O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tif-paratif infekstiyalari (TPZ).
- Meningokokk infekstiyasi.
- Koksaki, ESNO infekstiyalari.
- Ku-isitmasi.
Virusli gepatit “A” (VGA). VGAning boshlang‘ich davrida (kasallikning boshlanish davri) yuqori isitma, intoksikastiya, yuqori nafas yo’llarida yallig‘lanish kuzatiladi. Shu bilan birga bemorlarda oshqozon-ichak tizimining yallig‘lanishi kuzatilishi mumkin. Ko’pincha VGA infekstiyasi 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuzatiladi. Bemor bolalarda ishtaҳaning yo’qolishi,ko’ngil aynash, qusish alomatlari qayd etiladi. Xastalikning 2 ҳaftasidan boshlab peshob qizaradi, teri va og‘iz shilliq qavatida sarg‘ayish alomatlari bosqichma-bosqich ko’rinadi. Avval ko’z shilliq pardalarida, og‘iz bo’shlig‘ining shilliq qavatida, so’ng terida sarg‘ayish kuzatiladi. Sarg‘ayish davri boshlanishi bilan isitma tushadi, qusish, ko’ngil aynash qoladi. Intoksikastiya belgilari kamayadi.
Tif-paratif infekstiyalari (TPZ). Paratif A infekstiyasi bilan qiyosiy tashxis o’tkazish maqsadga muvofiq. Paratif A infekstiyasi sekin-asta boshlanadi. Isitma birinchi kunlari uncha yuqori bo’lmaydi. Isitma kasallikning 5-7 kunlari yuqori darajaga ko’tarilib, 6-8 kun yuqori darajada turadi, so’ng sekin-asta tusha boshlaydi. TPZda (yo’tal, rinit, tonzillit, faringit) sust bo’lib 5-7 kunlarda yo’qoladi. 6-8 kunlari tanada rozeolez toshmalar paydo bo’ladi, 4-5 kundan so’ng toshmalar yo’qola boradi, tif va paragif infekstiyalarida, alaxsirash, gollyutinastiya belgilari (tif statusi) kuzatiladi. Bemorlarda leykopeniya, neytropeniya, anemiya, anezinopeniya monostitoz kuzatiladi. Gemokultura musbat bo’ladi. Meningokokk infekstiyasi. Gripp xastaligini meningokokk infekstiyasining nazofaringit (lokal) shakli bilan qiyoslab taqqoslash kerak. Meningokokk nazofaringitida isitma, intoksikastiya belgilari sust bo’ladi. Tomoq og‘riq, tumov, nafas qisishi kuzatilmaydi. Og‘iz va burun shilliq qavatida giperemiya kuzatiladi. Bemor qonida leykostitoz, neytrofilez eritrostitlarning soni kamayishi, eritrostitlar cho’kish tezligining oshishi kuzatiladi. Koksaki, ESNO infekstiyalari. Koksaki, ESNO viruslari keltirib chiqargan respirator infekstiyalarda seroz meningit asorati kuzatiladi. Bemorlarda kasallikning birinchi kunidan laringit, rinoreya, faringit, tonzillit yallig‘lanishi kuzatiladi. Koksaki va ESNO viruslari tomonidan chaqirilgan O’VRIning og‘ir kechishida meningit, meningoenstefalit alomatlari namoyon bo’ladi. Bemorlarda giperesteziya, giperakuziya, terini ta’sirchanligining oshishi kuzatiladi. Ayrim bemorlarda xush ketishi,bosh aylanishi, meningeal belgilar paydo bo’lishi xarakterli. Orqa miya suyuqligida stitoz kuzatiladi. Qonda leykopeniya, limfostitoz eozinofelez qayd etiladi. Ku-isitmasi. Ku-isitma infekstiyasida ҳam respirator belgilar kuzatiladi. Ҳarorat uzoqroq davom etadi. Intoksikastiya esa kundan-kunga oshib boradi va kuchli namoyon bo’ladi. Ku-isitma infekstiyasida bemorlarda titrash, tez-tez terlash sutkada bir necha marta takrorlanadi. Nafas yo’llarida respirator yallig‘lanishlar juda sust, yoki umuman bo’lmaydi. Bemorlar bo’g‘imlarida og‘riq, jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling