O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet63/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

PATOGENEZI.
1. Inkubastion davr.
2. Epiteliy va limfa ҳujayralarda viruslarning ko’payishi.
3. Virusemiya va toksinemiya.
4. Ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi, limfadenit.
5. Ichki organlarning jaroҳatlanishi.
6. Maxsus adenovirusga qarshi antitelalar shakllanishi.


Patologik anatomiyasi. Adenovirus infekstiyasida yallig‘lanish, destrukstiya, nekroz kabi patologo anatomik o’zgarishlar kuzatiladi.
Mikroskopik tekshirishlarda bemorlarda kataral laringotraxeobronxit, epiteliy ҳujayralar degenerastiyasi, nekroz kuzatiladi. Nekrozga uchragan epiteliyalarda, adenovirus DNK zarrachalarini mikroskop orqali ko’rish mumkin. Nekrozga, degenerastiyaga uchragan epiteliy ҳujayralar ortida kapillyarlarning jaroҳatlanishi tufayli eritrostitlarning chiqishi, mikro qon quyulishi kuzatiladi. Demak, nekroz osti to’qimada seroz suyuqligi, qon quyulishi xarakterlidir. Adenovirus infekstiyasida mononuklear infiltrastiya limfa tugunlarda kuzatiladi. To’qimalarda gigant mononuklear ҳujayra to’plamlarining yig‘ilishi kuzatiladi. Mononuklear ҳujayralar orasida gigant ҳujayralar ҳam aniqlanadi. Ichki organlarda qon ta’minotining buzilishi, distrofik, nekrobiotik o’zgarishlar aniqlanadi. Jigarda gepatostitlarning jaroҳatlanishi ayrim ҳolda gepatostitlarning nobud bo’lishi aniqlangan. Bemorlarda infekstion-toksik miokardit, toksik nefrit, seroz meningit yallig‘lanishi kuzatiladi.
Adenovirus infekstiyasining klinik kechishi. Adenovirus infekstiyasida inkubastion davr 2 kundan to 12 kungacha davom etadi. Kasallik o’tkir boshlanadi. Bemorlarda yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi kuzatiladi. Ammo yuqori nafas yo’llarida kuzatilgan belgilar asta-sekin boshlanadi.
Isitma adenovirusli infekstiyasida xastalikning birinchi kunidan boshlab kuzatiladi. Xastalikning birinchi kunlari isitma 370S-37.50S, keyinchalik isitma ko’tarila borib, 380S-390S ga etadi. Ayrim bemorlarda ҳarorat 400S ko’tariladi. Demak isitma adenovirus infekstiyasida sekin-asta ko’tariladi.
Kasallikning birinchi kunidan nafas yo’llarida shamollash alomatlari kuzatiladi. Bemorlarda yo’talish, aksirish, tomoqda og‘riq alomatlari paydo bo’ladi. Ushbu belgilar kasallikning 4-5 kunlari kuchayadi.
Intoksikastiya belgilari kasallikning birinchi kunidanoq kuzatiladi va kundan-kunga kuchaya boradi. Bemorlarda charchoqlik, ҳolsizlik, uyquning buzilishi, ishtaҳaning pasayishi, bosh og‘rig‘i kabi belgilar kuzatiladi. Ayrim bemorlarda bo’g‘imlarda, belda, mushaklarda og‘riq kuzatiladi.
Intoksikastiya belgilari kasallikning birinchi kunida sust bo’lib kundan-kungakuchaya boradi.
Ayrim bemorlarda ko’ngil aynash, qusish, qorinda og‘riq, ich ketishi kuzatiladi.
Adenovirus infekstiyasining birinchi kunidan boshlab bemor burnidan avval seroz suyuqligi, keyinchalik seroz—yiringli suyuqlik chiqa boshlaydi. Burun kataklarida qizarish (giperemiya), bez shishishi (otek), natijada burundan nafas olish qiyinlashadi. Yallig‘lanish keyinchalik og‘iz bo’shlig‘i va ҳiqildoqga o’tadi. Og‘iz bo’shlig‘ining qizarishi va yallig‘lanishi tomoqning orqa devorining yumshoq to’qimalarida, murtaklarda, ҳiqildoqda faringit, folekulalarning giperplaziyasi yallig‘langan soҳada shilimshiq parda ҳosil bo’ladi.
Adenovirus infekstiyasida yo’tal kuzatiladi. Yo’tal birinchi kundan boshlab ҳo’l ҳamda balg‘amli bo’ladi.
Bir yoshgacha bo’lgan bemor bolalarda yo’tal kuchli bo’ladi. Bola ovozi bo’g‘iq, quvillagan bo’ladi. Bemor bola o’pkasida quruq va ҳo’l xirillash kuzatiladi. Keyinchalik ҳo’l xirillash o’pkaning 2 tarafida bronxlarda kuzatiladi.
Adenovirus infekstiyasida bemor ko’zining yallig‘lanishi kuzatiladi. Ko’z shilliq pardasining yallig‘lanishi kon’yunktivit, keratokon’yunktivit shaklida namoyon bo’ladi.
Ko’zdagi yallig‘lanish 3 xil bo’ladi: kataral, folekulyar, pardali.
Ko’zda kuzatilgan yallig‘lanish xastalikning birinchi kunidayoq kuzatiladi. Ayrim bemorlarda kon’yunktivit, keratokon’yunktivit 3-5 kunlarda paydo bo’lishi mumkin.
Oldin yallig‘lanish bir ko’zda, keyinchalik 2 chi ko’zga o’tadi. Katta bolalarda ko’z shilliq qavatining qichishi, og‘riq, xuddi qum tushgandek tuyuladi. Ko’z atrofi terisida giperemiya, ko’z yarim ochiq ҳolatda bo’ladi.
Kon’yunktivit, keratokon’yunktivit yallig‘lanishida, avval seroz suyuqlik paydo bo’ladi, keyinchalik yupqa oqishsimon biroz sarg‘aygan parda bilan qoplanadi.
Kerato-kon’yunktivit, kon’yunktivit, adenovirus infekstiyasining “tashrif kartochkasi” deb ataladi, ya’ni agar bemor ko’zida yallig‘lanish kuzatilsa adenovirus infekstiyasi borligidan dalolat beradi.
Bemor yuzi biroz shishgan, qizargan, ko’z qovoqlari kattalashgan bo’ladi.
Adenovirus infekstiyasida bemorning tomoq soҳasida limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi.
Bemorlarda jigar va taloq kattalashadi.
Yosh bolalarda, ich ketishi, qusish, bemor qornida gaz yig‘ilishi kuzatiladi. Bemor pulsi tezlashadi, yurak tonlari bo’g‘iqligi, og‘ir bemorlarda sistolik shovqin bo’ladi.
Bemorlarning periferik qonida, leykopeniya, neytropeniya, eozinofilez og‘ir bemorlarda leykostitoz, neytrofilez, monostitoz kuzatiladi. Eritrostitlarning cho’kish tezligi biroz oshadi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling