O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet77/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Epidemiologiyasi. Rinovirus infekstiyasi o’tkir respirator virusli infekstiyalar guruҳiga mansub bo’lib, epidemiologik jiҳatdan boshqa O’RVIdan farq qilmaydi.
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai: Rinovirus infekstiyasida kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchi ҳisoblanadi. Rinoviruslar kasallikning birinchi kunidan boshlab tashqi muҳitga chiqa boshlaydi. Bemor aksirganda, yo’talganda tashqi muҳitga ko’plab rinoviruslarni chiqarib turadi. Bemor organizmidan viruslar 5-7 kun mobaynida chiqib turadi, shuning uchun kasallik tarqatish bo’yicha epidemiologik xavf tug‘diradi.
Yuqish yo’li. Bemorlardan sog‘lom odamga rinoviruslar ҳavo-tomchi yo’li bilan yuqadi. Rinoviruslar bemor yo’talganda, aksirganda ko’p miqdorda tashqi muҳitga ҳavo-tomchi yo’li bilan chiqadi. Yuqish masofasi 1-3 metr. Chiqqan viruslar 1-3 metr masofada bo’lgan sog‘lom kishilarga yuqishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim ҳolda rinoviruslar virus tashuvchilardan ҳam sog‘lom odamlarga yuqishi mumkin, lekin muҳim epidemiologik aҳamiyat kasb etmaydi.
Rinovirus infekstiyasi 80% - 85% kattalarda, 15% - 20% bolalarda kuzatiladi. Ushbu infekstiya mavsumiylikka ega. Kasallik ko’pincha kuz, qish va baҳor oylarida ko’payadi. Yoz oylarida kasallik keskin kamayadi.
Kasallikka bo’lgan moyillik. Rinovirus infekstiyasi bilan barcha yoshdagi kishilar kasallanishi mumkin. Kasallikni boshidan o’tkazgan kishilarda immunitet, ya’ni maxsus antitelolar 3-4 oy mobaynida saqlanib turadi. Shu tufayli 1 yilda sog‘ayib ketgan kishilar 3-4 marta qayta kasallanishi mumkin.
Surunkali bronx, o’pka kasalliklari bo’lganlarda rinovirus infekstiyasi tez-tez kuzatiladi. Sog‘lom kishilarning burun kataklari va og‘iz bo’shlig‘ida rinoviruslar uzoqroq saqlanib qoladi. Bu esa virus tashuvchanlikni shakllantiradi.
Patogenezi. Rinoviruslar epiteliotrop xususiyatga ega va og‘iz bo’shlig‘i, burun kataklaridagi epiteliy ҳujayralarni zararlaydi va u erda ko’payadi.

  1. Rinoviruslarning nafas yo’llaridagi epitelial ҳujayralarga kirishi.

  2. Yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi.

  3. Virusemiya, toksenemiya.

  4. Virus – bakterial jaroҳatlanish.

  5. Rinovirusga qarshi antitelalarning shakllanishi.

Rinoviruslar epitelial xususiyatga ega bo’lganligi uchun burun kataklari va og‘iz bo’shliqlaridagi epitelial ҳujayraga kirib olish xususiyatiga ega. Rinoviruslarning tashqi qobig‘ida lipidlar mavjud, antigenlari esa toksik xususiyatga ega va odam eritrostitlarini agglyutinastiya qilish qobiliyatiga ega. Lipidlar rinoviruslarni epitelial ҳujayralarga kirgizish qobiliyatiga ega. Epiteliy ҳujayralarga kirgan viruslar informastion RNKga aylanib juda qisqa muddatda ko’paya boradi. Jaroҳatlangan epiteliy ҳujayralarda destruktiv, deskvomatik, nekrotik jarayon sodir bo’ladi. Jaroҳatlangan epiteliylarning tagidagi mayda qon tomirlar o’tkazuvchanligi oshib, seroz, seroz-yiringli yallig‘lantirishni keltirib chiqaradi.
Ayrim bemorlarda ko’z shilliq qavatida yallig‘lanish kuzatiladi (kon’yunktivit). Burun kataklari atrofida yallig‘lanish va gerpetik toshmalar toshadi. Bemorlarda aksirish, yo’tal, burundan seroz suyuqlik chiqib turadi. Kelgusi patogenetik jarayonda rinoviruslar va ularningtoksinlari qonga o’tishi mumkin. Ushbu ҳolatda virusemiya va toksenemiya ҳolati kuzatiladi. Bemorlarda ҳolsizlik, darmonsizlik, ishtaҳaning pasayishi, bosh og‘riq kabi klinik belgilar paydo bo’ladi. Virusemiya va toksenemiya jarayoni bemor immunitetini pasaytirib yuboradi. Natijada kelgusi patogenetik bosqich boshlanadi.
Ushbu patogenetik jarayonda organizmda saqlanib qolgan bakteriyalar (stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk va boshqa bakteriyalar) aktivlashadi va respirator yo’llaridagi yallig‘lanish jarayonini kuchaytirib yuboradi. Ushbu ҳolatda bemorlarda ҳar-xil asoratlar kuzatila boshlaydi (otit, gaymorit, tonzillit, pnevmoniya).
Patogenezning virus-bakterial bosqichida rinovirus infekstiyasining asoratlari kuzatiladi.
Patogenezning kelgusi bosqichida bemorlarda rinovirusga qarshi spestifik antitelolarning chiqarilishi kuzatiladi. Spestifik rinovirus antilelolar 3-4 oygacha saqlanib turadi. Shu tufayli 1 yil mobaynida odamlar 2-3 marta rinovirus infekstiyasi bilan kasallanishi mumkin.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling