O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- VOFIR
81 VATAD (ar. دطو - qoziqcha) – sokin va mutaharrik harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil bo‘luvchi ritmik birlik, juzv (q.). Harflarning qay tartibda birikishidan kelib chiqib V.ning ikki turi farqlanadi: V.i majmu’ (yoki maqrun) va V.i mafruq. Avval kelgan ikki mutaharrikka bir sokin harfning qo‘shilishidan V.i majmu’ hosil bo‘ladi: “samar”, “bashar”, “qamar” kabi so‘zlar shu vaznga mosdir. Masalan, “qamar”: mutaharrik (qa) + mutaharrik (ma) + sokin (r). V.i mafruqda esa ikki mutaharrik orasida bir sokin harf joylashadi: “nola”, “lola”, “zora” kabi so‘zlar shu vaznga mosdir. Masalan, “nola”: mutaharrik (no) + sokin (l) + mutaharrik (a). VOFIR (ar. رفاو– mo‘l) – aruz bahrlaridan biri, harakati, ya’ni qisqa unlilari ko‘p bo‘lgani uchun shunday nom berilgan. Mafoilatun aslining (v – v v –) takroridan hosil bo‘ladi. V. arab she’riyatiga xos bahr bo‘lib, o‘zbek va fors she’riyatida qo‘llanmagan. Faqat Navoiy o‘zining “Mezon ul-avzon” asarida V. bahrining ikki vazniga, Bobur esa “Muxtasar”da yigirma bir vazniga to‘xtalib, ularga maxsus baytlar bitib misol sifatida keltirganlar. Xususan, “Muxtasar”da: Kel ey qaro ko‘z, manga guzar et, Budur sanga so‘z, manga nazar et, – bayti vofiri murabba’i solim (v – v v – \ v – v v –) vazniga misol sifatida keltirilgan. JUZV ( ar. وزج– bo‘lak, qism, parcha, butun emas) – aruzda sokin va mutaharrik harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil bo‘luvchi ritmik birlik, harf bilan rukn orasidagi ritmik bo‘lak. Hozirgi adabiyotshunoslikda J. termini ko‘proq mazkur ma’noda qo‘llansa-da, mumtoz aruzshunoslikda ushbu tushunchani ba’zan rukn (Qays Roziy, Husayniy, Navoiy), ba’zan esa asl (Taroziy) deb yuritilgan. J. termini arab aruziga tatbiqan faol, turkiy aruzga nisbatan esa kam qo‘llanadi, chunki turkiy aruzda hijo termini harf va juzv ma’nolarini aksar o‘ziga qamrab oladi. SHu bois ham Fitratdan keyingi o‘zbek aruzshunosligida bu ikki termin o‘rniga hijo terminini qo‘llash ko‘proq ommalashgan. J. mutaharrik (cho‘zg‘ili) va sokin (cho‘zg‘isiz) harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil bo‘ladi va shundan kelib chiqib J.ning uch xili ajratiladi: sabab, vatad, fosila (q.). Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling