O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet49/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp kasalligining patogenezi. Gripp virusi yuqori nafas yo’llarida joylashgan stilindrik epitelial ҳujayralarga kirib olishi (tropik) va toksik xususiyatlarga ega bo’lganligi uchun, epitelial ҳujayralarni qisqa muddatda jaroҳatlanishi kuzatiladi. Jaroҳatlanish birinchi navbatda bronxlarda va traxeyada kuzatiladi.
Gripp virusining stilindrik epiteliy ҳujayralariga kirishidan oldin virus qobig‘idagi oqsillarni neytrallashtiradigan va viruslarni ҳalokatga olib keladigan α va β interferonlarfaolligi biror muddat viruslarning ҳujayra ichiga kirishiga qarshilik ko’rsatadi. Ushbu ҳolat odam organizmining nospestifik ҳimoyasi vositalari natijasida ro’yobga chiqadi. Ko’pincha gripp viruslari yuqorida aytilgan ҳimoya barerini yorib o’tadi. Yuqori nafas yo’llaridagi stilindrik epiteliyalarga kirib olgan gripp virusi shiddatli ravishda ko’payadi. Oqibatda epiteliy ҳujayralarining ommaviy emirilishi degrodastiya va nekroz kuzatiladi. Gripp virusining epitelial ҳujayralarga kirib olishida virusning lipid qobig‘i muҳim rol o’ynaydi.
Epiteliyalarning nekrozi, ya’ni viruslarning jaroҳatlangan ҳujayralardan ommaviy chiqishi epiteliy osti kapillyarlar ҳimoyasini pasaytirib, viruslarning tez ko’payishiga olib keladi. Emirilgan epiteliyalar endogen toksin ҳisoblanadi. Bir vaqtning o’zida viruslarning 2 xil antigenlari, ya’ni gemagglyutinin va neyroaminidazalar ҳam kuchli toksin ҳisoblanadi. Ushbu toksinlar kompleksi yurak-qon tomir, asab (markaziy va vagetativ), buyrak tizimlarining zaҳarlanishiga olib keladi. Gripp infekstiyasi bemor immunitetini pasaytiradi.
Ushbu ҳolatda bemor organizmida shartli patogenlar (stafilokokk, streptokokk, pnevmakokk va boshqa floralar) faolligini oshiradi. Ushbu ҳolat gripp bilan kasallangan bemorlarda ҳar xil asoratlar bo’lishiga sababchi ҳisoblanadi. Gripp xastaligining 5 ta asosiy patogenez bosqichlari mavjud:

  1. Yuqori nafas yo’llari epitelial ҳujayralarga viruslarning reprodukstiyasi (kirib olishi).

  2. Virusemiya, taksenemiya, toksemik allergik reakstiyalar jarayoni.

  3. Nafas yo’llarining jaroҳatlanishi (traxeya, bronx, bronxiola).

Jaroҳatlanish nafas yo’llarining ayrim qismlarida namoyon bo’ladi.

  1. Nafas yo’llarida va boshqa organlarda bakterial asoratlar shakillanishi davri (virusli-bakterial assostiastiya)

  2. Kasallikning chekinishi, patologik jarayonning to’xtashi va rekonvalesstenstiya davri.

Gripp infekstiyasida kuzatiladigan organlar va tizimlarning jaroҳatlanishi mikrostirkulyator o’zgarishlarga sabab bo’ladi.
Ushbu jarayonda umumiy tonus buzilishi, tomir va kapillyarlar devorlari elastikligining emirilishi kuzatiladi.
Bemor tomirlari va kapillyarlarining o’tkazuvchanligi oshishi mikrostirkulyator o’zgarishlariga olib keladi. Shuning oqibatida burundan qon ketish, ichak organlari va terida gemorragiyalar kuzatiladi. Ayrim bemorlarda infekstiontoksik enstefalitik, gemoragik alveolit, infekstion toksik karaxtlik, o’pka shishishi kuzatiladi.
Bemorlar immunitetining pasayishi natijasida surunkali kasalliklar xuruji yoki avj olishi kuzatiladi. Asoratlar shakllanadi (miokardit, nefrit, stistit, gaymorit, sinusit, otit).
Sirkulyator, mikrosterkulyator o’zgarishlar o’tkir virusli-bakterial zotiljamga (pnevmoniya) olib kelishi xarakterli.
Gripp infekstiyasida kuzatiladigan o’tkir zotiljam (pnevmoniya) asorati virus – bakteriyalar assostiastiyasi natijasida rivojlanadi.
Gripp virusi antigenlari (gemaglyutinin, neyroamnizin) jaroҳatlangan epiteliy ҳujayralari, nafas organlaridagi emirilish autoallergiya jarayonini keltirib chiqaradi. Oqibatda asmatik belgi, asmatik yo’tal, soxta krupp, laringit, laringo-traxeit kabi asoratlar kuzatiladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling