O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

 


 
86 
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni 
Ma’lumki, ming yillik ta’rixga ega bo’lgan o’tmish mumtoz adabiyotining 
asosiy vazni aruzdir. Aruz vaznida g’azal, mustazod, murabba’, muxammas
musaddas, noma, ruboiy, tuyuq, tarkibband, tarje’band, fard, qit’a, chiston, ta’rix, 
masnaviy kabi she’riy janrlarga mansub bo’lgan ko’plab badiiy asarlar yaratilgan. 
O’tmish adabiyoti ma’lum ma’noda aruz adabiyotidir. Binobarin, mumtoz 
adabiyotning g’oyaviy mazmuni va badiiyatini yaxshiroq va chuqurroq anglash 
uchun aruz vazni va uning o’ziga xos xususiyatlaridan ham xabardor bo’lmoq lozim.
O’quv fanining maqsad va vazifalari 
Fanning maqsadi – talabalarda aruz vazni haqida tasavvurlarni shakllantirish.
Fanning vazifasi – «Aruz vazni»ni o’qitish davomida talabalarga quyidagi 
tushunchalarni o’rgatish ko’zda tutilgan: 

Aruz vazning o’tmish she’riyatining asosiy vazni ekanligi; 

Aruz vazning tarixi va bu vazn haqida yaratilgan risolalar; 

Aruz vazning o’ziga xos xususiyatlari: qisqa, cho’ziq va o’ta cho’ziq 
bo’g’inlar, o’larning o’qilishi; 

Juzvlar: sabab, vatad fosila; 
- Ruknlar: asliy va far’iy ruknlar;

Bahrlar va o’zbek adabiyotida eng ko’p uchraydigan vaznlar. 
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma 
va malakasiga qo’yiladigan talablar 
Aruz vazni o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar 
doirasida bakalavr
mumtoz adabiy merosimiz namunalari aruz vaznida yaratilganligi bois 
talabalar mazkur vaznning o’ziga xos xususiyatlari, rukn va bahrlar, ularning turlari 
haqida chuqur bilimga bilim va ko’nikmalarga, mazkur vaznda yaratilgan asarlarni 
yanada chuqurroq tadqiq etish, ularni baholashda poetik mahorat jihatidan 
yondashish, muayyan asarning vaznini aniqlay olish, muayyan shoir ijodida 
qo’llangan vaznlar haqida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish malakasiga ega 
bo’lishlari kerak. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling