O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

    Bu sahifa navigatsiya:
  • VOFIR
 
81 
VATAD (ar. دطو - qoziqcha) – sokin va mutaharrik harflarning muayyan 
tartibda birikishidan hosil bo‘luvchi ritmik birlik, juzv (q.). Harflarning qay tartibda 
birikishidan kelib chiqib V.ning ikki turi farqlanadi: V.i majmu’ (yoki maqrun) va V.i 
mafruq. Avval kelgan ikki mutaharrikka bir sokin harfning qo‘shilishidan V.i majmu’ 
hosil bo‘ladi: “samar”, “bashar”, “qamar” kabi so‘zlar shu vaznga mosdir. Masalan, 
“qamar”: mutaharrik (qa) + mutaharrik (ma) + sokin (r). V.i mafruqda esa ikki 
mutaharrik orasida bir sokin harf joylashadi: “nola”, “lola”, “zora” kabi so‘zlar shu 
vaznga mosdir. Masalan, “nola”: mutaharrik (no) + sokin (l) + mutaharrik (a). 
VOFIR (ar. رفاو mo‘l)aruz bahrlaridan biri, harakati, ya’ni qisqa unlilari 
ko‘p bo‘lgani uchun shunday nom berilgan. Mafoilatun aslining (v – v v –) takroridan 
hosil bo‘ladi. V. arab she’riyatiga xos bahr bo‘lib, o‘zbek va fors she’riyatida 
qo‘llanmagan. Faqat Navoiy o‘zining “Mezon ul-avzon” asarida V. bahrining ikki 
vazniga, Bobur esa “Muxtasar”da yigirma bir vazniga to‘xtalib, ularga maxsus 
baytlar bitib misol sifatida keltirganlar. Xususan, “Muxtasar”da: 
Kel ey qaro ko‘z, manga guzar et, 
Budur sanga so‘z, manga nazar et, – 
bayti vofiri murabba’i solim (v – v v – \ v – v v –) vazniga misol sifatida 
keltirilgan.
JUZV ( ar. وزج– bo‘lak, qism, parcha, butun emas) – aruzda sokin va 
mutaharrik harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil bo‘luvchi ritmik birlik, 
harf bilan rukn orasidagi ritmik bo‘lak. Hozirgi adabiyotshunoslikda J. termini 
ko‘proq mazkur ma’noda qo‘llansa-da, mumtoz aruzshunoslikda ushbu tushunchani 
ba’zan rukn (Qays Roziy, Husayniy, Navoiy), ba’zan esa asl (Taroziy) deb yuritilgan. 
J. termini arab aruziga tatbiqan faol, turkiy aruzga nisbatan esa kam qo‘llanadi, 
chunki turkiy aruzda hijo termini harf va juzv ma’nolarini aksar o‘ziga qamrab oladi. 
SHu bois ham Fitratdan keyingi o‘zbek aruzshunosligida bu ikki termin o‘rniga hijo 
terminini qo‘llash ko‘proq ommalashgan. J. mutaharrik (cho‘zg‘ili) va sokin 
(cho‘zg‘isiz) harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil bo‘ladi va shundan kelib 
chiqib J.ning uch xili ajratiladi: sabab, vatad, fosila (q.). 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling