O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

Lola qadahini toshqa urdung, 
Jola guharini boshqa urdung. 
IBTIDO (ar. ادتبا- boshlanish) – qarang: taqti’ 
IBHOM (ar. ماهبا– yopiq so‘zlash, yopib o‘tmoq, berkitmoq) – mumtoz 
adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri. I.da gap bo‘laklari (asosan, bosh bo‘laklar) 
shunday joylashtiriladiki, ularning sintaktik vazifasini turlicha (ya’ni, egani kesim, 
kesimni ega tarzida) tushunish mumkin bo‘ladi va shu asosda boshqa bir ma’no kelib 
chiqadi. YA’ni, I. qo‘llangan bayt(misra)dagi gap bo‘laklarining o‘rnini almashtirib, 
shunga mos urg‘u va ohangda o‘qilsa, baytning ikkinchi ma’nosi kelib chiqadi. 
Masalan, “Visoling shavqidan kun bo‘ldi tun” misrasida “tun” ega deb tushunilsa, 
“tun yorishdi” ma’nosi; “kun” ega deb tushunilganda esa “kun tunga aylandi
kunning o‘tgani bilinmay qoldi” ma’nosi anglashilishi mumkin. “Qutadg‘u 
bilig”dagi:
Ba’zisi zolimdan chekadi alam, 
Ba’ziga yo‘qchilik keltiradi g‘am, – 
baytida “yo‘qchilik keltiradi g‘am” jumlasini “yo‘qchilik kishiga g‘am 
keltiradi, kishi yo‘qchilik tufayli g‘am chekadi” tarzida ham, “g‘am insonga 
yo‘qchilik keltiradi, g‘am chekkan inson yo‘chilikka uchrashi mumkin” tarzida ham 
tushunish mumkin. I. san’ati mumtoz she’riyatda u qadar faol qo‘llanmasa ham, 
o‘ziga xosligi bilan hamisha ijodkorlar qiziqishiga sabab bo‘lib kelgan. SHu bois 
hozirgi she’riyatda ham I. san’atining yaxshi namunalarini uchratish mumkin. 
Masalan, Erkin Vohidovning:
Aslida kim qarardi yotganda xor surma
Bo‘ldi aziz ko‘ziga surtganda yor surma,–


 
83 
matla’sidagi ikkinchi misrani “yor ko‘ziga surtgani uchun surma aziz bo‘ldi” 
tarzida ham, “ko‘ziga surma surtgani uchun yor aziz bo‘ldi” tarzida ham tushunish 
mumkin.
ILMI ARUZ (ar. ضورعلا ملع– aruz ilmi) – mumtoz adabiyotshunoslikning 
tarkibiy qismi, aruz she’r tizimining o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha, 
aruzshunoslik. I.a.ning asoschisi sifatida IX asrda yashagan arab olimi Halil ibn 
Ahmad e’tirof etiladi. Arab adabiyoti zaminida paydo bo‘lgan aruz she’r tizimi 
o‘tgan asrlar davomida maxsus o‘rganilib, alohida ilm sifatida takomillashib bordi, 
aruz nazariyasiga doir ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. Halil ibn Ahmaddan keyin arab 
aruzshunosligida Ibn Usmon Maziniy, Imom Ahmad ibn Abdurabbih, Ibn al-Xatib at-
Tabriziy; fors aruzshunosligida Mavlono YUsuf Nishoburiy, Rashididdin Votvot, 
SHams Qays, Nasiriddin Tusiy, Salmon Savojiy, Abdurahmon Jomiy; turkiy 
aruzshunoslikda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, SHayx Ahmad 
Xudoydod Taroziy kabi olimlar yaratgan asarlar I.a.ning rivojiga ulkan hissa bo‘lib 
qo‘shilgan. Bundan tashqari, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abul Qosim 
Zamahshariy, Abu YA’qub YUsuf ibn Abubakr Sakkokiy kabi allomalarning boshqa 
masalalarga bag‘ishlangan risolalarida ham aruzga oid qimmatli fikr-mulohazalar 
bildirilganki, I.a. rivojida ularning ham sezilarli ulushi borligi e’tirof etiladi. Hozirgi 
o‘zbek adabiyotshunosligida ham aruz masalalari atroflicha chuqur tadqiq etilgan: 
o‘tgan asrning 20-yillarida Fitrat boshlab bergan aruzshunoslik bobidagi izlanishlarni 
keyincha S.Mirzaev, A.Rustamov, U.To‘ychiev, S.Hasanov, A.Hojiahmedov, 
A.A’zamov kabi ko‘plab olimlar muvaffaqiyatli davom ettirdilar.  

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling