O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test topshiriqlari
Tayanch so‘z va iboralar: ilk o‘rta asrlar, suv manbalari,
daryo o‘zani, tabiiy do‘nglik, ark, madaniy qatlam, hisor, darvoza, bozor, shahriston, rabot. Nazorat uchun savollar 1. Buxorodagi savdo toqlari haqida ma’lumot bering? 2. “Buxoro shahri va eski binolari” maqolasi haqida nimalarni bilasiz? 3. Bozori Mox haqida ma’lumot bering? 4. Shahriston darvozalari haqida ma’lumot bering? 5. Arkning bunyod bo‘lishi haqida gapirib bering? Test topshiriqlari 1. “Buxoro shahri va eski binolari” nomli maqolaning muallifi kim? a. Yahyo G‘ulomov b. V.V. Bartold s. V.A. Shishkin d. M. Saidjonov 2. Shahriston darvozalari to‘g‘risida tadqiqot olib borgan rus olimi kim? a. I.I.Umnyakov b. V.V. Bartold s. V.A. Shishkin b. L.A.Zimin 3. Bolohovuz masjidi kim tomonidan qurilgan? a. Ubaydullaxonning onasi Sitorai Moxi-Xossa tarafidan qurilgan b. Abulfayzxonning onasi Sitorai Moxi-Xossa tarafidan qurilgan s. Abdullaxon d. Amir Olimxon 4. Zandanichi matosi qaerda to‘qilgan? a. Varaxshada b. Poykentda s. Zamonboboda 71 d. Zandanada 5. Buxoro hisorida nechta darvoza bor? a. 2 b. 3 s.11 d. 7 4-MAVZU: ILK O‘RTA ASRLARDA BUXORO 4.1. Buxoro vohasi arablar istilosi arafasida 4.2. Arablarga qarshi qaratilgan xalq harakatlari 4.1. Buxoro vohasi arablar istilosi arafasida Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Buxoro vohasidagi Boykand shahri Eftaliylar davlatining poytaxti bo‘lgan. Buni Narshaxiyning Boykand va uning ijtimoiy-siyosiy mavqei to‘g‘risidagi ma’lumotlari, qolaversa arxeologlar tomonidan uzoq yillardan beri amalga oshirib kelinayotgan arxeologik izlanishlar tasdiqlaydi. Eftaliylar poytaxti Boykand o‘z davrining eng ko‘rkam, obod shaharlaridan sanalgan. Bu erda hunarmandchilik, savdo-sotik, qurilish ishlari ancha rivojlangan. SHaharning Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi unda mahalliy va xalqaro ahamiyatga molik savdo- sotiqning rivojlanishiga keng imkon ochgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan karvonsaroy, bozor va rasta qoldiqlari ushbu fikrni tasdiqlaydi. Vohaning muhim iqtisodiy, siyosiy va madapniy ahamiyatga sazovor shaharlaridan yana biri - bu Buxoro shahri edi. Turk xoqonligi davrida Buxoro muhim ahamiyat kasb etgan shaharlardan sanalgan. Xoqonlikka qarshi qaratilgan xalq harakatlari orasida VI asrning 80- yillarida Buxoro vohasida Abruy boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon alohida ajralib turadi. Bu harakat Buxoro vohasidagi jamoa erlarida yashagan kadivarlarning yirik er egalariga qarshi isyon ko‘tarib, ularning hovli-joylariga hujum qilish, erlarini tortib olish, o‘zlarini esa quvgin qilish bilan xarakterlidir. 72 Buxoro vohasida ro‘y bergan xalq qo‘zg‘olonidan Turk xoqonligining xonadonidan bo‘lmish Abruy ustamonlik bilan foydalanishga harakat qilgan. Abruy Turk hoqoni Moxonning o‘g‘li bo‘lib, otasining o‘limidan keyin boshqa shahzodalar qatori otasining taxtiga da’vogarlik qiladi. Ammo taxt uchun kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin, o‘ziga sadoqatli kishilar bilan hoqonlik markazidan qochib, Buxoro vohasiga kelib qolgan edi. Buxoro ahli Abruyga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Narshaxiy o‘zining “Buxoro tarixi” kitobida ushbu hodisa to‘g‘risida quyidagilarni yozadi: “So‘ngra Buxoroda qolgan kishilar o‘zlarining (qochib ketgan) sarkardalariga odam yuborib, Abruyning jabr- zulmidan qutqarishni so‘radilar. SHunda sarkardalar va dehqonlar turklar podshohining oldiga bordilar, u podshohning nomi Qarojurin turk bo‘lib, ulug‘ligi sababli unga Biyog‘u deb laqab bergan edilar va Biyog‘udan arz-dodlarini eshitishni iltimos qildilar. Biyog‘u Sheri Kishvar nomli o‘z o‘g‘lini ko‘p lashkar bilan yubordi. Sheri Kishvar Buxoroga kelgach, Baykandda Abruyni tutib band qildi. Uning farmoni bilan bir katta qopni qovoq ariga to‘lg‘izib, Abruyni shu qopga soldilar va u qop ichida o‘ldi. Sheri Kishvarga bu viloyat yoqib qolib, otasiga xat yubordi va undan bu viloyatni talab qilib, Buxoroda turishi uchun ruxsat berishini iltimos qildi. Biyog‘udan: «u viloyatni senga bag‘ishladim», degan javob kelgach, Sheri Kishvar Hamuketga odam yuborib, Buxorodan qochib ketgan kishilarni xotin va bola- chaqalari bilan Buxoroga oldirib keldi va o‘sha vaqtdayoq yana: «Ham u ketidan kelgan har bir kishi (amirning) yaqin kishilaridin bo‘ladi» degan buyruq bo‘ldi. Buning sababi, kimki boy va katta dehqon bo‘lgan bo‘lsa, Buxorodan qochib ketgan, kambag‘al va bechoralar esa Buxoroda qolgan edilar. Qochib ketgan kishilar qaytib kelgach, chorasiz (Buxoroda) qolgan (kambag‘al)lar ularga xizmatkor bo‘ldilar.Buxoroga qaytib kelgan guruh orasida bir katta dehqon bor edi, u qadimiy dehqonzoda va ko‘proq daromadli erlar uniki bo‘lganligidan uni «Buxorxudot» der edilar va (Buxoroda qolganlarning) ko‘plari uning kadivarlari va xizmatkorlari edilar. Sheri Kishvar Buxoro shahristonini qurdi hamda Mamostin, Saqmatin, Samtin va Farab qishloqlarini bino qildi. U yigirma yil podshoh bo‘lib turdi. Undan keyin bo‘lgan boshqa podshoh Iskajkat, Sharg‘ va 73 Romtin qishloqlarini bino qildi, so‘ngra Faraxshiy qishlog‘iga asos soldi” 1 . Arablar Buxoroda boshqargan hukmdorlarni o‘z tillariga moslab “Buxorxudotlar”, «Buxor-xudo» (Buxoro hokimi) deb ataganlar. Buxorxudotlarning hududi Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Qorako‘l tumanlari erlaridan iborat bo‘lgan. Arablar Buxoroni fath etgandan keyingi dastlabki yillarda hokimiyatni buxorxudotlar bilan birgalikda boshqarganlar. 715-yili Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim o‘ldirilgach, buxorxudotlar Buxoroni bir yil davomida mustaqil idora kilganlar. 782-yil so‘nggi buxorxudot Bunyod Muqanna qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatlagani uchun arablar tomonidan qatl etiladi. Buxorxudot Kono birinchi bo‘lib o‘zining tasviri va uning ostiga «Buxoro hokimi» degan yozuv zarb qilingan kumush tangalar (dirhamlar) chiqargan. Bunday tangalar arxeologik qazishmalar vaqtida ko‘plab topilgan. Tarixchi G‘.G‘oibovning «Arablarning O‘rta Osiyoga qilgan ilk yurishlari» nomli kitobida buxorxudotlar vakillari quyidagi tartibda berilgan: Bidun (?-673), Xo‘tak xotun (673-692), Tug‘shoda I (692-724), Tug‘shoda II (724-738), Qutayba ibn Tug‘shoda (738-753), noma’lum buxorxudot (Tug‘shoda III) (753- 768), Sukon (768-775), Bunyod (775-782). Arablar tomonidan Buxoroni egallanishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Xalifa Muoviya tomonidan yuborilgan Ubaydulla ibn Ziyod 674-yil Poykandni qamal qildi va shaharni egalladi. Ubaydulla ibn Ziyod Buxoro va Poykandda qurol-yarog‘, kiyim- kechak, oltin, kumush va juda ko‘p asirlardan iborat katta o‘ljaga ega bo‘ladi. Bu arablar tomonidan hududni egallashga qaratilgan birinchi harbiy harakatlar edi. Navbatdagi hujum 676-yil Said ibn Usmon tomonidan amalga oshirilib, bunda Said ibn Usmon bilan Xotun o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lib o‘tadi. Sug‘d, Kesh va Nasaf hokimlari qo‘shinlarining Xotunga ko‘makka kelishiga qaramay, jang arablar g‘alabasi bilan yakunlandi. Natijada Xotun katta boj to‘laydi va 70 kishini garovga berib, sulh tuzishga majbur bo‘ladi .Tarixchi Bilozuriyning so‘ziga 1 Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ машъалига илова, 1993. –Б.16-17. 74 qaraganda, Buxorodan garovga olib ketilgan kishilar qullarga aylantirilgan va sun’iy sug‘orish ishlarida ishlatilgan 1 . Qutayba ibn Muslim Xuroson amiri qilib tayinlangach, Xurosonni o‘ziga bo‘ysundirdi va Toharistonni fath etdi. Qutayba tomonidan Poykentning ishg‘ol qilinishini Narshaxiy shunday tasvirlaydi: “U sakson sakkizinchi yili (12 dekabr 706-30 noyabr 707) Jayhun daryosidan o‘tdi. Baykand aholisi bundan xabardor bo‘lib, Baykandni juda mustahkam hisor bilan o‘radilar. Qadimgi vaqtlarda Baykandni shohriston deganlar va mustahkamligidan, uni «jez shahar», deb ham ataganlar. Qutayba juda qattiq janglar qildi; musulmonlar ellik kungacha (hisorni olish uchun) chora topolmay zahmat chekdilar va (oxiri) hiyla ishlatdilar. Bir guruh (askarlar) devor tagidan minora va hisorning ichkarisi tomon lahm qazib, otxonadan chiqdilar, (so‘ng) devorni kovlab rahna ochdilar; musulmonlar hanuz ham hisorga kela olmayotgan edilar, (endi) rahna orqali ichkari kirdilar” 2 . Qutayba 707-yil yana Buxoroga yurish boshlaydi va kadimiy shahar Romtin (Romitan) ni egallaydi. Biroq bu erda yordamga kelgan turkiylarning qattiq qarshiligiga duch kelib, Romitandan nariga o‘ta olmadi. Xalifa al-Xarroj Qutaybaga 708 yil maktub yo‘llab, Buxoroga qaytishni va uni ishg‘ol qilishni amr qiladi. Biroq Qutayba bu ishning uddasidan chiqa olmadi. Uning Tanzor ismli arab bo‘lmagan ayg‘oqchisi bo‘lib, buxoroliklar uni sotib oladi. Tanzor Qutaybadan bu erni tark etib, tashlab ketishini suraydi, ammo u fosh etilib o‘ldiriladi. Narshaxiyning yozishicha, Qutayba Xunbunga qarab jo‘naydi va ko‘p janglar kilib Xunbunni, Tarobni xamda ko‘pgina mayda qishloqlarni oladi va Vardonaga ketadi. U erda Vardonxudot nomli bir podshoh bor edi, u bilan ko‘p urushdi. Buxoro qishloqlaridan Tarob, Xunbun va Romtin oralig‘ida ko‘p lashkar to‘planib Qutaybani o‘rab oladilar. So‘g‘d podshohi Tarxun ko‘p lashkar bilan Xunuk xudot ko‘p askari bilan, Vardonxudot o‘z askari bilan keldilar. Xitoy podshohining jiyani Kurmagonunni ham yollagan edilar, u 40 ming askari bilan yordamga keldi. Kutaybaning ishi og‘irlashdi. 1 Баракаев Ж., Ҳайдаров Й. Бухоро тарихи. –Тошкент: Ўқитувчи, 1991. –Б.18. 2 Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ машъалига илова, 1993. –Б.44-46. 75 Vardonxudot Zarafshon vodiysidagi hukmdorlar ichida eng kuchlisi bo‘lgan. Bir vazir Turkistondan kelgan edi va Vardonxudot nomli bu vazirga butun Vardona erlari tegishli edi, deb yozadi Narshaxiy. Boshka muarrix, ya’ni Tabariyning hikoya qilishicha, 708- 709-yillardagi jangda arab qo‘shinlari Vardonxudotdan engilgach, Qutayba hiyla ishlatib Vardonxudotga yordamga kelgan So‘g‘d hokimi Tarxun bilan sulh tuzib, birlashgan kuchlarni zaif qilib qo‘yish yo‘li bilan g‘alaba qozongan. Narshaxiy buni quyidagicha bayon etgan. Qutaybaning yaqinlaridan biri bo‘lgan Xayyoni Nabotiy Sug‘d hokimi Tarxunning oldiga kelib, havo sovib bormoqda, bizlar issiq vaqtida bu erda bo‘lamiz, sovuq tushishi bilan jo‘nab ketamiz. Turklar esa sening erlaringni biz ketishimiz bilan egallab oladi, sen yaxshisi Qutayba bilan sulh tuzgin. Turklarga esa Xuroson noibi Xajjojdan Kesh va Naxshab yo‘li bilan arablarga ko‘p lashkar yordam kelayapti, deb tushuntirasan deydi. So‘g‘d hokimi Tarxun ham bu gapga ishonib, darhol borib Qutayba bilan sulh tuzib, ikki ming dirham yuborgan 1 . Ubaydulloh ibn Ziyod va Sa’id ibn Usmon tomonidan Buxoroni egallashga qaratilgan har bir harbiy harakat aholining keskin qarshiligiga uchradi. Poykent aholisining mag‘lub bo‘lishiga Xitoy va boshqa mamlakatlarda savdo qilib yuruvchi mahalliy savdogarlarning shaharda bo‘lmagani va mudofaa kuchlarining ozligi sabab bo‘lgan ekan. Ular qaytib kelishgach, o‘z xotin-qizlarini tovon to‘lash evaziga arablardan qaytarib olishgan. Qutayba ibn Muslim Poykentni egallagandan so‘ng aholi bilan sulh imzolab, shaharni boshqarishni Varqo ibn Nasr Bohiliyga topshiradi. Qutayba ibn Muslim Buxoroga to‘rt marotaba qo‘shin tortib kelgan. Shaharni egallagandan so‘ng amalga oshirgan asosiy tadbiri aholi o‘rtasida islom dini tarqatish va islomiy ruknlarga rioya etishni joriy qilish edi. Shunga qaramasdan, aholi islom dinini yuzaki qabul qilgan. Yangi dinini qabul qilgan ba’zi bir ikkilanuvchi odamlar eski ma’budalariga hamon ibodat aylab, yashirin joylarda va erto‘lalarda ularga sajda qilardilar. Shundan so‘ng, Qutayba arablar buxoroliklar bilan birga yashab ularnint xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lib tursalar, ular zaruratdan musulmon bo‘ladilar, degan maqsadda 1 Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарварақларида. –К.1. Тошкент: LESSON PRESS, 2016. – Б.35. 76 Buxoro aholisiga o‘z uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqargan. Narshaxiy o‘z kitobida Qutayba ibn Muslim Buxoroni olgach, shahar aholisiga o‘z uylari va erlarining yarmini arablarga berishni buyurganligini qayd etadi. Shuningdek, Buxoroda yashagan kashkashon qavmi xususida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Buxoroda bir qavm bor ediki, uni kashkashon der erdilar; ular hurmatli, qadr- qiymatli va e’tiborli odamlar bo‘lib, Buxoro aholisi o‘rtasida zo‘r obro‘ga ega edilar; ular dehqonlardan bo‘lmay, chetdan kelgan kishilar bo‘lib, aslzoda, savdogar va boy odamlar edilar. Qutayba uylar va asbob-anjomlarni taqsim qilib berishga qistay bergach, ular o‘z uy-joylari va asbob-anjomlarini butunlay arablarga qoldirib, o‘zlari uchun shahar tashqarisida etti yuzta ko‘shk bino qildilar. U vaqtlarda shaharning kattaligi (hozirgi) shahristonday kelar edi. (Kashkashonlardan) har biri o‘z ko‘shkining atrofiga xizmatkorlar va o‘ziga qarashli odamlar uchun uylar qurdi va har bir kishi o‘z ko‘shkining oldiga bog‘ va tekis maydon barpo qildi va ular ana shu ko‘shklarga ko‘chib keldilar” 1 . Herman Vamberi ham arablarning Buxoroda joylashishi hamda mahalliy aholi vakillarining islom dinini qabul qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Jumladan, “......oxir oqibatda islom mamlakati bo‘lgan Buxoro uchun ham boshqa hududlarda qo‘llanilgan siyosiy tadbirlar kabi og‘ir edi. Lekin islomni tarqatish yo‘lidagi ba’zi bir sirli usullarni mag‘rur buxoroliklar ham chuqur his etdilar. Arablarga ma’lum bo‘lishicha, islom dinini qabul etgan ba’zi bir ikkilanuvchi odamlar eski ma’budalariga hamon ibodat aylab, yashirin joylarda va erto‘lalarda sajda qilardilar. Shu sababli har bir buxorolik o‘z hovlisining yarmini arablarga berishi amr qilindi. U arab uy egalariga islom shariatidan ta’lim berdi hamda ularning islom odobiga rioya qilishlarini kuzatib turdi. Agarda isyon etsalar, arab ma’murlariga chaqar edi. Yangi dinga kiruvchilar uchun mukofot qilib pul beriladigan bo‘ldi. Juma kuni Qutayba jome’siga namozga kelgan kishilar ikki dirham mukofot olardilar. Registonda bino qilingan bu masjidda ham qiyom, ruku’, sajdalar arkoni ibodatga, ya’ni imomga suyanib bajarilar edi. Ibodat duolari, 1 Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ машъалига илова, 1993. –Б.33-34. 77 Qur’on oyatlari arabcha, hatto forscha o‘qilar edi. Eski din tarafdorlari o‘zlariga taklif etilgan dinga bir muncha davr qarshi turdilar. O‘sha zamonga oid qusurli ma’lumotlarga qaraganda, Buxoro musulmonlari o‘n yillar mobaynida masjidga borganlarida yonlarida qurol olib yurishgan. Erli xalqlarga esa, islomni qabul etgan bo‘lsalar-da, qurol taqishga ruxsat berilmagan. Ikki orada tez-tez kelishmovchilik bo‘lib turgan” 1 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling