O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


SIGNAL – (lot. Signum - belgi) – ma’lum ma’lumot beruvchi shartli belgi. SILLOGIZM


Download 6.3 Mb.
bet145/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

SIGNAL – (lot. Signum - belgi) – ma’lum ma’lumot beruvchi shartli belgi.
SILLOGIZM – (grek. Sullogismos – hisoblab chiqarmoq) – hulosa chiqarishning deduktiv usuli bo’lib, unda ikki qat’iy hukmdan yangi bir qat’iy hukm – hulosa hosil qilinadi. Bunda o’rta termin asoslarni mantiqan bog’laydi, kichik va katta terminlar bog’lanib, hulosa hosil qiladi.
SILLOGIZM AKSIOMASI – «Buyumlarning butun turkumi to’g’risida nimaiki tasdiqlanib (yoki inkor qilinib) aytilsa, shu turkumdagi ayrim bir bo’lak to’g’risida ham tasdiqlab (yoki inkor qilib) aytiladi».
SILLOGIZM TARKIBI –ikki asos va hulosa, uch termindan iborat.
SILLOGIZM FIGURASI – o’rta termin joyini almashtirish yo’li bilan sillogizmning turli shakllarini hosil qilishdan iborat bo’lgan mantiqiy usul. O’rta termin o’rnini almashtirish yo’li bilan to’rt xil figura hosil bo’ladi.
SIMVOLIKA – ma’lum ob’ekt, shuningdek, fikr, g’oya, hissiyotni ifoda etuvchi belgilar sistemasi.
SORIT – murakkab sillogizmning turi bo’lib, oldingi asosning predikati keyingi asosning sub’ekti bo’lib, boraveradi. Hulosada esa birinchi asosning sub’ekti oxirgi asosning predikati bo’lib chiqadi.
SOFIZM – (grek. Sophisma – o’ylab chiqarilgan, mug’ambirlik) – mantiq qonuni va qoidalarini bila ko’ra turib, ularni qasddan buzish. Sofistlar fikrni shakl jihatidan to’g’ri deb qarasalar – da, fikrlashdagi xatoni haqiqat, chin deb qaraydilar. Ular ko’pincha so’zlarning turli ma’noliligidan foydalanib, nisbiylikni mutloqlashtiradilar. Biroq sofistlar, qadimgi GreSiyada dialektikani rivojlantirishda «so’z ustasi» o’qituvchilari sifatida katta rol o’ynagan.
SUB’EKT (lot. Subjectum) – hukmning mantiqiy egasi bo’lib, fikr qaratilgan buyumni bildiradi. Falsafada dunyoni biluvchi shaxs ma’nosida ham ishlatiladi.
SXOLASTIKA (grek. Schole – maktab, lot. Scholasticus - maktabiy) – hayotdan ajralgan, predmeSiz, havoyi, ma’nosiz fikrlashdir. O’rta asrlarda diniy – falsafiy ta’limotni sxolastika deb atashgan.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling