O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Buxoroning o‘rni
5.2.Ilm-fan, ta’lim va me’morchilik 5.1.Somoniy va Qoraxoniylar davri siyosiy hayotida Buxoroning o‘rni Xalifa Ma’mun davrida Somonxudotning nabiralari, ya’ni somoniylar xonadoni vakillari Movarounnahrning ayrim shahar va viloyatlariga noib qilib tayinlanadi. Samarqapndga Nuh, Farg‘onaga Ahmad, Shoshga Yahyo, Hirotga Ilyos tayinlanib, ular xalifaga noiblik maqomida bu viloyatlarni idora etishgan. Bulardan ayrimlari, xususan Nuh, keyinchalik Ahmad Movarounnharni mustaqil boshqarishga harakat qilishadi va hatto mis chaqalar zarb etishadi. Ahmad vafotidan keyin 865-yil uning o‘g‘li Nasr Samarqand taxtiga o‘tiradi va uni markazga aylantiradi. Nasrning maqsadi Movapounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va Xurosondan ajratib olish edi. Tohiriylar davlati barham topgandan so‘ng, Movarounnahrni mustaqil idora qilish imkoniyati yanada kengaydi. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan Buxoro ahli uchun murakkab vaziyat yuzaga keladi. Chunki 873- yil Xurosonda tashkil topgan Safforiylar 84 davlati Tohiriylarga barham berib, Buxoroni o‘z ta’siriga olishga harakat qilayotgan edi. Lekin amalda buning uddasidan chiqa olmaydi. Shunday vaziyatda Buxoro shahri zodagonlari mashhur faqih Abu Xafs Kabirning farzandi Abu Abdulloh boshchiligida o‘zaro maslahatlashib somoniylarga murojaat qiladilar va, Samarqandga Nasr ibn Ahmad huzuriga elchi yuboradilar. Maqsad Buxoroni Nasr ibn Ahmad ta’sir doirasiga kiritish va shaharga somoniylarning bir vakilini hukmdor etib tayinlash edi.Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni 874 -yil Buxoroga noib qilib yuboradi. Shu sanadan boshlab somoniylarning Buxoroga, keyinchalik butun Movarounnahr va Xurosonga hukmronligi boshlanadi. Ayni shu vaqtdan boshlab Nasr ibn Ahmad o‘zini butun Movarounnahrning hukmdori deb hisoblay boshlaydi va somoniylar hukmronligi tarixida birinchi bo‘lib kumush tanga zarb etadi. Shu bir holatning o‘zi uning mustaqil hukmdor sifatidagi huquqini mustahkamlar edi. Chunki kumush tangalar davlat mustaqilligining ramzi hisoblanib, shu vaqtga qadar xalifalik tasarrufidagi viloyatlardan tohiriylargina bunday darhamni zarb etish huquqiga ega edilar. Nasr ibn Ahmad shunday huquq va vakolatni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishiga qaramay, ukasi, ya’ni Buxoro noibi Ismoil unga itoat qilishni istamaydi. Noibligining dastlabki yillaridanoq Ismoil qator muammolarpga duch keladi va ularni uddaburonlik bilan hal qiladi. Jumladan, akasi Nasrning o‘ziga nisbatan ishonchsizligini engish, Buxoro atroflarida izg‘ib yurgan qaroqchilar to‘dasini tugatish, Buxoro zodagonlari bilan umumiy til topish kabi masalalar Ismoilning ziyraklik va aqlu farosat bilan ish tutishi oqibatida o‘z echimini topadi. Masalan, Barkad va Romitan orasidagi hududda talonchilik qilib yurgan to‘rt ming qaroqchiga zarba berib, bu erlarda osoyishtalik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ladi. Ismoil Buxoroni iloji boricha iqtisodiy mustaqil boshqarishga va Samarqanddagi Nasr xazinasiga yuborilishi zarur bo‘lgan yillik to‘lovlarni to‘xtatishga harakat qildi. Natijada aka-uka o‘rtasida adovat paydo bo‘lib, u 888-yildagi jangga olib keladi. Jangda Ismoilning qo‘li baland kelib, Nasr mag‘lubiyatga uchraydi. Nasr asirga olinib sulolaning nomigagina oliy hukmdori sifatida Samarqandga yuboriladi. Nasr vafotidan oldin ukasi Ismoilni o‘zining 85 vorisi etib tayinlaydi va 892-yil, ya’ni Nasr vafotidan so‘ng Ismoil butun Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi 1 . Ismoil Somoniyning nomi qobiliyatli, zukko, serg‘ayrat davlat arbobi sifatida tarixda qoldi. U Movarounnahrni birlashtirgach, markazlashgan va har jihatdan qudratli davlat tuzishga intiladi. Shu maqsadda dastlab 893-yil shimoldagi Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga zarba beradi. Natijada dashtliklarning Movarounnahr viloyatlariga uyushtirib turgan uzluksiz yurishlari birham topadi. Shungacha Buxoro aholisi vohani o‘rab turgan 300 kilometrli “Kampirak” devorini muntazam ravishda hashar yo‘li bilan ta’mirlash ishlariga jalb qilinardi. Endilikda bunga ehtiyoj qolmadi, chunki Ismoil Somoniy vohani mudofaa qilishni Narshaxiy ta’biri bilan aytganda “Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo‘laman”, degan ibora bilan o‘z zimmasiga oladi. Movarounnaxr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda Somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirilib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo‘lgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho‘chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to‘qnashtirishga va bu yosh ikki davlatning har ikkisini zaiflashtirib, boy viloyatlarda ma’lum darajada o‘z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular o‘rtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga, unga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo‘ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o‘z qo‘li ostida kuchli bir davlat qilib birlashtiradi, Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham beradi va uni o‘z davlatiga qo‘shib oladi. Natijada poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan zamonasining eng yirik mustaqil o‘rta asrlar davlati tashkil topadi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan bo‘lgan hukmdorlar - amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar. Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi, avvalambor, markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog‘liq edi. 1 Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт- матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.99-100. 86 Buni yaxshigina anglagan somoniylar o‘z tasarrufidagi ulkan mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham davlat ma’muriyatini tashkil etadilar. U podsho dargohi va devonlar-markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir harami va qarorgohi hamda saroy a’yonlariyu navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo‘lar edi. Narshaxiyning ma’lumoti bo‘yicha, Somoniylar davlati asosan devoni vazir, mustavfiy, amidal-mulk, sohibi shurat, sohibi muayyid, mushrif, mumallikayi xos, muhtasib, avqof va qazo nomlari bilan yuritiladigan 10 ta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning ma’muriy, siyosiy va xo‘jalik tartiboti uning bevosita nazoragi ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Mustavfiy devoni xazina (moliya) kirim-chiqimlar; amidal-mulk - davlat hujjatlari va elchilik aloqalari; sohibi shurat - soqchiboshi, ya’ni harbiy, xususan, amirning muntazam turkiy saroy navkarlari, uning ta’minoti; sohibi muayyid - maktubot va axborot, ya’ni pochta; mushrif - saroy ishboshqaruvchisi; mumallikayi xos - davlat mulklari; muhtasib - bozorlardagi toshu tarozular, narx-navo hamda fuqarolarning mafkurasi; qazo - adliya; avqof - masjid va madrasalarning vaqf xo‘jaliklari bilan shug‘ullanar edi. Nasr ibn Ahmad (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu maxsus binoda joylashgan edi 1 . Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan bilimlarga ega bo‘lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Kur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan bir muncha xabardor bo‘lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu o‘rta asrlarning o‘ziga xos amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy an’analarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Viloyatlarda, maktubot va axborot (pochta) devonidan tashqari, barcha devonlarning vakillari bo‘lgan. Viloyat devonlari, bir tomondan, mahalliy hakimga, ikkinchi tomondan esa 1 Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт- матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.101. 87 markaziy mahkamaning tegishli devonlariga bo‘ysunar edilar. Viloyat hokimlari ba’zan vazir deb yuritilardi. Ular sulolaviy xonadonga tegishli amirzodalar yoki sobiq mahalliy hukmdorlar hamda zodagon dehqonlardan tayin etilardi. Bulardan tashqari, har bir shaharda rais- shahar boshlig‘i hamda muxtasib - nazoratchisi bo‘lardi. Ularni hokimning bevosita o‘zi mahalliy aslzodalar yoki ko‘pincha oliy tabaqa ruhoniylarning nufuzli vakillaridan tayinlar edi. Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromad- buromadi (byudjeti)ning deyarli yarmi sarf etilardi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling