O‘quv qo‘llanma
Arablarga qarshi qaratilgan xalq harakatlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
4.2.Arablarga qarshi qaratilgan xalq harakatlari
Buxoro va uning atrofida 750 yilda abbosiylarga va Abu Muslimga qarshi qo‘zg‘olon boshlangan. Qo‘zg‘olonga asli arablardan bo‘lgan Sharik ibn Shayx al-Maxriy boshchilik qilgan. Harakat abbosiylar va ummaviylar o‘rtasidagi kurash natijasi ham edi. Narshaxiy ma’lumotlariga qaraganda, Sharikning tarafdorlari ichida hatto Buxoro amiri Abduljabbor ibn Shayb va Xorazm amiri Abdulmalik ibn Xuzayl kabi nufuzli kishilar ham bor edi, lekin bu ikki amir qo‘zg‘olonga rahbarlik rolini o‘ynamagan. Oradan ko‘p o‘tmay, 770-780-yillarda Movarounnahrda “oq kiyimliklar” ko‘zg‘oloni deb nom olgan Muqanna boshchiligidagi harakat keng yoyiladi. Harakatga Muqanna (Niqobdor) laqabi bilan mashhur bo‘lgan marvlik hunarmand Hoshim ibn Hakim rahbarlik qiladi. U Mazdak g‘oyalariga (ijtimoiy tenglikni, xususan er-zamin, boylik-zar, hokimiyat-zo‘r, ayollar-zanni teng ravishda taksimlash) asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targ‘ib etib, paygambarlikni da’vo qilgani va Xuroson noibining xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun xalifa Mansur tomonidan zindonga tashlangan edi. Zindondan qochib, 769-yil yana Marvga qaytib keladi va atrofiga tarafdorlarini to‘plab, arablar zulmiga va xukmronligiga karshi ko‘zg‘alishga da’vat qiladi va Movarounnahrning barcha viloyatlariga tashviqotchilarini yuboradi 2 . 1 Вамбери Ҳ. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. –Тошкент: Ғафур-Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. –Б.15. 2 Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарварақларида. 1 китоб. –Тошкент: LESSON PRESS, 2016. -Б.35. 78 “Oq kiyimlilar” harakati Ushbu harakat tarixda “oq-kiyimlilar”qo‘zg‘oloni nomini bilan mashhur. Samarkand, Kesh, Buxoro va Narshax shaharlari qo‘zg‘olonchilar markaziga aylanadi. Narshax qo‘rg‘oni (hozirgi Vobkent tumani markazi yaqinida) qo‘zg‘olon markazlaridan biri bo‘ldi. Umuman, Buxoro shahri atrofi harakatning eng yirik markazlaridan biri edi. Bu erda harakatni islom dinidan qaytgan buxorxudot Buniyot ibn Tug‘shodaning o‘zi qo‘llab- quvvatlardi. U arablar hokimiyatini juda yomon ko‘rgan va Buxoro erini hamda uning mustaqilligini qayta tiklash uchun qo‘zg‘olonda ishtirok etadi. Muqannaning Buxoro shahri atrofida juda tez muvaffaqiyat qozonishi buxoroliklarni juda tashvishga soladi. Shaharning musulmon doiralari Muqannaga qarshi darhol qat’iy kurash olib borish bilangina o‘zimizni qutqara olamiz, deb o‘ylaganlar, chunki Buxoroning o‘zidayoq Muqannani qo‘llashga tayyor turgan guruhlar ham bor edi. Bular ichida Muqannaning qizg‘in tarafdori bo‘lgan Hakim ibn Ahmad degan kishini ko‘rsatib o‘tish lozim. Narshaxiy 79 uning uch yordamchisining ismini keltiradi. Ulardan ikkitasi - Xashariy yoki Hishriy va Bohiy, aftidan, Buxoro atrofida joylashgan Fuzaiy keshkidan chiqqan bo‘lib, Hakim ibn Ahmadda sarxang (ya’ni kichikroq qo‘shin lashkarboshisi) bo‘lib xizmat qilishgan. Uchinchi sarxangning nomi Girdak edi. U g‘ijduvonlik bo‘lgan. Ismlariga qaraganda, ularning uchchovi ham so‘g‘dli bo‘lganlar. Chamasi ular arab ismlaridan namoyishkorona voz kechib, o‘zlarini so‘g‘d ismlari bilan ataganlar. Narshaxiy ularning, shubhasiz qobiliyatli bo‘lganliklarini inkor qilmaydi, lekin o‘zi Muqanna harakatining dushmani bo‘lgani uchun ularni ayyorlar, deb ataydi. Ular Narshax qo‘rg‘onini mustahkamlab, Buxoroga hujum qiladilar. Bu vaqtda Buxoro amiri bo‘lgan Husayn ibn Maoz halifa Maxdiy tomonidan maxsus yuborilgan Jabroil ibn Yahyoni yordamga chaqirdi. Buxoro amiri buyrug‘i bilan musulmonlar 776-yil aprelida katta qo‘shin bilan Narshax devorlari tagiga keldilar. Buxoro qozisi Amir ibn Imronning taklifi bilan Muqanna tarafdorlarini xato yo‘ldan voz kechib, islom diniga qaytishga undash uchun harakat qilib ko‘rildi. Biroq oq kiyimlilar qattiq turdilar va sharmandalarcha taslim bo‘lish to‘g‘risidagi taklifni eshitgilari ham kelmadi. Yana to‘qnashuvlar boshlandi, to‘rt oycha davom etgan qattiq to‘qnashuvlardan so‘ng Muqanna tarafdorlari engildilar va bu jangda ular faqat o‘lganlar hisobidan 700 kishi yo‘qotdilar. Ular sulh tuzishga majbur bo‘ldilar. Tuzilgan shartnomaga muvofiq, qo‘zg‘olonchilar o‘z qishloqlariga tarqab ketishlari, qonuniy amirlarga bo‘ysunishlari, yo‘llarda musulmonlarni talamasliklari, musulmonlarning uylariga hujum qilmasliklari va qaytadan musulmon bo‘lishlari kerak edi. G‘oliblar esa qo‘zg‘olonchilardan o‘ch olmaslikka va’da berdilar. Shartnomaga Buxoro oqsuyaklari imzo chekdilar. Biroq, musulmon askarlari Buxoroga qaytib kelishga ulgurmaslaridanoq Muqanna tarafdorlari yana qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Buxoro atrofi yana qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi. Xalifa Mahdiy kurashning borishidan tashvishga tushib, Muqannaga qarshi Buxoro va uning atroflarida muvaffaqiyatli kurash olib borish uchun Jabroil ibn Yaxyoga qo‘shimcha kuchlar yubordi. Narshaxiyning yozishicha, Jabroil ibn Yaxyo qo‘shin bilan Buxoroning shimoliy tomoniga kelgan va shaharning Samarqand darvozasi yonida istehkom qurgan. 80 Keyingi ikki yil ichida ham Buxoro hukmronlari Muqanna tarafdorlariga qarshi kurash olib borganlar. Arablar Muqannaga Buxoroda zarba berishning bosh yo‘li sifatida ularning asosiy tayanch markazi Narshax qal’asini qo‘lga olishga harakat qiladilar. Chunki bu qal’a qo‘lga olinmas ekan, arablar Buxoro shahri va uning atroflarini erkin boshqara olmas edilar. Bu o‘lkada o‘zlarining xo‘jalik siyosatini yurgizishlariga hamisha to‘siq bor edi. Negaki, Muqanna tarafdorlari ham dastlabki muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng bekor o‘tirmadilar. Garchi hali yoz endi boshlangan va g‘alla hali pishmagan bo‘lishiga qaramay, qo‘zg‘olonchilar g‘allani ko‘kligicha o‘rib, Narshax qal’asiga tashib keltira boshlaydilar. Chunki bo‘lajak qattiq kurashga tayyorlana boshlagan edilar. Vaziyatning murakkablashib borayotganligini ko‘rgan Buxoro amiri Narshax qal’asiga qat’iy hujum qilishni buyuradi. Jabroil ibn Yaxyo qishloqni o‘rab turgan devorlar atrofida 50 gaz chamasi nariroqdan zovur qazishni buyuradi va bu zovurda o‘z askarlarini joylashtiradi. Jabroil ibn Yaxyo qishloqni bir necha muddat qamal qiladi, lekin qamal muvaffaqiyatsiz chiqqach, qal’aning tagini kovlamasdan uni olib bo‘lmasligiga ishonadi. Arablar o‘z qarorgohlaridan Narshax devoriga qarab chuqur zovur qaziydilar. Qazish ishlari tun qorong‘uligida olib boriladi. Zovurning qazib bo‘lingan joylariga ustunlar o‘rnatilib, ustini qamish va tuproq bilan yopadilar. Yashirincha qazilgan bu zovur ham 50 gazga etgandan so‘ng Jabroil ibn Yaxyo darvoza yaqinidagi asosiy minoralardan birining tagiga ko‘p o‘tin qalashga va ustiga neft sochib o‘t qo‘yishni buyuradi. Biroq o‘tin yonmaydi, chunki bu joyning usti yopiq bo‘lganligi uchun havo kirmas edi. Shundan keyin tagiga zovur qazilgan minora qarshisiga manjaniqlar, ya’ni katta toshotar mashinalar keltirishga buyruq beriladi. Bu mashinalar ishga tushirilgandan so‘ng minoraning kattagina joyi yoriladi. Zovur o‘pirilib havo kira boshlaydi va qalab qo‘yilgan o‘tin yonib ketib o‘t butun minoraga tarqaladi. Natijada Narshaxni o‘rab turgan devorning bir qismi qulab tushadi. Shundan so‘nggina Jabroil ibn Yaxyoning askarlari qal’aga kiradilar. Arablar Narshax mudofaasining iste’dodli boshlig‘i bo‘lgan Hakim ibn Ahmadni qo‘lga tushiradilar va Jabroil ibn Yaxyo o‘z o‘g‘li Abbosga uni yashirin ravishda o‘ldirishni buyuradi. U shu tariqa 81 o‘ldiriladi. Jang qilganlar ichida Hakim ibn Ahmadning yordamchilaridan biri - Bohiy ham halok bo‘ladi. Faqat Girdak qutulib qoladi. U o‘zini ta’qib qilib kelayotgan kishilardan yashirinib, Muqanna askarlari safiga qo‘shilish uchun Muqanna oldiga ketadi. Xalifa qo‘shinlari Buxoroda g‘alaba qilganlaridan keyin Sug‘dga yurish qiladilar. Nihoyat, arablar 783-yil Muqanna joylashgan qal’ani egallaydilar. 806-810-yillarda butun Movarounnahr amir Rafe’ ibn Lays qo‘liga o‘tdi. Uni Xuroson noibining og‘ir soliq zulmidan va poraxo‘rligidan g‘azablangan so‘g‘diylar faol ko‘llab- quvvatlashdi. 809-yilda xalifa Horun ar-Rashid unga qarshi katta qo‘shin yubordi va Buxoro qamal qilindi. Mudofaaga Rafe’ ibn Laysning ukasi Bashir boshchilik qildi. Nihoyat shahar zabt etildi, Bashir asir olinib, xalifaning buyrug‘iga ko‘ra qatl qilindi. Abbosiylar halifalikning sharkiy erlariga, sharqiy viloyatdan chiqqan axoliga Ummaviylarga nisbatan ko‘proq tayanishgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan, avvalo, muttasil bo‘lib turgan qo‘zg‘olonlar ta’sirida ular hokimiyatga mahalliy, arab bo‘lmagan zodagonlar vakillarini ham jalb etish zarurligini tushunib etdilar. Bunday zodagonlar vakillari jumlasiga Hirot viloyatidagi Pushanga (Bushanja) shahridan chiqqan Tohir ibn Husayn ham mansub edi. 811- 812-yillarda Tohir nbn Husayn Axvazning isyonkor noibiga qarshi yurish qildi. Uch bosh ko‘mondonning ikki nafari: Tohir va buxorxudot Abbos asli Buxorodan chiqqan. Boshqa buxorxudot Muhammad ibn Ahmad Babak qo‘zg‘olonini (816-837) bostirgan lashkarning yirik harbiy boshliqlaridan biri edi 1 . Tohiriylar sulolasining asoschisi Tohir ibn Husayn 874-yili Xorazmdan chiqib, Buxoro voxasi tomon yo‘l oldi va besh kunlik qamaldan keyin Buxoroni ko‘lga kiritdi. Uning qo‘shinlari tomonidan qilingan beboshlik sababli, shaharning kattagina qismi yonib ketdi, buxoroliklar qo‘zg‘olon ko‘tarib, Husayini qochishga majbur qildilar. Undan keyin Buxoroni keyinchalik mashhur bo‘lgan Somoniy amir Ismonl ibn Ahmad boshqara boshladi. Arablar fathi Markaziy Osiyo, jumladan, Buxoro tarixida muhim burilish davri bo‘ldi. Islom dini mintaqa hayotiga kirib keldi va bu erda mustahkam ildiz otdi. Buxoroda musulmon davrini islomgacha bo‘lgan davr bilan bog‘lovchi zanjir tanga zarb qilishdir. 1 Бухоро Шарқ дурдонаси / Муаллифлар жамоаси. – Тошкент: Шарқ, 1997. – Б.36-37. 82 Arablar kelishi bilan buxorxudot tangalari namunasida kumush tanga ishlab chiqarish davom etdi. Lekin ikkala davr tangalari o‘rtasidagi farq shunda ediki, endi bu tangalar draxma emas, balki dirham deb atalgan va ularda pahlaviy va so‘g‘d yozuvlari barobarida, odatda qisqa (bir-ikki so‘z) arab yozuvlari bitilgan. IX-X asr ko‘lyozma manbalarida shunday tangalarning uch turi: musayyabiy dirhamlari. muhammadiy va g‘itrifiy turlari tavsiflangan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling