O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro’yxati


Download 6.3 Mb.
bet57/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro’yxatini shakllantiradi;

  • idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘radi;

  • Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi;

  • har yili Idoralararo komissiyaga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish bo‘yicha takliflarni kiritadi.

    Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi.
    1-sentyabrdan boshlab ta’lim muassasalarida yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tatbiq etilishi lozim. Bundan tashqari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytiriladi.
    Uch oy muddatda, shu jumladan, texnik infratuzilmani va zarur dasturiy ta’minotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi lozim.
    1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi. 2020-yil 1-apreldan boshlab loyiha boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.
    Qo‘shimcha ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqiladi. Unda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtirish, qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
    Hozirda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi mamlakatda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi. Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida”gi, “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Davlat rahbarining bir qator Farmonlari qabul qilindi.
    Olib borgan tahlillar korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga institutsional yondashuv bir qator ijobiy jihatlarga ega bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur muammoga kompleks yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin:
    1) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi chora-tadbirlarni olib borish;
    2) tergov vakolatlari, nazorat funksiyalari;
    3) boshqa idoralardan mustaqil ravishda o‘z faoliyatini olib borish, faqat davlat hokimiyatining oliy organlariga hisobdor bo‘lish.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi xalqaro tuzilma – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tadqiqotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari vakolatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p maqsadli idoralarning modeli kompleks yondashuvning eng yorqin namunasidir. Ushbu turga tegishli bo‘lgan idoralar quyidagi:
    – tergov faoliyatini olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘ziga xos siyosatni ishlab chiqish, tahliliy faoliyat, jinoyatlarning oldini olishda ko‘maklashish, fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish, maʼlumotlarni to‘plash va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining bajarilishini monitoring qilib borish kabi vazifalarni bajaradi.
    Bunday modelni Gonkongning korrupsiyaga qarshi kurashish Mustaqil komissiyasi va Singapurning korrupsiya faoliyati bo‘yicha tergov Byurosi bilan tenglashtirish mumkin. Singapur Byurosi o‘z ichiga – tergov, maʼlumot va axborot, ko‘maklashish bo‘limlarini oladi. Bo‘limlar ichida eng kattasi Tergov bo‘lib, u Byuro tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun masʼul sanaladi. Singapur tajribasi bir qator mamlakatlarda joriy etildi. Jumladan, 2005 yilning dekabr oyida Polsha politsiya (jinoyatni fosh qilish) hamda axborot-tahliliy funksiyalarni bajaruvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish markaziy byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Byuro faoliyati Polsha maxsus organlari ishlari bo‘yicha Seyma komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi.Bu haqda maʼlumot maxfiy xarakterga ega.
    Eʼtirof etish kerakki, shunga o‘xshash tajriba Latviya, Litva va Ukraina kabi sobiq ittifoq mamlakatlarida ham qo‘llanilgan. Xususan, Latviyada korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha Byuro mavjud. Bunda qonun chiqaruvchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilish hamda Byuro faoliyati ustidan parlament nazoratining g‘oyatda samarali mexanizmi nazarda tutilgan. Shuningdek, bunda deputatlik so‘rovlarining umumeʼtirof etilgan amaliyoti, yuqorida qayd etilgan huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlarini maxsus parlament qo‘mitalariga taklif qilish, maxsus “ad hoc”komissiyalarini tuzish va boshqalar qo‘llanilib kelinmoqda.
    Mazkur muammoga kompleks yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin.
    Yuqorida taʼkidlab o‘tilganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organning korrupsiyaning oldini olish borasidagi vazifalari ham faoliyatning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini oldini olishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlar faoliyatini yuritishda katta tajribaga ega bo‘lgan Fransiya, Ruminiya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya kabi qator mamlakatlar mavjud. Masalan, bunga Fransiyada Fransiya Adliya vazirligi shafeligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha idoralararo organ bo‘lgan Markaziy xizmatning tashkil etilishi mantiqiy javob bo‘ladi. Finlyandiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan Adliya ombudsmani shug‘ullanadi, u Finlyandiya Prezidenti tomonidan tayinlanadi va boshqa davlat organlaridan mutlaqo mustaqil hisoblanadi.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish organining samarali faoliyatida mahalliy bo‘linmalarning roli muhim ahamiyatga ega. Xususan, Germaniya va Avstriya tajribasi ham korrupsiyaga qarshi kurashishda mahalliy tuzilmalarning muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Germaniyaning davlat apparatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy bo‘g‘ini, bu, federal va yer vazirliklari, idoralaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar (odatda bo‘limlar)dir. Avstriyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan maxsus prokuratura shug‘ullanadi. Uning shtab-kvartirasi Vena shahrida bo‘lib, Avstriyaning barcha yirik shaharlarida o‘z filiallariga ega.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan organ vakolat, hokimiyat organlari tuzilmasidagi qoidalar, muassasa rahbarini tayinlash va olib tashlash tartibi, ichki tashkiliy tuzilma, vazifalar, yurisdiksiya, huquq va majburiyatlar, byudjet, kadrlar tarkibini shakllantirish qoidalari (xodimlarni tanlash qoidalari, ayrim hollarda ularning immunitetlari to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalar), boshqa institutlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish (ayniqsa, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari), hisobdorlik hamda hisobot berish tizimi va hokazolar aniq belgilab berilgan qonunchilik bazasiga ega bo‘lishi zarur.
    O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bevosita Prezidentga bo‘ysunadi va mamlakat parlamentiga hisobdor bo‘ladi. 
    Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, Agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlaydi. 
    Agentlik korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi.

    Download 6.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling