O`quv-uslubiy majmua (I kurs talabalari uchun mo`ljallangan) Navoiy -2021


Ma’naviyat tushunchasining tarkibiy tuzulmasi


Download 0.64 Mb.
bet14/103
Sana25.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1294293
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Bog'liq
manaviyatshunoslik

2.Ma’naviyat tushunchasining tarkibiy tuzulmasi. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, ma’naviyatga quyidagicha dastlabki ta’rif berish mumkin: Ma’naviyat - bu ijtimoiy ongning e’tiqod va qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan sobit barqaror tuyg‘ulari, ehtiroslari, tushunchalari, g‘oyalari, me’yorlari, ijtimoiy mo‘ljallari, ideallaridir, ularning yaratilish jarayoni va madaniy merosda, urf-odatlarda aks etishi, millatga muayyan maqsadlarga erishish uchun yordam beradigan iroda hamda jamiyatda qaror topgan aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhitdir.
SHunday qilib, ma’naviyat to‘rt o‘zaro uzviy bog‘liq tarkibiy qismdan iborat:
a) ongning, dunyoqarashning olamga faol munosabat ko‘rinishidagi funksional jihati (ijtimoiy ong shakllariga muvofiq - falsafiy, diniy, axloqiy, estetik, huquqiy tuyg‘ular, tushunchalar, baholar, qarashlar, nazariyalar);
b) ma’naviy madaniyat yutuqlari (xalq og‘zaki ijodi asarlari: qo‘shiqlar, dostonlar, ertaqlar, maqollar, matallar, xalq amaliy san’ati asarlari, adabiyot, arxitektura, dizayn, tasviriy san’at, teatr, kino, musiqa, estrada asarlari va sh.k.; fan, ommaviy axborot va tashviqot, ta’lim tarbiya tizimi, istirohat va sport, urf-odatlar, diniy amaliyot va h.k.);
v) iroda (erkin tanlash, qat’iyat, fidoyilik, or-nomus, milliy g‘urur, ijtimoiy qo‘rquvni engishi va h.k.);
g) jamiyatda qaror topgan ma’naviy muhit.
Ma’naviyat shaxsning tabiat va jamiyat bilan mushtaraklashib o‘zaro munosabatini uyg‘unlashtirishni bildiradi. YA’ni ma’naviyat tushunchasi:
1) shaxs va jamiyat tomonidan ijtimoiy borliqni o‘z faoliyati asosi va ob’ekti sifatida anglab olinishini (shu boisdan ham ma’naviyat dunyoqarashning funksional jihati bo‘ladi);
2) shaxsning, millatning muayyan xulq-atvori va yaratuvchilik faoliyati, borliqqa munosabati, borliqni qayta yaratish yoki o‘zgartirish bo‘yicha ijodiy rejalarini;
3) bu rejalarni amalga oshirish uchun, birinchidan, shaxs va jamiyatdagi qat’iyat, erk va irodani hamda, ikkinchidan, jamiyatda mavjud bo‘lgan mafkuraviy shart-sharoitni bildiradi.
Demak, ma’naviyat orqali inson tabiat va jamiyat bilan bir butunlikni tashkil qiladi, uyg‘unlashadi, olamning haqiqiy javhariga, gultojiga aylanadi. Ma’naviyatsiz – inson tabiatning shunchaki bir jonzodi bo‘lib qolaverar, o‘zligini, olamdagi o‘z o‘rnini anglamas, “ikkinchi tabiat”ni yaratolmasdi. Insonning tabiatga va jamiyatga ijobiy ta’siri ma’naviyatga, salbiy ta’siri esa undagi kamchiliklarga bog‘liq

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling