O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
MUJTASS (ar. ثتجم– ildizi bilan yulingan) –
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUZORI’
MUJTASS (ar. ثتجم– ildizi bilan yulingan) – aruz bahrlaridan biri, xafifdan
yulib olinganga o‘xshaganligi uchun shunday nomlanadi. Mustaf’ilun (– – v – ) va foilotun (– v – –) asllarining ketma-ket takroridan hosil bo‘ladi. O‘zbek she’riyatida faol qo‘llanadigan bahrlardan biri. Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida M. bahrining to‘qqiz vazni, Boburning “Muxtasar”ida esa yigirma vazni misollar bilan ko‘rsatib berilgan. SHe’riyatimizda mazkur bahrning, asosan, beshta vaznidan foydalanilgan. Atoyi, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy, Munis, Ogahiy, Nodira kabi mumtoz shoirlar ijodida M. bahrining bir necha vaznida yozilgan she’rlar uchraydi. Navoiyning “Xazoyin-ul maoniy” kulliyotida esa 348 ta she’r (11 foiz) M. bahrida yaratilgan. M. ning o‘ziga xos jihatlaridan biri uning ko‘p vaznli ekanligidir, ya’ni bir she’rda uning bir necha vaznlari aralash qo‘llanishi mumkin. Bu esa she’rga o‘ziga xos o‘ynoqi ohang baxsh etadi. Navoiyning quyidagi bayti mujtassi musammani maxbuni maqsur (v – v – / – v – – / v – v – / – v ~) vaznida yozilgan: Ko‘ngul haroratin anglatti ohi dardolud, Uy ichra o‘t ekanin elga zohir aylar dud. Nodiraning mashhur: Nigori gulbadanimni tushimda ko‘rsam edim, Labi shirinshikanimni tutsshimda ko‘rsam edim matla’li g‘azali esa mujtassi musammani maxbuni mahzuf ( v – v – / v v – – / v – v – / v v –) vaznidadir. MUZORI’ (ar. عراضم- o‘xshovchi) – aruz bahrlaridan biri, hazaj bahriga o‘xshagani uchun shunday nomlangan. Mafoiylun (v – – –) va foilotun (– v – – ) asllarining ketma-ket takroridan hosil bo‘ladi. M. she’riyatimizda ancha keng 84 qo‘llanadigan bahrlardan sanaladi. Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida M.ning o‘n ikki vazni, Boburning “Muxtasar”ida yigirma to‘rt vazni misollar bilan ko‘rsatib berilgan. “Qissasi Rabg‘uziy”dan boshlab Atoyi, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy kabi mumtoz shoirlar ijodida M. bahrining bir necha vaznlaridan foydalanilgan. Xususan, Navoiyning “Xazoyin-ul maoniy” devonidagi 105 ta turli janrdagi she’rlar mana shu bahrda yaratilgan. Masalan, Navoiy: Ishqu junun erurlar beixtiyor manda, Mendurmanu bu ikki, o‘zga ne bor manda. baytini muzori’i musammani axrab (– – v / – v – – / – – v / – v – – ) vazniga misol sifatida keltirgan. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling