O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
ZARB (ar. برض– urmoq, zarba bermoq; ikkinchi misraning so‘nggi bo‘lagini zarb bilan, urg‘u bilan aytish)–
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
ZARB (ar. برض– urmoq, zarba bermoq; ikkinchi misraning so‘nggi bo‘lagini
zarb bilan, urg‘u bilan aytish)– qarang: taqti’ ZIHOF (ar. فاحز– o‘zgargan, aslidan uzoqlashgan, chetlashgan, joyidan qo‘zg‘olgan) – aruz she’r tizimi asosini tashkil qiluvchi 8 aslning sifat yoki miqdor jihatidan turli o‘zgarishlarga uchrashi. Asllarning Z.ga uchrashi natijasida ularing turli tarmoqlari – furu’lar hosil bo‘ladi. Asllar uch xil yo‘l bilan Z.ga uchrashi mumkin: 1) hijolarning miqdor jihatdan o‘zgarishi. Bunda rukn tarkibidagi hijolar soni o‘zgaradi, ya’ni, asosan, rukn tarkibidan bir yoki bir necha hijo tushib qoladi. Masalan, foilotun aslining hazf Z.iga uchrashi natijasida oxirgi cho‘ziq hijo (tun) tushib qoladi va foilun (mahzuf) furu’si hosil bo‘ladi. 2) hijolarning sifat jihatdan o‘zgarishi. Bunda rukn tarkibidagi hijolar sifati o‘zgaradi, ya’ni cho‘ziq hijo qisqa yoki o‘ta cho‘ziq hijoga, qisqa hijo cho‘ziq yoki o‘ta cho‘ziq hijoga, o‘ta cho‘ziq hijo qisqa yoki cho‘ziq hijoga aylanadi. Masalan, mafoiylun aslining kaff Z.iga uchrashi natijasida oxirgi cho‘ziq hijo (lun) qisqa hijoga aylanadi va mafoiylu furu’si (makfuf) hosil bo‘ladi. 3) rukn tarkibidagi hijolar bir paytning o‘zida ham miqdor, ham sifat jihatdan o‘zgarishga uchraydi, ya’ni, rukn tarkibidagi bir yoki bir nechta hijo 82 tushirilib, qolgan hijolardan birida sifat o‘zgarishi yuz beradi. Masalan, mafoiylun aslining qasr Z.iga uchrashi natijasida oxirgi cho‘ziq hijo (lun) tushirilib, undan oldingi cho‘ziq hijo (iy) o‘ta cho‘ziq hijoga (iyl) aylanadi va mafoiyl furu’si (maqsur) hosil bo‘ladi. ZULQAVOFI’ (ar. فاوقلاوذ ي – uch va undan ortiq qofiyali) – qofiya bilan bog‘liq she’r san’atlaridan biri, bayt tarkibida uch yoki undan ortiq qofiyadosh so‘zlar juftligini keltirish. Z. ritmni ayricha ta’kidlash orqali baytga o‘ziga xos musiqiylik, xushohanglik baxsh etadi. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan olingan quyidagi bayt Z.ga yaxshi misol: Har qissada shukr sol tilimga, Har g‘ussada sabr ber ilimga. Mazkur baytda “tilimga – ilimga” juftligi asosiy qofiya bo‘lsa, “shukr - sabr” va “qissa - g‘ussa” juftliklari ham o‘zaro qofiyalanib kelmoqda. Z.ni tarse’dan farqlash kerak (q. tarse’). YA’ni, tarse’da misralardagi barcha so‘zlar o‘zaro qofiyadosh bo‘ladi, Z.da esa keltirilgan baytdagi kabi (sol – ber) bir yoki bir necha qofiyadosh bo‘lmagan juftliklar qolishi mumkin. ZULQOFIYATAYN (ar. نيتيفاقلاوذ– ikki qofiyali) – qofiya bilan bog‘liq she’r san’atlaridan biri, bayt tarkibida asosiy qofiyadan tashqari yana bitta qofiyadosh so‘zlar juftligini keltirish, ya’ni Z. baytda qofiyadosh so‘zlar juftligi ikkita bo‘lishini taqozo qiladi. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan olingan quyidagi bayt Z.ga misol bo‘ladi: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling