O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


-MAVZU. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH. DINNING MOHIYATI, TUZILISHI, FUNKSIYALARI


Download 6.3 Mb.
bet59/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

11-MAVZU. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH. DINNING MOHIYATI, TUZILISHI, FUNKSIYALARI
Vaqt 2 soat
Reja:

1.Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi.


2.Din – ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarsi, manaviy qadriyat sifatida.
3.Dinning ijtimoiy funksialari - vazifalari.
4. Dinlarning tipologiyasiga kora tasnifi.


Tayanch so’z va iboralar
Din, dinshunoslik, dinshunoslik fanb predmeti, dinning strukturasi, dinning funksiyalari: dunyoqarashlik, tarbiyaviy, regulyatorlik, integratorlik, kompensatorlik, kommunikativlik.
Adabiyotlar


Ochildiev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (o‘kuv qo‘llanma). -Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013.
Dunyo dinlari tarixi / tuzuvchilar: S.Agzamxodjaev, D.Rahimjonov, N.Muhamedov va b. – T.: ToshDSHI, 2011. – 262 b.
Abdusamedov A.E. Dinlar tarixi. -Toshkent: O‘zMU, 2004. -208 b.
Xasanov A. va boshkalar. Islom tarixi (darslik). - Toshkent: Toshkent islom universiteti matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.

1.Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkor.
Dinshunoslik fanini o’qitishdan maqsad – talabalarni dinlarning turlari, tarixi, rivojlanishi, ta’limoti, asosiy manbalari, o’tmish va hozirgi kunda xalqlar hayotida tutgan o’rnini o’rgatish orqali o’z xalqi va Vatani tarixini yaxshi biladigan, boshqa millat va elatlar oldida buyuk allomalarning avlodlari bo’lgan yuksak madaniyat va ma’naviyatli xalq farzandi ekanligini namoyon eta oladigan, bu xalqning kelajagi ham buyuk ekanligiga ishontira oladigan insonlar qilib tarbiyalashdan iborat.
Din ta’rifi. Din so’zi arab tilidan olingan bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi «ishonch, e’tiqod»dir. Istilohiy ma’nosi lotin tilidagi «religion» so’zi bilan mos keladi.
Din insonni qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni va koinotdagi barcha narsalarni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy borliqqa ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din asli nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling