O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Gripp infekstiyasining oqibatlari (prognoz)


Download 363.44 Kb.
bet60/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp infekstiyasining oqibatlari (prognoz):
- butunlay sog‘ayish
- asoratlarning shakllanishi
- o’lim
Bemorlarning butkul tuzalishi 70-85 % ҳolatda kuzatiladi. Tuzalish 7-10 kun davomida ro’y beradi.
Asoratlar shakllangan bemorlarda, tuzalish 3-4 ҳafta davom etadi. Ayniqsa, pnevmoniya asorati bo’lgan bemorlarda keyinchalik asteno-vegetativ belgi oylar davomida kuzatiladi. Asosan pnevmoniya asorati kuzatiladi (abstruktiv bronxit, o’pka emfizemasi, gaymorit, sinusit, frontit).
O’lim A grippning og‘ir asoratlari pnevmoniya, o’tkir yurak-qon tomir va o’pka etishmasligi, meningit, meningoenstefalit, o’tkir buyrak etishmasligi natijasida ro’y beradi. “A” grippning epidemiya ҳamda pandemiya ҳolda tarqalishida o’lim 1% dan to 5% gacha etadi.
Profilaktik chora-tadbirlar. Aҳoli o’rtasida gripp infekstiyasining tarqalishi 35-50% etsa, Vazirlar Maҳkamasi qoshidagi sanitariya-epidemiologiya inspekstiyasi tomonidan ҳududlarda gripp epidemiyasi e’lon qilinadi.

  • Zudlik bilan tashkilotlarda, o’quv maskanlarida, bog‘chalarda, korxonalarda, transportlarda ҳimoya niqobi tutish tavsiya etiladi.

  • Oilaviy poliklinikalar, QVP, shifoxonalarda xodimlar (vrachlar, ҳamshiralar, tozalovchi bekalar) ҳimoya niqobi tutishlari shart.

  • Oila a’zolarida yuqori isitma va tumov belgilari paydo bo’lgan ҳolatda, shifokorni uyga chaqirish maqsadga muvofiq, ҳamda vaqtincha ishga noloyiqlik varaqasi 7 kun mobayniga ochiladi.

  • Bog‘chalarda va maktablarda bolalarni qabul qilishda ertalabki filtr tekshiruvlardan o’tkaziladi, ya’ni isitmasi chiqqan va tumov belgilari bo’lgan bolalar uyga qaytariladi va ҳududiy shifokorga yuboriladi.

  • Epidemik jarayon kuchaygan taqdirda, 7 kun muddatga bog‘chalar va maktablarda karantin e’lon qilinadi.

  • Avtobus, metro, marshrut taksilar shox bekatlarida transport salonlari xlor tutuvchi dezinfekstiya moddalari bilan dezinfekstiya qilinishi maqsadga muvofiq.

  • Engil va o’rta og‘ir shakldagi bemorlarga uyda davolanishga ruxsat beriladi. Og‘ir va asoratlari bo’lgan bemorlar shifoxonada davolanadi.

  • Aҳoli orasida gripp “A” ga qarshi emlash o’tkaziladi.




Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling