O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
Profilaktika. Gripp kasalligiga qarshi kurash va uning tarqalishining oldini olish profilaktikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligining eng asosiy vazifalaridan biri bo’lib, Respublikada muҳim ijtimoiy-iqtisodiy aҳamiyatga ega.
Gripp infekstiyasini boshlang‘ich davrida aniqlash va keng tarqalishining oldini olish muҳim aҳamiyat kasb etadi. Epidemiyaga qarshi kurash borasida 3 bosqichli, quyidagi tadbirlarni o’tkazish maqsadga muvofiq: - tezkor profilaktika chora-tadbirlarini o’tkazish - kasallik boshlanishi davrida tez davolash choralarini o’tkazish - vakstinastiya (emlash). 1. Tezkor profilaktik chora-tadbirlar o’tkazish maqsadida kasallikning ilk bor davrida oksalin mazini kuniga 2 maҳal bemorlar va ular bilan muloqotda bo’lgan kishilarning burun kataklariga surtish. 2. Kasallikning dastlabki boshlanish davrida odam leykostitar interferonlarini (IFN) burun kataklariga tomizish 3. Bemorlar va ular bilan muloqotda bo’lganlarga IFN preparati bilan ingalyastiya o’tkazish. Ushbu tadbirlar gripp infekstiyasi keng tarqalib ketishining oldini olish. Ikkinchi bosqichida gripp kasalligini erta aniqlash va davolash, kasallikning tez tarqab ketishining oldini olishda muҳim aҳamiyat kasb etadi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun gripp qayd etilganda bemorning uyda qolish rejimi o’rnatilishi, uyda bemorni aloҳidalash, muloqotda bo’lganlar ҳimoya niqobini kiyishi. Bemor turgan xonadonlarni dezinfekstiya moddalari bilan tozalash. Ushbu kasallikning keng tarqalib ketishining oldini oladi. Ushbu tadbirlar 7kun mobaynida olib boriladi. Bolalar bog‘chalari, maktablarga gripp kasalligining keng tarqatmasligi maqsadida isitmasi chiqqan bemor bolalarni tezda izolyastiya qilish, muloqotda bo’lgan bolalarga ҳimoya niqoblari taqish, oksalin mazi surtmasi surtish, IFN-interferonini burun kataklariga tomizish. Ommaviy tadbirlarni o’tkazishni kamaytirish, kasallik yuqmasligining oldini olishda muҳim axamiyat kasb etadi. “A” tipidagi gripp virusi chaqirgan epidemiyaning oldini olishda grippga qarshi vakstinalar ishlatiladi. Ҳozirgi kunda 10 dan ortiq grippga qarshi vakstinalar mavjud. Ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatdiki, O’zbekistonda inflyuvak vakstinasi keng qo’llanilib keladi. Ushbu vakstina Solvay pharma (Gollandiya) firmasida chiqariladi. Ushbu vakstina tarkibida A tipdagi gripp virusining 2 ta antigeni - gemagglyutinin, neyroaminidaza asosida olinadi. Ushbu vakstinaning reaktogenligi juda kam bo’lib bolalar va kattalarda keng qo’llash mumkin. Ushbu vakstinani 6 oydan katta bo’lgan bolalarga, ҳomilador ayollarga va keksa yoshli fuqarolarga ҳam qo’llasa bo’ladi. Undan tashqari, muloqotda bo’lgan kishilarga remantodin, amantadin, astiklovir, arbidol preparatlari profilaktika uchun beriladi. Yuqorida qayd etilgan virusga qarshi preparatlarni gripp “A” xastaligining oldini olishda ayniqsa surunkali kasalliklari bo’lgan, immuniteti past kishilarga qo’llash maqsadga muvofiq. Ҳar yilning oktyabr-dekabr oylarida gripp infekstiyasining oldini olishda “A” grippga qarshi emlash o’tkazilishi maqsadga muvofiq. A grippga qarshi vakstina, emlangan kishilarda 10-12 oy davomida grippga qarshi immunitet paydo qiladi. Inflyuvak vakstinasi samaradorligi 50.0-80.0% tashkil etadi. Emlangan fuqarolarning ayrimlarida A gripp xastaligi engil, subklinik shaklda kechishi mumkin. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling