O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
№ Man
zil Ta’rif 1. Tavois Bozorga yonma-yon masjidi jome, katta shahriston bo‘lib, qadimgi vaqtlarda kuz faslida u joyda o‘n kun bozor bo‘lgan. U bozorda shunday rasm bor ediki, boshqa bozorlarda sotilmay qolgan har qanday nuqsonli qullar, chorva mollari va boshqa aybli qoldiq narsalar bo‘lsa, hammasi bu bozorda sotilar edi. Ularni qaytarib berishning hech iloji bo‘lmagan, na sotuvchi va na oluvchining hech bir sharti qabul qilingan. Har yili o‘n kun bu bozorga Farg‘ona, CHoch va boshqa joylardan kelgan savdogarlar va turli hojatmandlardan o‘n mingdan ortiq kishi hozir bo‘lishar va ko‘p manfaat topib qaytar edilar. SHu sababli bu qishloqning aholisi boy kishilar edi va boyliklari dehqonchilik tufayli emas, savdogarchilikdan edi. Tavois Samarqandga boriladigan katta yo‘l ustida bo‘lgan, undan Buxorogacha etti farsang masofa yo‘l edi. 2. Iskajkat Bu bir katta ko‘handiz bo‘lib, uning aholisi boy kishilar bo‘lgan, boyliklari dehqonchilikdan bo‘lmagan, chunki u qishloqning erlari xarob bo‘lib, yaxshi erlari ming juftga etmagan. Uning hamma aholisi savdogarchilik bilan shug‘ullangan. U joyda ko‘p bo‘z to‘qib chiqarilar edi. Har payshanba kuni u erda bozor bo‘gan. 68 3 SHarg‘ Muhammad Narshaxiy ma’lumotiga ko‘ra, Iskajkat ro‘parasidadir, ikkovining orasida katta daryodan boshqa hech bir er yo‘q. Bu joy aholisining qadimda bir bozori bo‘lgan, har yili qish o‘rtasida o‘n kun davom etgan. Kishilar uzoq viloyatlardan kelib savdo qilishgan. Narshaxiy ma’lumotiga ko‘ra, u joydan ko‘proq shinni bilan tayyorlangan mag‘izli holva chiqar edi, yana u joydan ko‘proq chiqadigan narsa qintoriy va cho‘p (yog‘och)lar, tuzlangan baliq, yangi baliq, qo‘y va qorako‘l terilaridan tikilgan po‘stinlardan iborat edi. Bu erda ko‘p savdo bo‘lar edi. Ammo bugun bizning davrimizda har juma kuni bozor bo‘lib, shahar va qishloqlardan savdogarlar u joyga boradilar. U qishloqdan chiqadigan va bu kunlarda savdogarlar boshqa viloyatlarga olib boradigan narsa - mis va bo‘zdir. 4. Zandana Bu qishloq katta qal’aga ega bo‘lib, bozor va masjidi jomega ega. Bu qishloq o‘zining “zandaniychi”si bilan mashhur bo‘lib, bu xildagi bo‘z Iroq, Fors, Kirmon, Hindiston va boshqa viloyatlarga ham xaridorgir bo‘lgan. Bu qishloqda har juma kuni bozor bo‘lib, namozdan keyin aholi bozor qilgan. 5. Vardona Katta qishloq bo‘lib, kuhandizga, mustahkam hisorga ega edi. U qadim vaqtlardan podshohlarning turar-joylari bo‘lgan. U joyda har haftada bir kun bozor bo‘lib, savdogarlar ko‘p kelargan. U erdan chiqadigan narsa ham yaxshi xil “zandaniychi” bo‘lgan. 6. Afshina Katta shahristonga va mustahkam hisorga ega bo‘lib uning atrofida bir qancha qishloqlar ham bo‘lgan. U erda har haftada bir kun bozor bo‘ladi. 7. Varaxsha Varaxshaning o‘rnida Rajfandun bo‘lib, u Buxoro shahridan qadimiyroqdir. Varaxshada har o‘n besh kunda bir kun bozor bo‘lgan. Yilning oxirida esa yigirma kun bozor qilinib, yigirma birinchi kun navro‘z - yangi yil bayrami 69 o‘tkazilgan. 8. Mox bozori Buxoroda bir bozor bor bo‘lganki, uni “Bozori Mox ro‘z” deganlar. U erda yiliga har gal bir kundan ikki marta bozor bo‘lgan va bozor bo‘lgan kuni ko‘proq butlar sotilgan. Bozor kuni ellik ming dirhamdan ortiq savdo bo‘lgan. Narshaxiy shunday deydi: “Bu bozor bizning vaqtlarda ham bor edi, men nega bunday odat rasm qilingan, deb juda ajablanar edim. Buxoroning keksalari va shayxlaridan: “buning sababi nima”, deb so‘radim. Ular: “Qadim vaqtlarda Buxoro aholisi butparast bo‘lganlar va bu bozor rasm bo‘lib, o‘sha davrlardan boshlab bu erda but sotganlar va bozor hozirda ham o‘sha qadimgidek qolib kelmoqda”,-deb javob berdilar. Nishopuriyning “Xazoin ul-ulum” kitobida bozor haqida shunday yoziladi: Buxoroda bir podshoh bo‘lib, uning nomi Mox edi. U ana shu bozorni qurishga buyurdi, uning farmoni bilan duradgorlar va naqqoshlar u yildan bu yilgacha but yo‘nib, belgilangan kunda shu bozorga keltirib sotishar va xalq uni sotib olar ekan. Har qachon u but yo‘qolsa yoki sinsa, yoki eskirsa, shu bozor kuni boshqasini sotib olar va eskisini tashlar ekanlar. Mox masjidi o‘rnashgan erda katta ariq bo‘yida serdaraxt tekislik joy bo‘lgan, shu daraxtlar soyasida bozor bo‘lgan. Podshoh xalq but sotib olishga qiziqsin uchun, shu bozorga kelib hozirda Mox masjidi o‘rnashgan erda taxtda o‘tirgan, har kim o‘zi uchun but sotib olgan va uyiga olib ketishni kuzatgan. Bu joy otashparastlar ibodatxonasi ham bo‘lib, bozor kuni odamlar bu erga yig‘ilganlarida hammalari ibodatxonaga kirib olovga sig‘inganlar. Bu ibodatxona to islomgacha bor bo‘lib, musulmonlar kuchayib ketgach, mazkur ibodatxona o‘rniga masjid bino qildilar. 70 Buxoro ilk o‘rta asrlarda vatanimiz shaharsozlik madaniyatining barcha jihatlarini o‘zida mujassam qilgan shahar sifatida tarixda muhrlanib qoldi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling