O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

maxbun deb ataladi. Ammo u solim rukn «maf’uvlotu»dan emas, balki mavquf rukn 
«maf’uvlon»dan hosil bo’lganligi uchun mavqufning maxbuni ma’nosida «maxbuni 
mavquf» deb nomlanadi; 
9) foilun. «Maf’uvlun» (makshuf //– – –) far’iy ruknning 2-«‘uv» cho’ziq 
bo’g’inidan «v» harfi tushib, «‘u» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: –V–. 
Yuzaga kelgan «maf’ulun» unga vazndosh bo’lgan «foilun» bilan almashtiriladi. 
Rukndagi bu o’zgarish «tayy», «tayy» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn 
matviy deb ataladi. Ammo u solim rukn «maf’uvlotu»dan emas, balki makshuf rukn 
«maf’uvlun»dan hosil bo’lganligi uchun makshufning matviyi ma’nosida «matviyi 
makshuf» deb nomlanadi; 
10) foilon. «Maf’uvlon» (mavquf //– –~) far’iy ruknning 2-«‘uv» cho’ziq 
bo’g’inidan «v» harfi tushib, «‘u» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: –V~. 
Yuzaga kelgan «maf’ulon» unga vazndosh bo’lgan «foilon» bilan almashtiriladi. 
Rukndagi bu o’zgarish «tayy», «tayy» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn 
matviy deb ataladi. Ammo u solim rukn «maf’uvlotu»dan emas, balki mavquf rukn 


 
68 
«maf’uvlon»dan hosil bo’lganligi uchun mavqufning matviyi ma’nosida «matviyi 
mavquf» deb nomlanadi; 
11) failun. «Foilun» (matviyi makshuf // –V–) far’iy rukndagi 1-«fo» cho’ziq 
bo’g’inning «fa» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: VV–. Rukndagi bu 
o’zgarish «xabn», «xabn» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn maxbun deb 
ataladi. Ammo u solim rukn «maf’uvlotu»dan emas, balki matviyi makshuf rukn 
«foilun»dan hosil bo’lganligi uchun matviyi makshufning maxbuni ma’nosida 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling