O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Gemagglyutinastiyani sekinlatish (tormozlash) reakstiyasi (RTGA)


Download 363.44 Kb.
bet55/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gemagglyutinastiyani sekinlatish (tormozlash) reakstiyasi (RTGA). Gripp viruslarini bir-biridan farq qilish, virus qobig‘idagi oqsillarini aniqlashda ishlatiladi. “A” grippning tiplari va podtiplarini aniqlashda RTGA muҳim aҳamiyat kasb etadi. Ushbu uslubni bajarishda tovuq va odam eritrostitlaridan foydalaniladi.
Rinostitoskopiya uslubi. Uslub burun kataklaridan olingan surtma ichida viruslar borligi yoki yo’qligini aniqlashda ishlatiladi. Surtma tarkibida bo’lgan stilindrik epiteliyalar tarkibida o’sgan va ko’paygan viruslarni mikroskop ostida ko’riladi. Qiyosiy diagnostika uslubi ҳisoblanadi. Gripp xastaligini boshqa o’tkir respirator virusli kasalliklar bilan qiyoslash, kasallikning turini va samarali davolashda, uning qon tarkibida viruslar bor yo’qligii aniqlashda qo’llaniladi.
Qiyosiy diagnostika. Gripp xastaligini eng avvalo koronavirus Sovid-19 infekstiyasi, so’ng boshqa o’tkir virusli respirator infekstiyalar bilan qiyoslash maqsadga muvofiqdir.
Koronavirus Sovid-19 infekstiyasi. Koronavirus Sovid-19 infekstiyasi juda tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, respirator belgilar bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Sovid-19 infekstiyasi o’tkir boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, respirator belgilar: yo’tal, aksirish, burun va og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi katta, ayniqsa 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi, pnevmoniya, asoratlarning tez va shiddatli paydo bo’lishi muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega. Shuning uchun gripp xastaligini albatta koronavirus Sovid-19 infekstiyasi bilan kasallikning ilk davridayoqqiyosiy taqqoslash maqsadga muvofiq. Sovid-19infekstiyasida giperkoagulyastiya DBCbelgisi, toksik pnevmoniya kuzatiladi.
Paragripp. Paragripp infekstiyasida yallig‘lanish ҳiqildoqda, ovoz boylamida, traxeyada, bronxda kuzatiladi. Bemorlarda laringit, laringotraxeit, soxta krupp rivojlanadi. Isitma paragrippda yuqori ko’tarilmaydi, intoksikastiya belgilari gripp xastaligidan farqli o’laroq kuchli bo’lmaydi. Paragrippda bemor tovushining bo’g‘ilishi, quvillab yo’talishi, nafas olishning qisilishi kuzatiladi. Ayrim bemorlarning tovushi yo’qoladi. Og‘ir asoratlardan laringospazm, soxta krupp, abstruktiv bronxit, allergiya kuzatiladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling