1) A, V, S, ... – yakka, atoqli yoki tavsifiy predmetlarning nomi ifodalangan simvollar – predmetli o’zgarmas (konstant) deb ataladi.
2) X, U, Z, ... – predmetlarning umumiy nomini ifodalovchi simvollar, predmetli o’zgaruvchanlik deb ataladi.
3) R1, Q1, R1, R2, Q2, R2, ... RN, QN, RN, ... – predikorlarni ifodalovchi simvollar (indekslar predikatlarni joyini ko’satadi: 1 – bir joyli; 2 – ikki joyli; n – ko’p joyli) ularni predikat o’zgaruvchanligi deyiladi.
FORMULA – (lot. Formula – shakl, qoida) – ma’ulm belgilarda fikrlash jarayoning qonun va qoidalarini izchil ravishda qisqa bayon etishdir. Formula fikrlash jarayoni to’g’risidaaniq ma’lumot beradi. Mantiqda formulalar juda ko’p qo’llaniladi.
FALLACIAACCENTUS – (lot.) ikki ma’noli talaffuz qilishdan kelib chiqadigan mantiqiy xato.
FALLACIAACCIDENTIS – (lot.) predmetlarning muhim belgilarini nomuhim belgilarigaaralashtirib yuborish natijasida kelib chiqadigan mantiqiy xato.
FALSUM (LOT.) – yolg’on, aldash
FATA (LOT.) – taqdir
FORTE (LOT.) – tasodif, ehtimol.
Evm – elektron hisoblash mashinasi terminining qisqartirilgan nomi bo’lib, hisoblash texnikasining muhim tushunchasidir.
EVRISTIKA(grek. heuricko - topish) – yangilikni izlash qonuniyati bilan shug’ullanadigan fan sohasi bo’lib, u yoki bu muhim muammoni hal qilishning qulay tomonlarini izlash bilan shug’ullanadi.
EEOP TILI – metafora va turli obrazlar, kinoya va qochirmalar orqali achchiq haqiqatni aytish (qadimgi GreSiyada yashagan filosof Eeop nomi bilan yuritiladigan termin).
Axloqshunoslik terminlarining qisqacha lug’ati
Axloq(arab. xulqning ko’pligi; lot. moralis — xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviy hayot hodisasi, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig’indisi. A. normalari kishilarning xatti-harakatlarida o’z ifodasini topadi. Bunda ba’zi xatti-xarakatlar, xulq-atvorlar A.iy, ba’zilari A.sizlik deb baholanadi. A. ijtimoiy ongning eng qad. shakllaridan biridir. Davr o’zgara borgan sari har qanday hodisa kabi A. ham o’zgaradi, rivojlanib, takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biriga aylanib boradi. A.ni alohida fal-iy fan – “Etika” yoki “Axloqshunoslik” o’rganadi. Ilm, bilim, dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida o’ziga xos tarzda aks etadi. Insoniylik madaniyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo’ladi. A. ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo’lgan insonlarning o’z-o’zini idora qilish shakllari va me’yori, o’zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo’lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo’lishi hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |