Tipologiya tilshunoslikning tillarini tipologik tasnif qilish printsipi va usullarini o’rganuvchi bo’limidir.
Tipologik metod turli qarindosh (o’zaro genetik bog’liq) va qarindosh bo’lmagan (o’zaro genetik bog’lanmagan) til oilalariga tegishli bo’lgan tillarni qiyoslash asosida o’rganadi. Ushbu xususiyatiga ko’ra mazkur metod faqat bir til sistemasiga, ya’ni qarindosh tillar oilasiga kiruvchi tillarni qiyosiy tadqiq qiluvchi, «baholovchi» qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi.
Tipologik tasnif - tillarning turiga ko’ra tasnif qilish tipologik tasnif deb ataladi.
Til - imkoniyat sifatida aloqa-aralashuv, fikr almashuv quroli. Til va jamiyat uzviy bog’liqdir. Til – tabiiy, ruhiy, ilohiy emas, balki ijtimoiy hodisadir.
Til birliklari: fonema, morfema, leksema (so’z) va modellar.
Tilning mohiyati uning ijtimoiy hodisa ekanligida ko’rinadi.
Til taraqqiyotidagi ichki qonuniyatlar tilning o’z tabiati asosida (o’z mohiyatidan) kelib chiqadigan taraqqiyot jarayonlarini ifodalovchi qonunlar hisoblanadi. Ular lingvistik omillarga tayanadilar.
Til taraqqiyotining tashqi qonuniyatlari ijtimoiy tuzum shakllari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg’ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlarga bog’liq bo’ladi.
Til birliklarining xususiyatlari ularning boshqa birliklar bilan munosabatga kirishuvida namoyon bo’ladi. Bunday munosabatlarni umumiy ko’rinishda uch turga bo’lish mumkin: sintagmatik, paradigmatik va ierarxik munosabatlar.
Til strukturasi elementlari – til sathlari quyidagilardan iborat: fonetik – fonologik sath , morfem – morfologik sath, so’z yasash sathi, leksik – semantik sath, sintaktik sath.
Transformatsion tahlil metodiga ko’ra sintaktik konstruktsiyalar (qurilmalar) muayyan qoidalar asosida o’zgaradi, ya’ni boshqacha shaklga, ko’rinishga ega bo’ladi, transformatsiyalashadi. Bunday transformatsiyalar orqali muayyan sintaktik konstruktsiyaning - qurilmaning bir nechta shakllari aniqlanadi, o’zaro farqlanadi, ularning mohiyatiga, tarkibiga chuqurroq kiriladi. Natijada transformatsiyaga (o’zgarishga) uchragan har bir sintaktik konstruktsiyaning o’ziga xos semantik jihatlari ham namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |