O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Ierarxik munosabat til birliklarining murakkablashish (pog’onaviy) munosabati. Ieroglif


Download 1.06 Mb.
bet63/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Ierarxik munosabat til birliklarining murakkablashish (pog’onaviy) munosabati.
Ieroglif – so’z, logogramma.
Intralingvistika – ichki lingvistika.
Ifoda semalari - semema tarkibidagi uslubiy ma’no qirralaridir, ular so’zda ko’chma ma’no hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Ifoda jihati – lisoniy birliklarning tashqi- tovush tomoni bilan belgilanadi.
Informatsiya nazariyasi – biror xabardagi ma’lumotlarning miqdorini o’lchash, aniqlash usullarini belgilaydi.
Konsonatizm – undosh fonemalar tizimi.
Komparativistika- qiyosiy-tarixiy tilshunoslik.
Komponent tahlil metodi so’zning mazmun jihati bo’lgan ma’noni (sememani) muayyan semantik sistema sifatida tekshirishda, ayni sistemani tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarni, ma’noviy bo’laklarni, ya’ni semalarni aniqlashda, ularning semantik sistemadagi – sememadagi mohiyatiga, o’rniga, ahamiyatiga, imkoniyatiga, o’ziga xosliklariga alohida e’tibor beradi, ularni aniqlaydi, qo’llanish doirasini belgilaydi.
Leksikologiyaning ob’ekti tilning lug’at boyligidir. Leksikologiyaning predmeti – lug’at boyligining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari bilan aloqasini tadqiq etishdan iborat.
Leksikologiyaning turlari: 1) Umumiy leksikologiya; 2) xususiy leksikologiya. Xususiy leksikologiya o’z navbatida tavsifiy (sinxron) va tarixiy (diaxron) leksikologiyaga bo’linadi. 3) Qiyosiy leksikologiya.
Leksikologiya quyidagi bo’limlarni qamrab oladi: 1)semasiologiya; 2) leksikografiya; 3) onomasiologiya; 4) etimologiya; 5) frazeologiya; 6) onomastika; 7) etnonimika; 8) terminologiya.
Leksema – shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, jamiyat a’zolari uchun umumiy, tayyor, majburiy bo’lib, mustaqil anglanish va qo’llanish tabiatiga ega bo’lgan lisoniy birlikdir.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling