O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Adenovirus infekstiyasining chaqaloqlarda ҳamda 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda kechishi


Download 363.44 Kb.
bet66/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Adenovirus infekstiyasining chaqaloqlarda ҳamda 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda kechishi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda adenovirus infekstiyasi kuzatilmaydi. Maxsus adenovirusga qarshi antitelalar yangi tug‘ilgan bolalar organizmiga transplastentar yo’l bilan onadan bolaga o’tadi. Agar ona xayoti davrida adenovirus infekstiyasi bilan kasallanmagan bo’lsa, tug‘ilgan chaqaloq ushbu xastalik bilan kasallanishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda adenovirus infekstiyasi quyidagicha kechadi. Isitma subfebril, intoksikastiya alomatlari bo’lmasligi mumkin. Chaqaloqlarda respirator belgilar kuzatiladi. Chaqaloqlarda burun bitishi, engil yo’tal. Burun bitishi natijasida chaqaloqlar betoqat bo’lib qoladi, uyqusi buziladi. Ko’krak emishda chaqaloq qiynaladi. Chaqaloqlarda va bir yoshgacha bo’lgan bolalarda ich ketish kuzatiladi. Periferik limfa tugunlarining kattalashuvi va kon’yunktivit bolalarda kam kuzatiladi. Ushbu bemorlarda bronxit, abstruktiv bronxit, pnevmoniya kabi asoratlar ko’proq qayd qilinadi. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda adenovirus infekstiyasi og‘ir va asoratli o’tishi mumkin. Bemor bolalarda adenovirus infekstiyasida isitma ko’tarilmaydi, ayrim bolalarda esa tana ҳarorati tushib ketishi mumkin.
Chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda adenovirus infekstiyasining klinik belgilari sust bo’lishiga qaramasdan, asbtruktiv bronxit, pnevmoniya kabi asoratlar ko’proq qayd qilinadi va o’lim ҳolatiga olib kelishi mumkin.
Tashxis. Adenovirus infekstiyasining tashxisi kasallikning klinik belgilari, kechishi, isitmaning uzoqroq davom etishi,nafas olish yo’llarida yallig‘lanish, limfa tugunlar giperplaziyasi, bo’yin limfa tugunlarining kattalashuvi, ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi (kon’yunktivit), o’pkaning yallig‘lanishi (pnevmoniya), oshqozon ichak tizimining jaroҳatlanishi, jigar va taloqning kattalashuviga qarab tashxis qo’yiladi.
Laboratoriya tekshiruvlari. Adenovirus infekstiyasini aniqlash borasida bir-necha serologik uslublardan foydalaniladi.
Adenovirus infekstiyasi viruslarining maxsus antigenlarini aniqlash borasida flyuoresstent antitelolari orqali ekspress-tashxis qo’llaniladi. Ushbu uslub yordamida adenoviruslarning tipik antigenlari burun suyuqligi va og‘iz bo’shlig‘idan olingan surtmada aniqlanadi.
Maxsus adenovirus antitelalarini bemor qonida komplementlarni bog‘lash uslubi (RSK) orqali ҳam amalga oshiriladi.
Adenovirus infekstiyasini aniqlash borasida passiv gemmagglyutinastiya reakstiyasi (RPGA) ishlatiladi. Ushbu uslub orqali bemorlar qonida adenovirus antitelalari aniqlanadi. Maxsus antitela kasallik davomida 2-4 marta ko’payishi inobatga olinadi. Adenovirus infekstiyasida kuzatiladigan og‘ir asoratlarni tashxis qo’yish maqsadida rengenologik tekshiruv, kompyuter tomografiyasi, elektrokardiografiya (EKG) uslublaridan foydalaniladi.
Qo’shimcha tekshiruvlar:
Umumiy qon, siydik, axlat analizlari, bemorlarni kasalxonaga tushgan kunlari va kasallikning kechishiga qarab 2-3 marta bajariladi va taҳlil qilinadi. Bemorlar immunitetini aniqlash uchun Immunogramma tekshiruvi o’tkaziladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling