O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Paragripp infekstiyasining profilaktikasi


Download 363.44 Kb.
bet76/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Paragripp infekstiyasining profilaktikasi. Paragripp infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar uyda davolanadi. Faqat og‘ir va asoratli kechganda bemorlar shifoxonalarda davolanadi. 95.0% - 98.0% paragripp infekstiyasi chaqaloqlarda va yosh bolalarda kuzatilganligi uchun profilaktik chora-tadbirlar uyda va bolalar bog‘chalarida, maktablarda o’tkaziladi.
Uyda bajariladigan profilaktik chora-tadbirlar:

  1. Bemor bolalarda shamollash alomati kuzatilsa va isitma chiqsa, shifokorlarni uyga chaqiriladi.

  2. Bemor bolaning ota-onasi va boshqa oila a’zolari ҳimoya niqobini taqish maqsadga muvofiq.

  3. Bemor bola yotgan joy dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi.

  4. Bemor bola qo’llari 3-4 maҳal gigienik salfetkalar yordamida artib turiladi.

  5. Katta yoshdagi bemorlar kasallik alomatlari tugaguncha uyda davolanadi. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiladi.

Bolalar muassasasida va maktabda profilaktik chora-tadbirlar o’tkazish:

  1. Bemor bolalar, bolalar muassasalariga isitma va respirator sindrom alomatlari bilan kelganda izolyatorga yotqiziladi va isitma o’lchanadi.

  2. Bog‘cha tarbiyachilari va o’qituvchilar ҳimoya niqobi taqishlari shart.

  3. Xonalar va sinflar dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi.

  4. Bemor bolaga birinchi yordam ko’rsatilgandan so’ng, oilaviy poliklinika shifokoriga, ҳududiy sanitariya-epidemiologiya markaziga xabar beriladi.

  5. Xodimlarning kunlik isitmasi o’lchanadi.

  6. Bolalar bog‘chalarida va maktabda paragripp infekstiyasining tarqalishi kuzatilsa, 1 ҳaftaga karantin e’lon qilinib yopiladi.

Paragripp infekstiyasiga qarshi vakstina bo’lmaganligi uchun ommaviy emlash o’tkazilmaydi.
RINOVIRUS INFEKSIYaSI
Rinovirus infekstiyasi o’tkir kontagioz virusli tumov xastaligi bo’lib, respirator virusli infekstiyalar guruҳiga mansub bo’lib, isitma, rinoriya, intoksikastiya klinik belgilari bilan kechadi.
Etiologiyasi. Rinoviruslar 1960 yilda virusolog Tirdell tomonidan kashf etilgan. Ushbu virus tumov bilan kasallangan bemorlarningburun suyuqligidan ajratib olingan. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, rinoviruslar bemor buyragi va maymun buyragi to’qimalarida ko’payish xususiyatiga ega. rinoviruslar RNK tutuvchi virus bo’lib, juda kichik o’lchamga ega (15-30 nm). Rinoviruslar RNKsi burun kataklari va og‘iz bo’shlig‘i epitelial ҳujayralarini jaroҳatlash xususiyatiga ega. Ҳozirgi kunda viruslarning 50 ta serologik variantlari aniqlangan va ularning ҳammasi kasallik chaqirish xususiyatiga ega. Rinoviruslar pikarno viruslar guruҳiga mansub (pico – kichik, rno – ribonuklein kislotasi).
Rinoviruslarning tashqi qobig‘ida lipidlar mavjud bo’lib, odam epiteliy ҳujayralariga kirishini ta’minlaydi. Rinovirus antigenlari gemagglyutinastiya qilish xususiyatiga ega. Shu tufayli bemorlarga kuchli bo’lmagan intoksikastiya alomatlarini keltirib chiqaradi. Rinoviruslar bemorlarning burun kataklaridagi kuchli seroz suyuqligini chiqarish qobiliyatiga ega.
Rinoviruslar tashqi muҳitga chidamli 500S – 700S da tez nobud bo’ladi. 1000S da o’sha zaҳoti o’ladi. Ammo namgarchilik va past ҳaroratda 2-3 kun saqlanib turadi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling