66
Ko’–zum qa–ro:–si–da mar–dum ki–bi: va–tan qil–g’il.
V – V – // V V – – // V – V – // – –
mafoilun failotun mafoilun fa’lun
maxbun maxbun maxbun maxbuni mahzuf
2) mujtassi musammani maxbuni maqtu’i musabbag’:
Fi–ro:–q. to:–g’i–da to:–pil–sa tup–ro–g’im, ey charx,
V – V – //V V – – //V – V – // – ~
mafoilun failotun mafoilun fa’lon
Xa–mir e–tib ya–na ul tog’–da ko’:–h.–kan qil–g’il.
3) mujtassi musammani maxbuni mahzuf:
Yu–zi:–da ter–ni ko’–rib o’l–sa–m,^ey ra–fi:–q. me–ni:,
V – V – // V V – – // V – V – // V V –
mafoilun failotun mafoilun failun
16-мавзу: «Maf’uvlotu» (– – –V)
rukni
va uning zihoflari“.
Munsarih bahri va uning vaznlari. Sari’ bahri va
uning vaznlari
Режа:
1. “Мафъувлоту” рукни ва унинг зиҳофлари.
2. Munsarih bahri va uning vaznlari.
3. Sari’ bahri va uning vaznlari.
Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon»da ko’rsatishicha, «maf’uvlotu»
ruknining «zihofoti to’qqizdur va furu’i o’n to’rt». Demak, “maf’uvlotu”
tarkibida
to’qqiz xil o’zgarish sodir bo’lib, ulardan o’n to’rt xil far’iy rukn yuzaga keladi. Ular
quyidagilar:
1)
mafoiylu. «Maf’uvlotu» (– – –V) birinchi
«maf» cho’ziq bo’g’inidan
«f»
harfining tushib,
«ma» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: V– –V.
Qolgan
«mauvlotu» unga vazndosh bo’lgan
«mafoiylu» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu
o’zgarish
«xabn», «xabn» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn
maxbun deb
ataladi;
13
2)
foilotu. «Maf’uvlotu» (– – –V) ikkinchi
«‘uv» cho’ziq bo’g’inidan
«v» harfi
tushib,
«‘u» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: –V–V. Qolgan «maf’ulotu»
unga vazndosh bo’lgan
«foilotu» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish
«tayy»,
«tayy» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn
matviy deb ataladi;
3)
failotu. «Maf’uvlotu» (– – –V) birinchi
«maf» cho’ziq bo’g’inidan
«f» harfi
tushib,
«ma» qisqa bo’g’inga
hamda ikkinchi «‘uv» cho’ziq bo’g’inidan
«v» harfi
tushib,
«‘u» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: VV–V. Qolgan «maulotu»
13
Mazkur far’iy ruknni
«mafoiylun»dan hosil bo’lgan far’iy rukn
«mafoiylu» bilan chalkashtirmaslik lozim.
Garchi
nomlanishi bir xil bo’lsa ham, ular ikki xil asliy ruknga tegishli,
shuningdek, ular ikki xil zihof natijasida yuzaga
kelgan:
«mafoiylun»da
«kaff» (shuning uchun u
makfuf),
«maf’uvlotu»da esa
«xabn» (shuning uchun u
maxbun). Bu
fikr keyingi
foilotu, failotu, maf’uvlun, fa’lun, foilun, foilon, fo’ va fa’ far’iy ruknlariga ham tegishli.