O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig 
Yoki: 
Si–kan–dar e–shit–gach de–di:–kim: «Yu–rung, 
A–ni: qay–da bo’l–sa:, to–pib kel–tu–ring!» 
V – – // V – – // V – – // V – 
fauvlun fauvlun fauvlun faul 
solim solim solim mahzuf
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
3. Mutaqoribi musammani maqsur. Bu vaznning mutaqoribi musammani 
mahzuf vaznidan farqi shuki, 1, 2, 3-ruknlari «fauvlun»ning solim (fauvlun // V– –) 
ko’rinishi bo’lgani holda, 4-rukni maqsur (fauvl // V~) ko’rinishidan iborat bo’ladi: 
fauvlun 
fauvlun 
fauvlun 
fauvl 
fauvlun 
fauvlun 
fauvlun 
fauvl 
V – – // 
V – – // 
V – – // 
V~
Masalan: 
To’–rit–ti: a–ro: o’q–la–rin bir ba–yat, 
U–lug’ bir ki–chig bir e–siz e:–di at. 
V – – // V – – // V – – // V ~ 
fauvlun fauvlun fauvlun fauvl 
solim solim solim maqsur 
Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig 


 
74 
Yoki: 
E–shit–tim–ki Is–kan–da–ri: no:–m.–dor, 
Chu bo’l–di: ja–hon ah–li–g’a: ko:–m.–gor.
V – – // V – – // V – – // V ~ 
fauvlun fauvlun fauvlun fauvl 
solim solim solim maqsur 
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Eslatma: 1) mutaqorib bahri Firdavsiyning «Shohnoma» dostonidan boshlab 
shohlar haqidagi dostonlarni yozishda qo’llanib kelgan. Yusuf Xos Hojibning 
«Qudadg’u bilig» va Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlari ham shu 
bahrda yozilgan;
2) mutaqoribi musammani mahzuf va mutaqoribi musammani maqsur vaznlari 
bir-biriga yaqin vaznlar bo’lgani uchun bir she’r doirasida almashinib qo’llanishi 
mumkin. Bu xususiyat Yusuf Xos Hojibning «Qudadg’u bilig», Alisher Navoiyning 
«Saddi Iskandariy» dostonlardan keltirilgan misollardan ham ko’rinib turibdi. 
4. Mutaqoribi musammani aslam. Mazkur vaznning 1 va 3-ruknlari 
«fauvlun»ning aslam (fa’lun //– –), 2 va 4-ruknlari esa solim (fauvlun // V– –) 
ko’rinishidan iborat bo’ladi: 
fa’lun 
fauvlun 
fa’lun 
fauvlun 
fa’lun 
fauvlun 
fa’lun 
fauvlun 
– – // 
V – – // 
– – // 
V – –
Masalan: 
Ko’r–sat ja–mo:–ling mas–to:–na–lar–ga:,
Ish–qing–da kuy–gan de:–vo:–na–lar–ga:. 
– – // V – – // – – // V – – 
fa’lun fauvlun fa’lun fauvlun 
aslam solim aslam solim 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling