O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

BASIT (ar. طيسب- yoyiq) – aruz bahrlaridan biri, mustaf’ilun (– – v –) va foilun 
(– v –) asllarining takroridan hosil bo‘ladi, mustaf’ilun rukni boshida ikki sabab (mus 
va taf) yoyilib turgani uchun shu nomni olgan. Bundan tashqari, B. bahri vaznlarining 
aruz va zarbida harakatlar, ya’ni qisqa unlilar yoyilgani uchun shunday nomlangan, 
degan fikrlar ham bor. B. bahri arab she’riyatiga xos bo‘lib, o‘zbek she’riyatida 
qo‘llanmaydi. Navoiyning “Mezon-ul-avzon” asarida B. bahrining bir vazni
Boburning “Muxtasar” asarida sakkiz vazni turkiy tilda bitilgan maxsus misollar 
bilan keltirilgan. Xususan, Navoiy: 
Ishqing meni tunu kun majnunu zor aylamish,
Ko‘nglumni zoru hazin, jismim nizor aylamish, –
baytini misol qilgan bo‘lib, u basiti musammani solim (– – v – / –v – / – – v – / 
–v – ) vaznida yozilgan. 
BAHR (ar. رحب– dengiz) – aruzda yozilgan she’rda ruknlarning takrorlanish 
tartibi, konkret she’rdagi o‘lchov asosi. Aruzda hijo, rukn, misra va bayt (arab 
aruzida harf, juzv, rukn, bahr, bayt) she’rning o‘lchov birliklari bo‘lib, bunda bayt 
konkret she’rning ritmik jihatdan tugal birligi, boshqalari esa uning tarkibiy qismlari 
sanaladi. B. misra doirasida voqe bo‘ladi, chunki ilk misradagi ruknlar tartibi keyingi 
misralarda aynan takrorlanadi. YA’ni, aruzda 8 ta rukn(asl)ning muayyan tartibdagi 
takroridan B.lar hosil bo‘ladi va ularning har biri o‘z nomiga ega. A.Navoiy “Mezon 
ul-avzon”da ko‘rsatishicha, aruzda 19 ta bahr mavjud, Bobur esa “Muxtasar”da 21 ta 
bahrni ko‘rsatadi. B.larning ettitasi (mutaqorib, mutadorik, hazaj, ramal, rajaz, komil 
va vofir) bitta rukn takroridan (mas., mafoiylun / mafoiylun... – hazaj; foilotun / 
foilotun... – ramal) hosil bo‘ladi, birgina maf’ulotu asli o‘zi mustaqil holda B. hosil 
qilmaydi. Bittadan olingan ikkita asl takroridan yana 8 ta B. (muzori’, hafif, mujtass, 
munsarih, muqtazab, tavil, madid va basit ) hosil bo‘ladi (mas., mafoiylun / 
foilotun... – muzori’; foilotun / mustaf’ilun...– hafif). Ikkita bir xil va bitta boshqa asl 


 
80 
takroridan esa qolgan 4 ta B. (qarib, mushokil, g‘arib va sari’) hosil bo‘ladi (mas., 
foilotun / foilotun / mustaf’ilun – qarib; foilotun / foilotun / mafoiylun – mushokil). 
O‘zbek tili xususiyatlari bilan bog‘liq holda she’riyatimizda B.lar qo‘llanishdagi 
faollik darajasiga ko‘ra farqlanadi: agar hazaj, ramal, rajaz, muzori’, xafif, mujtass, 
munsarih, sari’, mutaqorib B.lari faol qo‘llangan bo‘lsa, mutadorik, komil tavil B.lari 
juda kam uchraydi; vofir, muqtazab, madid, basit, qarib, mushokil, g‘arib, ariz, amiq 
B.lari esa she’riyatimizda ishlatilmagan.
VAZN (ar. نزو- o‘lchov) – konkret she’rda yuzaga chiquvchi ritmik hodisa, 
metr, o‘lchov. So‘zlashuv amaliyotida “aruz vazni”, “barmoq vazni” tarzida ishlatish 
kuzatiladiki, nazariy jihatdan bu to‘g‘ri emas. CHunki, aslida, aruz ham, barmoq ham 
ko‘plab vaznlarni o‘z ichiga olgan she’r tizimlaridir. V. she’r tizimi qonuniyatiga 
asoslangan holda aniq bir she’rning o‘lchovini bildiradi. Masalan, aruz tizimi qisqa 
va cho‘ziq hijolarning muayyan tartibda takrorlanishiga asoslanadi, V. esa 
takrorlanishning konkret she’rdagi tartibini belgilayotgan o‘lchovni bildiradi. Agar 
“g‘azal ramali musaddasi solim vaznida yozilgan” deyilsa, uning bir baytida 6 ta, har 
bir misrasida uchtadan rukn, har bir ruknda 4 tadan hijo borligi, hijolar “cho‘ziq-
qisqa-cho‘ziq-cho‘ziq” tartibida guruhlangani anglashiladi. YA’ni, bu g‘azal ritmi 
shu o‘lchov asosida tartibga solingan, uning barcha misra va baytlari ritmik jihatdan 
shu o‘lchovga mosdir.
VASL (ar. لصو- ulanish, qo‘shilish) – 1) aruzda yozilgan she’rlarda ayrim 
yopiq hijolar oxiridagi undoshni vazn talabi bilan o‘zidan keyingi unli bilan 
boshlangan so‘zning birinchi hijosiga qo‘shib o‘qish hodisasi. Masalan, 
Mashrabning:
Sajda aylar zohid ul mehrobig‘a, 
Man qilurman sajda egma qoshima, – 
baytidagi “zohid ul” (– – – ) birikmasi V. qoidasiga ko‘ra “zo-hi-dul” (– v – ) 
tarzida o‘qilishi lozim, aks holda she’r vazni buziladi. CHunki bayt ramali musaddasi 
maqsur (foilotun, foilotun, foilun) vaznida bo‘lib, agar V. qoidasiga rioya qilinmasa, 
birinchi misra xashvidagi ikkinchi hijo qisqa bo‘lmay qoladi, natijada vaznda buzilish 
yuzaga keladi. 2) mutlaq qofiya (q.) unsuri. 
VASF (ar. فصو– tavsiflash, tasvirlash, sifatlash) – biror narsa, hodisa yoki 
shaxsni maqtash, madh etish, chiroyli o‘xshatishlar, majoziy iboralar bilan ta’rifu 
tavsif berish. V. alohida janr emas, balki tavsifiy xarakterdagi qator janrlar(qasida, 
madhiya, faxriya va b.)ga xos ifoda yo‘sini, usulidir. V. xarakteridagi she’rlar 
qasidadan ajralib chiqqan bo‘lib, johiliyat davri arab she’riyatida shoirlar o‘z tuyasi, 
oti yoki boshqa vahshiy hayvonlarni, sahrodagi turli hodisalarni V. qilib she’rlar 
bitgan bo‘lsa, keyinchalik uning mavzu ko‘lami kengaydi: biror shaxs, shahar, bino, 
yil fasllari, oy, qalam yoki qalamdon, boshqa biror buyum, zeb-ziynat va sh.k.larni 
tavsiflash maqsadida she’rlar bitildi. Ko‘rinadiki, V.ning mavzusi cheklangan emas. 
SHunga qaramay, mumtoz she’riyatimizda ma’shuqa yoki uning biror uzvini
tavsiflashga bag‘ishlangan she’rlar (mas., “Kokuling”, “Sochlaring”, “Qoshlaring”, 
“Surating” radifli g‘azallar) ko‘proq uchraydi. Odatda, shoir biror narsani V. qilar 
ekan, uning jamiyatdagi yoki o‘z hayotidagi o‘rni, ahamiyatiga baho beradi, unga 
o‘zining munosabatini ifodalaydi.  



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling