TEST SAVOLLARI
1-variant
1. Falsafa nimadan bahs yuritadi?
Jamiyatga bo’lgan qarashlar yig’indisi haqidagi fan.
B. YAxlit dunyo to’g’risidagi umumiy karashlar jami.
V. Dunyo, undagi inson o’rni, insonning dunyoga bo’lgan munosabati haqidagi eng umumiy nazariy qarashlar tizimi.
G. Ijtimoiy ong shakli, fanlarning uslubiy asosini o’rganadi.
2. Dunyoqarashning qadimgi turlari qaysi?
A. Materialistik, idealistik, metafizik.
B. Sinfiy (partiyaviy), milliy, umuminsoniy.
V. Ilmiy, noilmiy, g’ayriilmiy.
G. Mifologik, diniy, falsafiy.
3. Falsafaning asosiy vazifasini nimadan iborat deb tushunasiz?
A. Borliq va ongning eng umumiy qonunlarini o’rganish, to’g’ri xulosa chiqarish, kelajakni bashorat qilishdan.
B. Qadriyatlarni aniqlashdan va ulardan to’g’ri foydalanishdan.
V. Materialistik dunyoqarashni shakllantirish va idealizm, dinga qarshi faol kurashdan.
G. Akilli fikrlash madaniyatini tarbiyalashdan.
4. Falsafaning paydo bo’lgan joyi:
A. Qadimgi Misr.
B. Qadimgi Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya).
V. Qadimgi Mesopotamiya, Vizantiya.
G. Qadimgi O’rta Osiyo.
5. “Olam yonib, so’nib turuvchi olovdan iborat”, degan fikrni aytgan faylasuf kim?
A.Fales.
B. Pifagor.
V. Geraklit.
G. Farg’oniy.
6. O’rta asr falsafasi negizida nima yotadi?
A. Kosmotsentrizm.
B. Antropotsentrizm.
V. Geliotsentrizm.
G. Teotsentrizm.
7. “Dialektika” ta’limotiga asos solgan faylasuf kim?
A. Geraklit.
B. Gegel.
V. Feyerbax.
G. Bekon.
So’fizm – tasavvuf falsafasining asosiy mohiyati nimada?
A. O’zini o’limga tayyorlashda.
B. Ilohiy axloqda.
V. Moddiy va ma’naviy dunyodan butunlay voz kechishda.
G. Ollohni tanish, ishqi ilohiyga erishish va u bilan qo’shilib ketishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |