O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet48/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp epidemiyasi va pandemiyasi. Gripp epidemiyasi vujudga keladigan omillar mavjud. Ushbu omillar aҳolining zichligi, migrastiyasi, maishiy xizmat ko’rsatadigan muassasalarga aҳolining tez-tez borib turishi,sanitariya, gigiena qoidalariga amal qilmaslik gripp infekstiyasining keng tarqalishiga olib keladi. Undan tashqari, transportlarni o’z vaqtida dezinfekstiya qilmaslik, oilaviy poliklinikalarda isitmasi chiqqan bemorlarni qabul qilish, bemorlarni gigienik ҳimoya niqoblarini taqmasligi, ushbu omillar ҳam gripp kasalligining qisqa muddatda keng tarqalishiga olib keladi. Ҳar 2-3 yilda “A” grippning chegaralangan epidemiyasi, ҳar 8-10 yil ichida “A” gripining keng tarqalgan epidemiyasi kuzatiladi. “A” grippepidemiyasining mavsumiyligi mavjud. Kasallik oktyabr-dekabr oylarida eng ko’p qayd etiladi va epidemiya shaklida bo’lishi mumkin. Avval kasallik yosh bolalarda, keyin o’smirlarda, so’ng kattalarda qayd qilinadi. “A” tipidagi gripp kasalligining tarqalishi avval aҳolining 20-30%, keyinchalik 50-70% qamrab oladi. Ayrim ҳollarda kuchli gripp infekstiyasi epidemiyasida aҳolining 100% gripp kasalligi bilan kasallanishi kuzatiladi. Shuni aytib o’tish kerakki, er yuzida kuchli gripp pandemiyalari ҳar 25-30 yillar mobaynida kuzatilgan.
Eng ko’p va tez tarqalgan pandemiya 1890 yilda kuzatilgan. O’sha yillarda er yuzi aҳolisining 50% gripp kasalligi bilan kasallangan, 20 000 000 odam ushbu kasaldan o’lgan. 20 asrda odamzot 4 marta gripp pandemiyasini boshidan o’tkazgan.
1. 1900 yil – gripp virusining (N3 N2)shtammi chaqirgan pandemiya kuzatilgan
2. 1918 yil – gripp virusining (N1 N1)shtammi chaqirgan pendemiya kuzatilgan (Ispanka), 20 mln o’lim qayd etilgan.
3. 1957 yil - (N1 N2) (Osiyo) grippi. 1 mln o’lim qayd etilgan.
4. 1968 yil - (N3 N2) (Gonkong) grippi 700 000 o’lim qayd etilgan.
Epidemiya deb, gripp kasalligining bir davlatning bir necha ҳududlarida keng tarqalishiga aytiladi. Pandemiya deb, gripp kasalligining bir necha davlatlarda, qit’alarda qayd etilishiga aytiladi. Ҳozirgi kunda Jaҳon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan gripp kasalligi epidemiyasi yoki pandemiyasi ko’payishi deb baҳo beriladi va e’lon qilinadi.
“A” tipdagi gripp infekstiyasida epidemiya 3 oy davom etishi mumkin, pandemiyada esa ushbu muddat uzoq davom etadi. Buning ababi er yuzining shimoliy mintaqalarida (davlatlarda) “A” tipidagi virus epidemiyasi, pandemiyasi oktyabr-mart oylarida kuzatilishi mumkin. Er yuzining janubiy mintaqalarida mavsumiylik aprel-avgust oylariga to’g‘ri keladi.
Demak, gripp kasalligining shiddatli tarqalishi, kasallikning og‘ir kechishi grippning “A” viruslari antigenlarining o’zgarib turishi va mutastiyaga uchrashi, aҳoli immunitetining sustligi oqibatida ro’y beradi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling