67
unga vazndosh bo’lgan «failotu» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «xabl»,
«xabl» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn maxbul deb ataladi;
4) maf’uvlon. «Maf’uvlotu» (– – –V) oxirgi «tu» bo’g’inidan «u» tovushining
tushishidan hosil bo’ladi: – –~. Qolgan «maf’uvlot» unga vazndosh bo’lgan
«maf’uvlon» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «vaqf», «vaqf» zihofi
natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn mavquf deb ataladi;
5) maf’uvlun. «Maf’uvlotu» (– – –V) oxirgi «tu» bo’g’inining tushishidan
hosil bo’ladi: – – –. Qolgan «maf’uvlo» unga vazndosh bo’lgan «maf’uvlun» bilan
almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «kashf», «kashf» zihofi natijasida paydo
bo’lgan far’iy rukn makshuf deb ataladi;
6) maf’uvlu. Maf’uvlotu» (–––V) birinchi «maf» cho’ziq bo’g’inining
tushishidan hosil bo’ladi: – – V. Qolgan «‘uvlotu» unga vazndosh bo’lgan
«maf’uvlu» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «raf’», «raf’» zihofi
natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn marfu’ deb ataladi;
7) fauvlun. «Maf’uvlun» (makshuf // – – –) far’iy ruknning 1-«maf» cho’ziq
bo’g’inidan «f» harfi tushib, «ma» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: V– –.
Yuzaga kelgan «mauvlun» unga vazndosh bo’lgan «fauvlun» bilan almashtiriladi.
Rukndagi bu o’zgarish «xabn», «xabn» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn
maxbun deb ataladi. Ammo u solim rukn «maf’uvlotu»dan emas, balki makshuf rukn
«maf’uvlun»dan hosil bo’lganligi uchun makshufning maxbuni ma’nosida «maxbuni
makshuf» deb nomlanadi;
8) fauvlon. «Maf’uvlon» (mavquf //– –~) far’iy ruknning 1-«maf» cho’ziq
bo’g’inidan «f» harfi tushib, «ma» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: V–~.
Yuzaga kelgan «mauvlon» unga vazndosh bo’lgan «fauvlon» bilan almashtiriladi.
Rukndagi bu o’zgarish «xabn», «xabn» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn
Do'stlaringiz bilan baham: |