O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Download 1.06 Mb.
bet24/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Antonimlar. O‘zaro qarama-qarshi(zid) ma’noli so‘zlar antonimlar deyiladi. So‘zlarning bunday munosabati antonimiya deyiladi. Antonimlar 3 xil belgiga ega: 1) shakli( fonetik strukturasi) jihatidan har xillik; 2) ma’no jihatdan har xillik: 3) ma’nodagi o‘zaro zidlik. Uchinchi belgi antonimlarni o‘zaro birlashtiradi, zid ma’nolilikni yuzaga keltiruvchi asosiy belgi hisoblanadi.
Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin. Masalan, qattiq so‘zi bir ma’nosida yumshoq so‘ziga, boshqa bir ma’nosida saxiy so‘ziga antonim bo‘ladi. Boy o‘lgudek qattiq edi.
Bir so‘z o‘zaro sinonim so‘zlar bilan yoki o‘zaro sinonim so‘zlar boshqa sinonimlar bilan antonimik munosabat hosil qiladi: xursand-xushvaqt-shod-xurram-xushnud-xafa.
Sinonimiyada so‘zlarning bir xil ma’nosi asosidagi birligi sinonimlik qatorini hosil qilsa, so‘zlarning o‘zaro zid ma’nosi asosidagi birligi antonimik juftlikni yuzaga keltiradi.
Antonimlik faqat bir turkumdagi so‘zlar orasida sodir bo‘ladi: do‘st-dushman.
Qarama-qarshi ma’noli affikslar ham antonim bo‘ladi: odobli-beodob, kuchli-kuchsiz.
Keldi-kelmadi kabi so‘zlar antonim bo‘lmaydi, ular fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklidir.
Paronimlar. Aytilishi (talaffuzi) bir-biriga o‘xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar paronimlar deyiladi; yuvindi-yuvundi, fakt-pakt, abzal-afzal, yoriq-yorug‘, quyulmoq-quyilmoq, arch-art, otalik-otaliq.
Savol va topshiriqlar

        1. Til sathida yuz bergan o‘zgarishlar haqida nima bilasiz?

  1. Tildagi fonetik – fonologik o‘zgarishlarga misollar keltiring.

  1. Tilning tarixiy taraqqiyotida lug`at sathida yuz bergan o`zgarishlar haqida nima bilasiz?

  2. Tildagi o’z qatlam o’zlashma qatlamga misollar bwring.

  3. Tilning tarixiy taraqqiyotida grammatik sathda yuz bergan o`zgarishlar.




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling