O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet74/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Davolash. Paragripp infekstiyasi bilan kasallangan bemor bolalarni davolash kompleks ravishda olib boriladi.
Davolash jarayonida bemor bolalarga virusga qarshi dori vositalar simptomatik, patogenetik, immunomodulyator davolash choralari ishlatiladi. Paragripp infekstiyalarini davolashda qo’llaniladigan dori vositalar viruslarning o’sish darajasini keskin kamaytiradi. Intoksikastiya belgilari rivojlanishining oldini oladi. Bemor bolalar nafas yo’lida yallig‘lanish jarayoni nafas yo’llarining quyi qismiga o’tishining oldini oladi, asoratlarni sezilarli kamaytiradi. Niҳoyat bemor bolalarning virusga qarshi immunitetini tiklashda yordam beradi.
Paragripp infekstiyasining subklinik, belgisiz shakllarida: oksalin mazi 2 maҳal 5 kun, aflubin 5-6 tomchi 2 maҳal 3 kun, suyuqlik ichish bilan davolash o’tkaziladi.
Paragripp infekstiyasining engil va o’rta og‘ir kechishida quyidagi davolash choralari qo’llaniladi.
Bemorlar uyda davolanadi. Bemorlarga ko’p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi (mineral suv, soklar, namatak damlamasi).
Chaqaloqlar va yosh bolalarga kasallikning birinchi kunidan boshlab oksalin mazi 2 maҳal 5 kun, odam leykostitar interferoni 1-2 tomchidan 3 maҳal bemor bolalarning burun kataklariga 3-5 kun mobaynida tomiziladi.
Viferon preparati rektal 1 sv x 2 maҳal 5 kun mobaynida qo’llaniladi.
Arbidol preparati 6-12 yoshdan katta bolalarga va kattalarga qo’llaniladi. Virusga qarshi samaraga ega ushbu preparat ovqatdan keyin bolalarga 1 tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida qo’llaniladi.
Kattalarga esa 2 tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida qo’llaniladi.
Arbidol preparati surunkali yurak qon tomir, jigar, buyrak kasalliklari bo’lgan bemorlarga qo’llanilmaydi.
Simptomatik preparatlar:
Bolalarga antigrippin 1/2 tab x 3 maҳal 5 kun.
Askorutin 1 tab x 3 maҳal 5 kun.
12 yoshdan katta bemor bolalarga Aievit, revit, undevit, geksevit vitaminlari 10-15 kun davomida beriladi. 3 yoshli bolalarga vitrum bebi 1 tabletka 1 maҳal ichish tavsiya qilinadi.
Bemor bolalarda yo’tal kuzatilsa, mukaltin, bromgeksin, yo’talga qarshi tabletka preparatlari 3-4 maҳal ichish tavsiya qilinadi.
Og‘iz bo’shlig‘ida yallig‘lanish kuzatilsa ibufen yoki septolet preparatlarini 1/2 tab x 3 maҳalshimish tavsiya qilinadi.
Kuchli allergiya ҳolati qayd etilsa, bemor bolalarga diazolin yoki zodak preparatlarini ichish tavsiya qilinadi. Diazolin preparati (bolalar dozasi) 1 tabletkadan 2 maҳal 3-5 kun, zodak preparati 5 tomchidan 2 maҳal 5 kun ichish tavsiya qilinadi.
Bemor bolalarga og‘izdagi yallig‘lanishni kamaytirish va og‘iz bo’shlig‘idan paragripp virusini o’ldirish maqsadida furastilin, furasol eritmasi bilan og‘izni chayish tavsiya qilinadi. Og‘iz chayish uchun qo’shimcha romashka, xlorfillipp eritmalarini ishlatish mumkin.
Paragripp infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarda yuqori isitma kuzatilsa, ibuklin, ibufen D, parastetamol, stefekon preparatlari qo’llaniladi.
Chaqaloqlarda va yosh bolalarda isitma 400S dan yuqoriga ko’tarilsa, magistral tomirlarga muz, muzdek sochiq qo’yiladi. Bemor bolalarga analgin 50% 0.4, dimedrol 1% 0.4, novokain 0.5% 0.5 aralashmasi yonbosh mushakga (v/m) yuboriladi. Talvasa belgisining oldini olish maqsadida 25% magneziy 0.5-1.0 tomir ichiga, furasemid 0.5-1.0 tomir ichiga yuborish maqsadga muvofiqdir.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling