86
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Ma’lumki, ming yillik ta’rixga ega bo’lgan o’tmish
mumtoz adabiyotining
asosiy vazni aruzdir. Aruz vaznida g’azal, mustazod, murabba’,
muxammas,
musaddas, noma, ruboiy, tuyuq, tarkibband, tarje’band, fard, qit’a, chiston, ta’rix,
masnaviy kabi she’riy janrlarga mansub bo’lgan ko’plab badiiy asarlar yaratilgan.
O’tmish adabiyoti ma’lum ma’noda aruz adabiyotidir.
Binobarin, mumtoz
adabiyotning g’oyaviy mazmuni va badiiyatini yaxshiroq
va chuqurroq anglash
uchun aruz vazni va uning o’ziga xos xususiyatlaridan ham xabardor bo’lmoq lozim.
O’quv fanining maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi – talabalarda aruz vazni haqida tasavvurlarni shakllantirish.
Fanning vazifasi – «Aruz vazni»ni o’qitish davomida
talabalarga quyidagi
tushunchalarni o’rgatish ko’zda tutilgan:
-
Aruz vazning o’tmish she’riyatining asosiy vazni ekanligi;
-
Aruz vazning tarixi va bu vazn haqida yaratilgan risolalar;
-
Aruz vazning o’ziga xos xususiyatlari: qisqa, cho’ziq va o’ta cho’ziq
bo’g’inlar, o’larning o’qilishi;
-
Juzvlar: sabab, vatad fosila;
- Ruknlar: asliy va far’iy ruknlar;
-
Bahrlar va o’zbek adabiyotida eng ko’p uchraydigan vaznlar.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma
va malakasiga qo’yiladigan talablar
Aruz vazni o’quv
fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar
doirasida bakalavr:
mumtoz adabiy merosimiz namunalari aruz vaznida yaratilganligi bois
talabalar mazkur vaznning o’ziga xos xususiyatlari, rukn va bahrlar, ularning turlari
haqida chuqur bilimga bilim va ko’nikmalarga, mazkur
vaznda yaratilgan asarlarni
yanada chuqurroq tadqiq etish, ularni baholashda
poetik mahorat jihatidan
yondashish, muayyan asarning vaznini aniqlay olish,
muayyan shoir ijodida
qo’llangan vaznlar haqida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish malakasiga ega
bo’lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: