O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


ZARB (ar. برض– urmoq, zarba bermoq; ikkinchi misraning so‘nggi bo‘lagini  zarb bilan, urg‘u bilan aytish)–


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

ZARB (ar. برض– urmoq, zarba bermoq; ikkinchi misraning so‘nggi bo‘lagini 
zarb bilan, urg‘u bilan aytish)– qarang: taqti’ 
ZIHOF (ar. فاحز– o‘zgargan, aslidan uzoqlashgan, chetlashgan, joyidan 
qo‘zg‘olgan) – aruz she’r tizimi asosini tashkil qiluvchi 8 aslning sifat yoki miqdor 
jihatidan turli o‘zgarishlarga uchrashi. Asllarning Z.ga uchrashi natijasida ularing 
turli tarmoqlari – furu’lar hosil bo‘ladi. Asllar uch xil yo‘l bilan Z.ga uchrashi 
mumkin: 1) hijolarning miqdor jihatdan o‘zgarishi. Bunda rukn tarkibidagi hijolar 
soni o‘zgaradi, ya’ni, asosan, rukn tarkibidan bir yoki bir necha hijo tushib qoladi. 
Masalan, foilotun aslining hazf Z.iga uchrashi natijasida oxirgi cho‘ziq hijo (tun
tushib qoladi va foilun (mahzuf) furu’si hosil bo‘ladi. 2) hijolarning sifat jihatdan 
o‘zgarishi. Bunda rukn tarkibidagi hijolar sifati o‘zgaradi, ya’ni cho‘ziq hijo qisqa 
yoki o‘ta cho‘ziq hijoga, qisqa hijo cho‘ziq yoki o‘ta cho‘ziq hijoga, o‘ta cho‘ziq hijo 
qisqa yoki cho‘ziq hijoga aylanadi. Masalan, mafoiylun aslining kaff Z.iga uchrashi 
natijasida oxirgi cho‘ziq hijo (lun) qisqa hijoga aylanadi va mafoiylu furu’si (makfuf
hosil bo‘ladi. 3) rukn tarkibidagi hijolar bir paytning o‘zida ham miqdor, ham sifat 
jihatdan o‘zgarishga uchraydi, ya’ni, rukn tarkibidagi bir yoki bir nechta hijo 


 
82 
tushirilib, qolgan hijolardan birida sifat o‘zgarishi yuz beradi. Masalan, mafoiylun 
aslining qasr Z.iga uchrashi natijasida oxirgi cho‘ziq hijo (lun) tushirilib, undan 
oldingi cho‘ziq hijo (iy) o‘ta cho‘ziq hijoga (iyl) aylanadi va mafoiyl furu’si (maqsur
hosil bo‘ladi. 
ZULQAVOFI’ (ar. فاوقلاوذ
ي
– uch va undan ortiq qofiyali) – qofiya bilan 
bog‘liq she’r san’atlaridan biri, bayt tarkibida uch yoki undan ortiq qofiyadosh 
so‘zlar juftligini keltirish. Z. ritmni ayricha ta’kidlash orqali baytga o‘ziga xos 
musiqiylik, xushohanglik baxsh etadi. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan 
olingan quyidagi bayt Z.ga yaxshi misol: 
Har qissada shukr sol tilimga, 
Har g‘ussada sabr ber ilimga. 
Mazkur baytda “tilimga – ilimga” juftligi asosiy qofiya bo‘lsa, “shukr - sabr” 
va “qissa - g‘ussa” juftliklari ham o‘zaro qofiyalanib kelmoqda. Z.ni tarse’dan 
farqlash kerak (q. tarse’). YA’ni, tarse’da misralardagi barcha so‘zlar o‘zaro 
qofiyadosh bo‘ladi, Z.da esa keltirilgan baytdagi kabi (sol – ber) bir yoki bir necha 
qofiyadosh bo‘lmagan juftliklar qolishi mumkin.  
ZULQOFIYATAYN (ar. نيتيفاقلاوذ– ikki qofiyali) – qofiya bilan bog‘liq she’r 
san’atlaridan biri, bayt tarkibida asosiy qofiyadan tashqari yana bitta qofiyadosh 
so‘zlar juftligini keltirish, ya’ni Z. baytda qofiyadosh so‘zlar juftligi ikkita bo‘lishini 
taqozo qiladi. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan olingan quyidagi bayt Z.ga 
misol bo‘ladi: 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling