O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
Davolash. Adenovirusli infekstiyani davolash kompleks ravishda olib boriladi. Davolashda virusga qarshi preparatlar, patogenetik va simptomatik muolajalar o’tkaziladi. Asorati qayd etilgan bemorlarga asoratlarni bartaraf qiluvchi davolash muolajalari o’tkaziladi.
Adenovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar uyda davolanadi. Og‘ir asoratlar qayd etilganda bemorlar shifoxonalarga yotqiziladi. Bemorlarga yotoq rejimi tayinlanadi. Oqsil va vitaminlarga boy engil ovqatlar tavsiya qilinadi. Ko’proq suyuqliklar ichish maqsadga muvofiq. Suyuqliklar tarkibida soklar, o’tli damlamalar, namatak damlamasi, o’rik, olma suyuqliklari intoksikastiya omillarini kamaytiradi. Katta yoshdagi bolalarga va kattalarga virusga qarshi preparatlar berilishi maqsadga muvofiqdir. Virusga qarshi quyidagi preparatlarni ishlatish mumkin: orbidol, astiklovir, amiksin. Shuni ta’kidlash kerakki, virusga qarshi preparatlar adenovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarga kasallikning birinchi kunlaridan boshlab berish maqsadga muvofiq. Ushbu preparatlar bemor leykostitlarini virusga qarshi interferonlarini bir necha 10 marta ko’tarish xususiyatiga ega. Shu bilan birga virusga qarshi preparatlar ҳujayra va gumoral immunitetni tezroq shakllashtirish qobiliyatiga ega. Orbidol preparati ovqatdan oldin beriladi. Ushbu preparat 6 yoshdan katta bemorlarga tavsiya qilinadi. 12 va undan katta yoshli bemorlarda orbidol 2 tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida beriladi, 6 yoshli bemorlarga esa 1 tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida beriladi. Orbidol preparatini surunkali yurak qon tomir, jigar, buyrak kasalliklari bo’lgan bemorlarga berish taqiqlanadi. Astiklovir virusga qarshi samarador preparat bo’lib, 3 yoshdan katta bemorlarga tavsiya etiladi. Ushbu preparat bolalarga 1/2 tabletkadan x 2-3 maҳal 5 kun mobaynida ovqatdan keyin ichish tavsiya qilinadi. Kattalarga ushbu preparat 1 tabletkadan 2-3 maҳal 5 kun mobaynida tavsiya qilinadi. Oksalin mazi virusga qarshi samaraga ega bo’lgan preparat bo’lib, burun kataklariga surtiladi. Ushbu preparat burun kataklariga 5 kun mobaynida 2-3 maҳal surtiladi. Odam leykostitar interferoni intranazal tomchi sifatida adenovirus infekstiyasida samarali ta’sir qiladi. Ushbu preparat kuniga 4-5 marta qo’llaniladi. Burun kataklariga 4-5 maҳal 4 tomchidan tomiziladi. Ushbu preparatni ingalyastiya sifatida ishlatish mumkin. Oksalin mazi virusga qarshi preparat bo’lib, interanazal (burun kataklariga surtish) ҳolda ishlatiladi. Ushbu preparat adenovirus infekstiyasi bilan kasallanganlar, ҳamda sog‘lom odamlarga profilaktika uchun qo’llaniladi. Ushbu preparatlar bemorlarga 3 maҳal 4-5 kun mobaynida qo’llaniladi. Profilaktika maqsadida kasal bilan muloqotda bo’lganlarga kuniga 2 maҳal 4-5 kun davomida qo’llash tavsiya qilinadi. Adenovirus infekstiya bilan kasallangan bemorlarga patogenetik va simptomatik muolajalar o’tkaziladi. Quyidagi patogenetik, simptomatik dori-darmonlar qo’llaniladi. Antigrippin, aspirin, askorutin, ibufen, ibuklin, stefikon, nol-gripp, teraflyu va boshqalar. Ushbu preparatlar intoksikastiya belgilarini kamaytiradi. Isitmani tushiradi, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq, ҳolsizlik, darmonsizlik alomatlarini kamaytiradi. Adenovirusli infekstiyasida kuzatiladigan laringotraxeit, bronxit, bronxeolit, krupp yallig‘lanish jarayonida ingalyastiya, eufillin, yo’talni to’xtatuvchi preparatlar mukaltin, bromgeksin, brizizi, ASS preparatlar qo’llaniladi. Kasallikning erta rekonvalesstenstiya davrida polivitaminlar (revit, geksevit, undevit, komplevit, Vitrum va boshqalar, Vitamin A, Vitasin Aevit, askorutin, namatak dimlamasi) tavsiya qilinadi. Bemorlarda nafas siqish ҳolati, laringit, obstrukstiya, krupp ҳolatlar kuzatilsa, bemorlar tez fursatda shifoxonalarga yotqizilishi lozim. Ushbu bemorlarda yuqori isitma kuzatilsa, No-shpa 1,0, suprastin 1,0, novokain 1,0 aralashmasi mushak ichiga yuboriladi. Shunday ҳolatda mushak ichiga, venaga deksametazon 1,0 – 2,0, pronidzalon 30, 60 mg gormonal preparatlar yuborish maqsadga muofiq. Adenovirus infekstiya bilan kasallangan bemorlarda asoratlar kuzatilsa dezintoksikastion suyuqliklar bemor tomir ichiga yuboriladi. Quyidagi infuzion preparatlar ishlatiladi: Ringer-lok, sukstinasol, laktosol, disol, trisol, astesol, reosorbilakt, reopoliglyukin eritmalari keng qo’llaniladi. Adenovirus infekstiyasining og‘ir kechishida, ayniqsa bronxit, laringotraxeit, pnevmoniya kabi asoratlari bo’lganda antibiotiklar qo’llaniladi. Ko’pincha stefalosporinlar (stefozalin, steftraksion, stefotaksim, stefod PEO, rostefin va boshqalar). Penstilin guruҳiga mansub preparatlar (penistellin, ampestillin, ampioks va b.q.). Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling