IV. GLOSARRIY
AZL – “Chetlatuvchi” ma’nosini anglatuvchi aruz atamasi bo’lib, adadib tilda
cho’ziq o’qiluvchi unlilarni she’riy asarlarda vazn talabiga ko’ra qisqa unli tarzida
o’qilishini ifodalaydi. ZARB - aruz ilmiga ko’ra she’riy baytlarning ikkinchi
misrasidagi oxirgi rukn o;rni nomi.IMOLA – aruz atamalaridan bo’lib vazn taqazosi
bilan tarkibida cho’ziq unli bo’lgan ayrim yopiq hijolarni, unlini cho’zib talaffuz
qilish hisobiga o’ta cho’ziq hijo qilib o’qishni ifodalaydi.
ISTIHLOF - aruz atamalaridan bo’lib, jonli tilda qisqa talaffuz qilinuvchi
ba’zi unlilarni she’rni o’qish chog’ida cho’ziq unli sifatida talaffuz qilishni
ifodalaydi.
KOMIL BAHRI – she’riyatimizda juda kam qo’llangan ayrim yirik
iodkorlarning asaridagina qo’llangan bahr bo’lib, mutafoilun aslining takroriga
asoslanadi.
MAKSHUF - maf’ulotu aslining kashf (ochish) zihofiga duch kelishi
natijasida hosil bo’lgan, maf’ulun ( chizmasi: - - - ) tarmoq rurnining nomi bo’lib,
ochilgan degan ma’noni ifodalaydi.
MAFOILUN - mustaf’ilun aslining “xabn” zihofiga duch kelishi natijasida
hosil bo’lgan tarmoq rukni bo’lib, vazn chizmasida V- V- tarzida ifodalanadi.
AJUZ (ARUZ) (ar. زوجع– ojiz, kuchsiz) – qarang: taqti’
AMIQ (ar. قيمع– chuqur) – aruz bahrlaridan biri, foilun (– v – ) va foilotun (–
v – –) asllarining ketma-ket takroridan hosil bo‘ladi. A. bahri ilk bor Boburning
“Muxtasar” asarida tilga olingan va uning arab she’riyatiga xos emasligi, asosan, fors
she’riyatida mavjudligi ta’kidlangan. “Muxtasar”da amiqi musammani solim (– v – /
– v – – / – v – / – v – –) vazniga:
Kel beri, ey parikim, hajrdin xastadurman,
La’linga tashnadurman, zulfunga bastadurman, –
bayti misol sifatida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |