O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
Мутақориби мусаммани маҳзуф ва бошқалар
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
3. Мутақориби мусаммани маҳзуф ва бошқалар.
Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon»da ko’rsatishicha, «fauvlun» ruknining zihoflari ham, furu’lari ham oltita. Ya’ni «fauvlun» tarkibida olti xil o’zgarish sodir bo’lib, ulardan olti xil far’iy rukn yuzaga keladi. Ular quyidagilar: 1) fauvlu. «Fauvlun» (V– –) uchinchi «lun» cho’ziq bo’g’inidan «n» harfi tushib, «lu» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: V–V. Rukndagi bu o’zgarish «qabz», «qabz» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «maqbuz» deyiladi; 2) fauvl. «Fauvlun» (V– –) oxiridagi «un» qismining tushishidan hosil bo’ladi, natijada ikkinchi cho’ziq bo’g’in o’ta cho’ziq bo’g’inga aylanadi: V~. 72 Rukndagi bu o’zgarish «qasr», «qasr» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «maqsur» deyiladi; 3) faul. «Fauvlun» (V– –) oxirgi «lun» bo’g’inining tushishidan hosil bo’ladi: V–. Qolgan «fauv» qismi u bilan vazn jihatidan bir xil bo’lgan «faul» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «hazf», «hazf» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «mahzuf» deb nomlanadi; 4) fa’lun. «Fauvlun» (V– –) birinchi «fa» bo’g’inining tushishidan hosil bo’ladi: – –. Qolgan «uvlun» qismi u bilan vazn jihatidan bir xil bo’lgan «fa’lun» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «salm», «salm» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «aslam» deb nomlanadi; 5) fa’lu. «Fauvlun» (V– –) birinchi «fa» bo’g’ini hamda oxirgi «lun» bo’g’inidagi «n» harfining tushishidan hosil bo’ladi: –V. Qolgan «uvlu» qismi u bilan vazn jihatidan bir xil bo’lgan «fa’lu» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «sarm», «sarm» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «asram» deb nomlanadi; 6) fa’. «Fauvlun» (V– –) dan birinchi va ikkinchi bo’g’inlar – «fauv»ning tushishidan hosil bo’ladi: –. Qolgan «lun» qismi u bilan vazn jihatidan bir xil bo’lgan «fa’» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «batr», «batr» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «abtar» deb nomlanadi. «Fauvlun» rukni, uning zihofoti va undan hosil bo’ladigan far’iy ruknlarni quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling