O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi
Til birliklаri Nutq birliklаri
Download 1.06 Mb.
|
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til Nutq
Bu birliklаr o‘z nаvbаtidа ma’lum vаzifа vа funksiyagа egа, bir-biridаn аmаliy jihаtdаn fаrqlаnаdi. Bа’zаn esа bir-birini to‘ldirаdi. Til vа nutq оrаsidаgi diаlеktik аlоqа vа munоsаbаt hаqidа аytilgаn fikrlаrni quyidаgichа umumlаshtirish mumkin.
Til va nutq munosabatlarini umumiy tarzda quyidagicha izohlash mumkin. Til va nutq o‘zaro aloqador hodisalar sifatida e’tirof etilgan. Til ijtimoiy, nutq xususiy hodisa. Tilning butun imkonioyatlari nutqda ifodalanadi. Til va nutqning o‘ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Til- munosabat asosi; nutq munosabat ifodasidir. Til jamiyatda shakllangan; nutq esa har bir shaxs faoliyatida namoyon bo‘ladi. Tilning mavjudlik davri uzoq, ijtimoiy hayot bilan bog‘liq; nutqning mavjudlik davri qisqa, u aytilgan paytdagina mavjud. Bir shaxs ayni zamonda bir necha tilga ega bo‘la oladi; shaxsning nutqi esa faqat bitta bo‘ladi, negaki nutq ma’lum vaqtda va ma’lum makonda yuz beradi. Tilning hajmi noaniq, chegaralanmagan; nutqning hajmmi aniq: u dialog, monolog, ayrim matn, kitob ifodalari bo‘ladi. Til qat’iy, turg‘un hodisa; nutq o‘zgaruvchan harakatdagi hodisadir. Nutq jarayoni va so‘zlash faoliyatini psixologik tilshunoslik o‘rganadi. Psixologik tilshunoslik ham boshqa sohalar qatorida nutqni til bilan uzviylikda talqin etadi. Til ma’lum miqdordagi nutq tovushlarining turli kombinatsiyasi bilan kishilar bir-birlariga bildiradigan so‘zlar, grammatik vositalar va ulardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan, degan fikr XIX asrning birinchi yarmidayoq qiyosiy grammatikachilar tomonidan ilgari surildi. Hozir ham tilni shu xilda tasavvur qiladilar. Ma’lumki, til o‘ziga xos strukturaga ega bo‘lgan sistemadir. Til bir-birining mavjudligini talab qiladigan, bir-biridan ajralmas holda ikki elementdan tashkil topgan. Bular: A. Leksika, yani lug‘at sostavi. B. Grammatika. Ularning har biri nutq tovushlaridan iborat bo‘lgan materiyaga ega. *** Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling