O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Download 1.06 Mb.
bet27/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Savol va topshiriqlar

    1. Tillar oilasi deganda nima tushuniladi?

    2. Tillarning tasniflanishiga doir qarashlar.

    3. Turkey tillar tasnifi.

    4. Qardosh tillar tasnifi.

    5. Oltoychilar nazariyasi.

    6. Turkey tillar va fin-ugor tillar.



Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.

  2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2009.

  3. Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. -Toshkent, 2001.

  4. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari.-Toshkent, 2010.

  5. Rahmatullaev Sh. Til qurilishining asosiy birliklari. -Toshkent, 2002.

  6. Hojiev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.-Toshkent, 2002.

  7. Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

9-§. Dunyo tillari tavsifi va tasnifi


Reja

  1. Tillar tasnifi va tillar oilasi.

  2. Hind-evropa tillari oilasi.

  3. Xom-som tillari oilasi.

  4. Kavkaz tillar oilasi.

  5. Ugor-fin tillari oilasi.

  6. Turkiy tillar oilasi.

  7. Xitoy-Tibet tillari oilasi.

I. Hind-evropa tillari oilasiga hindiston, eron, slavyan, boltiq, german, roman, kel‘t, grek (yunon), alban, arman tillari kabi til guruhlari kiradi.


I. Hindiston tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) hind tili. Bu tilda 450 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Hind tili hozirgi Hindiston Respublikasining (poytaxti Yangi Dehli) davlat tili bo‘lib, eski hind yozuvi - devonagaridan foydalanadi.
b) urdu tili. Bu tilda 180 millioncha kishi so‘zlashadi. U hozirgi Pokistonning (poytaxti Islomobod) davlat tili bo‘lib, arab yozuvidan Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish foydalanadi. Bundan tashqari Hindiston tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
1. Bengal tili. Bu tilda 100 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
2. Maratxi tili. bu tilda 40 milliondan oshiq kishi so‘zlashadi.
3. Panjob tili. Bu tilda 40 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
4. Rajastoni tili. Bu tilda 20 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
5. Gujarati tili. Bu tilda 20 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati Hindistonda yashaydi.
Hind tillari guruhiga lo‘li, sindxi tillari, shuningdek, o‘lik tillardan sanskrit, pali, prokrit tillari kiradi. Sanskrit tili qadimgi hind mumtoz adabiy tili bo‘lib, bu tilda “Mahabxarata” (”Bxaratlarning buyuk jangi haqida doston”) hamda “Xito padesha” (”Yaxshi nasihat”) kabi bir qancha ajoyib epik asarlar yaratilgan. Bizning eramizdan oldingi IV asrda hind olimi Panini o‘zining mashhur “Sanskrit grammatikasi” asarini yaratgan.
2. Eron tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) fors tili. Bu tilda 30 millionga yaqin kishi so‘zlashadi, u Eronning (poytaxti Tehron) davlat tili bo‘lib, arab yozuvidan foydalanadi;
b) pushtu-dari tillari. Bu tillarda 15 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. U Afg‘onistonning (poytaxti Kobul) davlat tili bo‘lib, unda arab yozuvidan foydalaniladi;
v) kurd tili. 3 milliondan ortiq bo‘lgan kurd xalqi Eronda, Iroqda, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida va Turkiyada yashaydi;
g) tojik tili. Bu til Tojikiston respublikasining (poytaxti Dushanbe) davlat tili bo‘lib, bu tilda ikki milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
d) osetin tili. Bu til Osetiya respublikasining davlat tili bo‘lib, bu tilda 550 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
e) baluchi tili. Bu tilda so‘zlovchilar Pokistonda va Eronda yashaydi. Eron tillari guruhiga bulardan tashqari tolish tili, tog‘ tili, o‘lik tillardan esa qadimgi fors, pahlavi, sug‘du, xorazmiy tillari kiradi.
3. Slavyan tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) rus tili. Bu til RSFSR ning (poytaxti Moskva) davlat tili bo‘lib, bu tilda 150 million kishi so‘zlashadi;
b) ukrain tili. Bu til Ukraina respublikasining (poytaxti Kiev) davlat tili bo‘lib, bu tilda 40 milliondan ko‘proq kishi so‘zlashadi.
v) belorus tili. Bu til Belorussiya respublikasining (poytaxti Minsk) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
g) bulg‘or tili. Bu til Bulg‘oriya Respublikasining (poytaxti Sofiya) davlat tili bo‘lib, bu tilda 9 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
d) serb-xorvat tillari. Bu tillar Yugoslaviya Federativ Respublikasining (poytaxti Belgrad) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
e) chex tili. Bu til Chexoslavakiya Respublikasining (poytaxti Praga) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
j) slovak tili. Bu tilda 4 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu til ham Chexoslavakiya respublikasining davlat tili hisoblanadi. Bu tilda so‘zlashuvchilar Slovakiyada (poytaxti Bratislava) yashaydi;
z) polyak tili. Bu til Pol‘sha Respublikasining (poytaxti Varshava) davlat tili bo‘lib, bu tilda 40 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
Bundan tishqari, kashub, serboluj tillari, o‘lik tillardan qadimgi slavyan, polab, pomor tillari ham slavyan tillari guruhiga kiradi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling