O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Gripp infekstiyasining gipertoksik shakli
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gripp kasalligining yosh bolalarda kechishi.
- Gripp kasalligining yoshi katta va qariyalarda kechishi.
Gripp infekstiyasining gipertoksik shakli. Gripp kasalligi gipertoksik kechishi kam uchraydi. Ushbu bemorlarda kataral belgilar kuzatilmaydi. Kasallik chaqmoqsimon (shiddatli) boshlanadi, intoksikastiya kuchli namoyon bo’ladi.
Ushbu bemorlarda qisqa muddat ichida gemorragik, toksik o’pka shishi, burundan qon ketishi, bosh miyaga qon quyilishi, DVS-sindrom, o’tkir nafas-o’pka etishmasligi, o’tkir yurak-tomir etishmasligi, o’tkir buyrak etishmasligi, meningit, meningoenstefalit kuzatiladi. Bemorlarda yiringli-nekrotik laringotraxeobronxit shakllanadi. Ikki taraflama pnevmoniya kuzatiladi. O’lim ҳolati yuqori darajada saqlanib qoladi. Ushbu bemorlar yuzida kuchli giperemiya, bemor terisi qonsiz, ko’kargan (stianoz) ҳolatida bo’ladi. O’pkada quruq va xo’l xirillash, o’pka shishi, yurakda taxikardiya, aritmiya, yurak tonlari bo’g‘iq sistolik shovqin (infekstion toksik miokardit) siydiknig kamayishi (oligouriya) va to’xtashi (anuriya), meningit, meningoenstefalit, o’tkir buyrak usti bezi etishmasligi kuzatiladi. Gripp infekstiyasining gipertoksik shakli kuchli epidemiya davrlarida kuzatiladi va o’lim darajasi ancha yuqori bo’ladi. Gripp kasalligining yosh bolalarda kechishi. Gripp xastaligining yosh bolalarda kechishida katta bolalardan farqi kasallik og‘irroq o’tishi, asoratlarning tezroq namoyon bo’lishi, ҳamkor kasalliklarni qo’zg‘atishi ҳarakterli. Yosh bolalarda gripp kasalligi kattalardagidan quyidagiko’rsatkichlar bilan farqlanadi: - kasallikning og‘ir o’tishi; - kataral belgilarning tezroq namoyon bo’lishi; - nafas yo’llarida laringit, laringotraxeit, bronxit, bronxopnevmoniya, soxta krupp ҳolatining tezroq namoyon bo’lishi; - asoratlarning ko’proq namoyon bo’lishi; - kasallikning uzoqroq muddatga cho’zilishi. Yosh bolalarda gripp xastaliklarida isitma, intoksikastiya, respirator belgilar uzoqroq,ya’ni 5-8 kun davom etadi. Gripp kasalligining yoshi katta va qariyalarda kechishi. Katta yoshli bemorlar va qariyalarda gripp kasalligining og‘irroq kechishi,asoratlari tezroq namoyon bo’lishi kuzatiladi. Gripp kasalligi katta yoshli va qariyalarda og‘ir va o’ta og‘ir o’tishi ko’proq kuzatiladi. Kasallik davrlari cho’zilgan, intoksikastiya, kataral belgilar o’rta yoshli bemorlarga qaraganda ko’proq, asoratlar tez-tez namoyon bo’lishi xarakterli. Ushbu bemorlarda xastalik sekin asta boshlanadi, isitma kasallikning birinchi kunlari subfibril (37.10S – 37.50S), 3-5 kunlar yuqori 380S – 39.50S va sekin astalik bilan tushishi kuzatiladi. Kataral belgilar ҳam sekin asta rivojlanadi. Ammo nafas yo’lining quyi qismida yallig‘lanish (bronxit, traxeobronxit, pnevmoniya) kuchli namoyon bo’ladi. Ko’pincha katta va qari yoshdagi bemorlarda yurak-qon tomir tizimida o’zgarishlar kuchli namoyon bo’ladi. Bemorlarda burun, og‘izdan nafas olishning tezlashishi, akrostianoz, taxikardiya, arterial bosimning pasayishi kuzatiladi. Ushbu bemorlarda intoksikastiya belgilari kam namoyon bo’ladi. Isitma davomiyligi 8-9 kunni tashkil etadi, isitma sekin astalik bilan tushadi. Katta yoshli va qari bemorlarda gripp pnevmoniyasi 2,0 – 2,5 baravar ko’p namoyon bo’ladi. Pnevmoniya alomati kuzatilganida bemorlarda xansirash, titrash, bemorning isitmasi 390S – 400S ga etadi. Nafas olish qiyinlashadi, xansirash kuchayadi, nafas olish tezligi 1 minutda 30-35 marta kuzatiladi. Pnevmoniya asoratlari boshlanganida quyidagi belgilarning kuchayishi kuzatiladi: - ҳolsizlik, darmonsizlik, ishtaҳaning pasayishi yoki yo’qolishi, adenamiya, terlash, bosh og‘riq, bosh aylanish kuzatiladi; - nafas yo’llaridagi yallig‘lanish ҳam kundan kunga kuchaya boradi. - og‘iz shilliq pardasining achishishi, tufuk yutganda og‘riq, quruq va ҳo’l yo’talning kuchayishi, tez-tez balg‘am chiqishi, burun bitib qolishi xarakterli. - nafas yo’llari yallig‘lanishining kuchayishi (rinit, faringit, laringit, traxeit, bronxit, bronxiolit, bronxopnevmoniya) qonda leykostitoz, leykopeniya, eozinofelez, monostitoz kuzatiladi. Eritrostitlarning cho’kish tezligi oshadi. Kasallikning tuzalish davrida infekstiyadan keyingi asteniya,charchoqlik, ҳolsizlik, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, astenovegetativ belgilar kuzatiladi. Yoshi katta bemorlar ko’pincha reanimastiya bo’limida davolanadi. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling