xos Muxtasib Avqof (vaqf) Qazo (qozilik) 88 katta bo‘ldi. Shu boisdan ularning obro‘si oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko‘plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome’ masjidi, xonaqo (g‘aribxona) va namozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon ibodatlari o‘qiladigan sajdagohlar bino qilindi. Xuddi shu davrda musulmon Sharqidagi ilk madrasalardan biri Buxoro shahrida qad ko‘tardi. Buxoroning qadimiy madrasasi shaharning Darvozai Mansur mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi «shayxulislom» nomi bilan yanada ulug‘lanadi. Ustoddan keyin «xatib»lar turardi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa, xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-xarajati uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi erlar kengayib, yangi turdagi diniy-vaqf xo‘jaligi tarkib topadi. Masalan, Narshaxiyning yozishicha, Afshona qishlog‘ining ekin erlari atrofidagi yaylovli biyobonlar Ismoil Somoniy tomonidan Buxoro madrasasining talabalariga vaqf qilib beriladi. Shuningdek, amir Registon maydoniga tutashgan va Dashtak deb shuhrat topgan keng qamishzor erlarni Hasan ibn Muxammad Tolut ismli mulkdor arab lashkarboshidan 10 ming dirhamga sotib olib, Buxoro shahrining jome’ masjidi vaqfiga qo‘shib beradi. Masjid va madrasalar tasarrufida katta-katta er va mulklar to‘planishi hamda vaqf xo‘jaligining tarkib topishi shu tariqa yuzaga keldi. Bu jarayon aynan Buxorodan boshlandi. Somoniylar tashqi va ichki dushman hurujlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga katta e’tibor beradilar. Xususan, Ismoil Somoniy yaxshi kurollangan harbiy qo‘shinlar va maxsus muntazam saroy soqchi navkarlar sho‘ratini tuzadi. Somoniylar davlatining janubiy hududlari, xususan Hirot va Nishopurda qarmatlik harakati keng yoyilib, harakatning mamlakat poytaxti Buxoroga ham tarqalish xavfi bor edi. Uning namoyandalari Husayn Marvazi va Ahmad Naxshabi qarmatlar mafkurasini somoniy hukmdorlariga va ularning saroy ahllariga singdirishga harakat qildilar va ma’lum ma’noda bunga erishdilar. Masalan, somoniylar yirik amaldori Abubakr Ash’as shunday chaqiriqlar ta’siri ostida qarmatiylikni qabul qiladi. Somoniy 89 hukmdorplari iloji boricha ushbu harakatning Movarounnahrga, jumladan, Buxoroga tarqalishining oldini olishga harakat qilishgan. Masalan Nuh ushbu jarayonning oldini olish maqsadida qarmatlik harakati namoyandalaridan biri Ahmad Naxshabiynig saroyga chaqirtirib, qarmatlikning afzalligi masalasida musulmon faqihlari bilan bahsga kirishishni taklif qiladi. Bo‘lib o‘tgan bahs- munozaralarda Ahmad Naxshabiy mag‘lubiyatga uchraydi va Nuh farmoni bilan Buxorodagi maydonga osib o‘ldiriladi. Xullas, qarmatlik harakatiga chek qo‘yiladi. Somoniylarning harbiy yurishlari, xukmron sulolaning ichki nizolari, maxalliy hokimlar boshboshdoqlik harakatlarining borgan sari avj olib borishi bilan uzluksiz davom etgan uzaro kurashlaridan aholi bezor bo‘lgan edi. Bunday og‘ir siyosiy vaziyat oqibatida mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo‘ladi. U shunchalik og‘ir kechardiki, xatto harbiylar, shu jumladan, amirning turkiy muntazam soqchi navkarlariga ham maosh tulash uchun uzoq, vaqt mablag‘ topilmaydi. Bunday og‘ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan 2 marta soliq undirib olinadi. Bunday tartibsizlik, shubhasiz, mamlakatda vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi ko‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi. Siyosiy vaziyat, ayniqsa, Nuh ibn Nasr II (943-954) va uning nabirasi Nux II ibn Mansur (976-997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim ibn Ahmad isyon ko‘taradi. U saroy turkiy muntazam navkarlari va Chag‘oniyonning yirik zodagon dehqoni Abu Ali Chag‘oniy yordamida Buxoro taxtini egallab oladi. Lekin juda qisqa muddat hukmronlik qiladi. Ko‘p vaqt o‘tmay Abu Ali Chag‘oniy bosh ko‘taradi. Nuh ibn Nasr qo‘zg‘olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952- yilda Abu Ali Chag‘oniyni avval Chag‘oniyonga, so‘ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo‘ladi. 961-yilda Buxoro harbiy lashkarlarining g‘alayoni ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar amir saroyini talaydilar va unga o‘t qo‘yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez qaytarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning zaiflashib qolganidan, Arab xalifaligidan uzil-kesil ajralib, mustaqilligini tiklab olgan Movarounnahrda tashkil topgan Somoniylar davlatining inqirozga yuz tutganidan dalolat beradi. Shunday qilib, IX-X asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda Somoniylar davlati tashkil topdi. O‘rta asrlar zamonining bu yirik 90 davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat boshqaruvi an’analariga suyanib, muntazam soqchi armiya va kuchli xarbiy qo‘shinlarga ega bo‘lgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil qildi. O‘rta asrning bu yirik davlati o‘zining boshqaruv tizimi jihatidan, shubhasiz, O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti tarixini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi 1 . X asr o‘rtalarida Issiqkulning janubi va Qoshg‘arda yashagan yag‘mo qabilalari kuchayib, avval o‘zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi chigil qabilalari bilan yagona ittifoqda birlashadi. So‘ngra Ettisuvga xuruj qilib, qarluqlarni bo‘ysundiradi va ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. 992-yilda Xasan Bug‘raxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy qabilalar ham qatnashadilar. Natijada Qoraxoniylar bilan birikib ketadilar. Bu davrda somoniylar ma’muriyati va harbiy qo‘shinlari boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan turk hojiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk sardorlari mamlakatni 1 Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт- матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.105. 91 dushmandan mudofaa qilish o‘rniga xoinlik yo‘lini tutib, qoraxoniylarga yon bosadilar. Qoraxoniylarning Buxoroga yurishi oldidan somoniylarning eng e’tiborli turk lashkarboshilaridan Xuroson noibi Abu Ali Simjuriy amir Nux ibn Mansurdan yashirincha Bug‘raxon bilan Somoniylar davlatini bo‘lib olish haqida muzokara olib boradi. Ikkinchi Turk lashkarboshisi Ayach boshliq qo‘shin tor-mor qilinadi va uning o‘zi asirga olinadi. Raboti Malik yaqinidagi Harjan yonida yana bir turk hojibi Foyiq katta qo‘shin bilan Bug‘raxonga qarshi jang qiladi. Ammo Foyiq jang qizg‘in ketayotgan paytda atayin taslim bo‘ladi. Shu sababli Buxoro himoyasiz qoladi. Nuh ibn Mansur poytaxtni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Ko‘p vaqt o‘tmay Bug‘raxon Foyiqni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug‘raxon Buxoroda uzoq tura olmaydi. Kasallik uni poytaxtni tark egib, o‘z vatani Qoshg‘arga qaytishga majbur etadi. Yo‘lda u vafot qiladi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nuh ibn Mansur Buxoroga qaytib o‘z taxtini egallaydi. Ammo ikki maxalliy turk sarkardasi Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. O‘z kuchiga ishonmagan Nuh ibn Mansur G‘azna hukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo‘shin bilan u Movarounnahrga etib keladi va Nuh bilan birlashib qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan so‘ng Foyiq va Abu Ali qo‘shinlari tor- mor qilinadi. Sobuqtakinning bu yordami evaziga Nuh ibn Mansur unga «Nosir ud-din va ud-davla», ya’ni «din va davlat homiysi», uning ug‘li Mahmudga esa «Sayf ud-din» yoki «din shamshiri» degan unvonlarni taqdim etadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abu Ali Simjuriy o‘rniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtakin va Maxmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanib, G‘aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bo‘lgan erlarni egallaydi 1 . 996 yilda qoraxoniylar Movarounnahrga yana hujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuhga yordam berish uchun Sobuqtakin, CHag‘oniyon, G‘uzg‘on va Xuttalon 1 Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт- матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.121. 92 hokimlarining birlashgan qo‘shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga etib keladi. Nuhning ham o‘z qo‘shini bilan unga qo‘shilishini talab qiladi. Bu somoniylar amirining hukmdorlik huquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh, shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuktakinni Buxoroga chakirtiradi. Bunga javoban Sobuqtakin qo‘shin yuborib Buxoroni egallaydi. So‘ngra u Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi erlar, shu jumladan, Xurosonga hukmdor bo‘lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay qoraxoniylar Buxoroni bosib oladi. Garchi somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga uringan bo‘lsalar-da, ammo 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling