O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
Klinikasi. Paragripp infekstiyasi 90-92% 1 yoshdan to 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda uchraydi. Inkubastion davr o’rtacha 3-4 kun. Yosh bolalarda 1-2 kun. Kattalarda 4-7 kun davom etishi mumkin. Kasallik o’tkir boshlanadi. Kasallikning birinchi kunidan boshlab uncha baland bo’lmagan isitma 37.2-37.50S, kuchsiz intoksikastiya alomatlari kuzatiladi. Isitma 2-5 kun davom etadi. Ayrim bemor bolalarda isitma tushganidan so’ng 1-2 kun o’tib ikkinchi marotaba isitma ko’tariladi. Ushbu ҳolat paragripp ifekstiyasiga bakteriyalarning qo’shilishi oqibatida ro’y beradi. Ba’zi bemor bolalarda kasallik subfibril temperatura, yoki normal temperatura bilan kechishi mumkin. Bemor bolalarda isitma davrida ҳolsizlik, darmonsizlik, uyquning buzilishi, kattalarda bosh og‘rish, ishtaҳaning pasayishi kuzatiladi.
Paragripp infekstiyasida nafas yo’llarining kataral yallig‘lanishi kuzatiladi. Bemor bolalarda kasallikning birinchi kunidan boshlab burun bitishi, nafas olishning qiyinlashishi, so’ng burundan tez-tez seroz, seroz-yiringli suyuqligi chiqadi. Rinoskopiya uslubi bilan tekshirilganda burun shilliq qavatining giperemiyasi, shishganligi qayd etiladi. Bemor bolalarda yallig‘lanish og‘iz bo’shlig‘i shilliq qavatida kuzatiladi. Qizarish qattiq va yumshoq tanglayda, tomoq murtaklarida ҳam kuzatiladi. Paragripp infekstiyasida kuzatiladigan tumov 2 ҳaftagacha davom etishi mumkin. Paragripp infekstiyasida kuzatiladigan doimiy belgi, yo’tal alomati. Yo’tal avval quruq, so’ng balg‘amli bo’ladi. Ushbu belgi bemor bolada traxeit, traxeobronxit bo’lganidan dalolat beradi. O’pkada perkutar timpanik tovush, auskultativ dag‘al nafas olish, ayrim bolalarda quruq xirillash eshitiladi. Quruq xirillash asmatik xarakterga ega. Bu esa bemor bolalarda shamollash, asmatik bronxit shaklida o’tishidan dalolat beradi. Paragripp infekstiyasiga xos klinik belgi bu laringit, glassit, larinotraxeit, soxta krupp, asbtruktiv bronxitlar. Bemor bolalarda laringit alomati paydo bo’lganda yo’tal kuchayadi. Avval quruq, dag‘al yo’tal kuzatilsa, yo’tal nafas olishni qiyinlashtiradi. Yo’tal pristupga o’xshab ketadi. Keyinchalik bemor bolaning ovozi bo’g‘iladi. Ayrim ҳolda tovush bo’g‘ilishi yoki yo’qolishi mumkin (laringit, laringo-traxeit, glassit, soxta krupp). Krup ҳolatida nafas olish qiyinlashadi. Nafas olganda qorin mushaklari, diafragma, qovurg‘a aro mushaklar aktiv qisqara boradi. Yosh bolalarda paragripp infekstiyasi ҳiqildoq stenozi, soxta krupp asorati bilan kechadi. Soxta krupp bemor bolalarning og‘irligiga qaramasdan ҳamma klinik shakllarda kuzatilishi mumkin. Etiologiyasi ҳar xil bo’lgan soxta kruplar ichida paragripp infekstiyasida krupp 35-40% tashkil qiladi. Soxta kruppda kuzatiladigan nafas olishning qiyinligi va o’tkir nafas etishmasligi, pristup bir necha soatdan 1 sutkagacha davom etishi mumkin. Laringoskop tekshiruvlarida ҳiqildoq yallig‘lanishi, kataral laringit, to’qimalarning shishishi ayniqsa ovoz boylamlari atrofida kuzatiladi. Paragripp infekstiyasi chaqaloqlarda va yosh bolalarda ko’pincha ikki taraflama pnevmoniya asorati kuzatiladi. Pnevmoniya o’chog‘i, bronxlarning yallig‘lanishi bilan kechadi (bronxopnevmoniya). Kasallik og‘ir kechadi. Nafas etishmasligi, yurak va o’pka etishmasligi tez rivojlanadi. Yosh bolalarda kuzatiladigan pnevmoniya paragripp viruslari va bakteriyalar (stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk va boshqalar) qo’shilishi natijasida ro’y beradi. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling