O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet75/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Qiyosiy tashxisot:
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi:
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi yuqori kontagiozli, juda tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, tumov belgilari bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi o’tkir boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, respirator belgilar: yo’tal, aksirish, burun va og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi katta va 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi pnevmoniya asoratlarini tez va shiddatli paydo bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega.
Rinovirus infekstiyasida asosiy klinik belgi tumov, yo’tal, ҳid bilish qobiliyatining pasayishi xastalikning birinchi kunidan boshlab kuzatiladi. Isitma, intoksikastiya deyarli kuzatilmaydi.
Allergik tumov rinovirusli infekstiya klinikasiga juda o’xshash. Allergik tumov mavsumiy kasallik bo’lib, asosan turli allergenlar ta’sirida sodir bo’ladi. Ko’pincha baҳor gullari, terak guli (pux), parrandalar pati, ҳayvonlar yungi va ҳokazo.
Allergik tumov xastaligida isitma, intoksikastiya belgilari kuzatilmaydi. Bemorlarda uzoq muddatda aksirish, burun qichishi, burun ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi kabi klinik belgilar kuzatiladi. Mavsum o’tishi bilan allergik omillar yo’qolishi natijasida allergik tumov alomatlari yo’qoladi.
Gripp va paragripp xastaligida yuqori isitma, intoksikastiya, nafas yo’llarining yallig‘lanishi alomatlari birinchi kundan namoyon bo’ladi. Gripp va paragripp infekstiyasida laringit, bronxit, traxeit, glassit pnevmoniya alomatlari kuzatiladi. Ushbu kasalliklarda keng tarqalish epidemiya shaklida vujudga keladi.
Adenovirus infekstiyasi. Adenovirus infekstiyasida kasallik sekin-asta boshlanadi. Intoksikastiya belgilari kundan-kun ko’paya boradi. Isitma kasallikning birinchi kunlari 37.00S – 37.80S ko’tariladi.
Bemorlarda ko’z shilliq pardasi yallig‘lanadi (kon’yunktivit, keratokon’yunktivit), limfa tugunlarning yallig‘lanishi, nafas yo’lida yallig‘lanish (traxeit, bronxit, bronxeolit, pnevmoniya) oshqozon ichak traktining jaroҳatlanishi, charvi limfa tugunlarining yallig‘lanishi (mezodenit) jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi, kasallik 12-17 kun davom etadi.
Qiyosiy tashxis rinovirus infekstiyasida respirator-sintistial infekstiyasi, reovirus infekstiya ESNO (Tip 10) bilan taqqoslash lozim.
Chaqaloqlarda va yosh bolalarda nafas bo’g‘ilishi va soxta krupp asorati kuzatilsa No-shpa 0.5 suprastin 0.5, novokain 0.5% 0.5 aralashmasi yonbosh mushak ichiga yuboriladi. Shu bilan birga yonbosh mushak ichiga deksametazon 0.5-1.0, prednizalon 0.5-1.0 yuboriladi.
Intoksikastiya alomatlarini kamaytirish maqsadida infuzion eritmalar 0.9% NaCl, ringer-lokk, Disol, Astesol, 5%, 10% glyukoza, reosorbilat, reopoliglyukin, tomir ichiga bolalarning vazniga qarab quyiladi. Modda almashinuvini yaxshilash maqsadida riboksin, askorbin kislota, Vitamin V6, V1, V12 mildranat, almiba preparatlari tomir ichiga yoki mushakka qilinadi.
Paragripp infekstiyasining og‘ir va asoratli kechishida ҳayot uchun xavfli ҳolatlar vujudga kelganda (pnevmoniya, soxta krupp, o’pka etishmasligi, yurak-qon tomir etishmasligi) bemor bolalar jonlantiruvchi bo’limda davolanishi maqsadga muvofiq. Paragripp infekstiyasining og‘ir va asoratli kechishida, bakterial mikrofloraningfaolligini kamaytirish maqsadida antibiotiklar qo’llaniladi (steftriakson, stefotoksin, stefod PEO, rostefin va boshqalar). Antibiotiklar bemor bolalarning vazniga qarab 2 maҳal 5 kun mobaynida qo’llaniladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling