O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Adenovirus infekstiyasining tavsifi


Download 363.44 Kb.
bet64/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Adenovirus infekstiyasining tavsifi:
Adenovirus infekstiyasida quyidagi klinik belgilar, shakllar kuzatiladi.
Belgilar:
1. Faringokon’yunktiv isitma
2. Yuqori nafas yo’llari yallig‘lanishi
3. Keratokon’yunktivit
4. Tonzillofaringit
5. Mezenterial limfodenit
6. Diareya (ich ketish)
Og‘irligi bo’yicha:
1. Engil
2. O’rta og‘ir
3. Og‘ir
Kasallikning kechishi:
1. Asoratsiz
2. Asoratli (pnevmoniya, seroz meningit, miokardit, nefrit)
Faringokon’yunktiv isitma. Adenovirus infekstiyasida eng ko’p kuzatiladigan klinik shakl. Isitma nisbatan uzoq davom etadi, bemorlarda respirator sindrom alomatlari granulez faringit, ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi (keratit, kerato-kon’yunktivit) tomoq murtaklarining yallig‘lanishi (angina), tomoq limfa tugunlari yallig‘lanishi, ayrim bemorlarda jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi. Kasallik kechishi uzoqroq davom etadi. Isitma 1-2 ҳafta davom etadi.
Tonzillofarengit. Adenovirus infekstiyasining barcha klinik kechishida tonzillofarengitqayd etiladi. Yallig‘lanish og‘iz va ҳiqildoqda kuzatiladi. Tonzillofarengit yallig‘lanishi ҳamma bemorlarda kuchli namoyon bo’ladi. Kattalar va bolalarning og‘zi og‘riydi. Tomoq murtaklarida oq yallig‘lanish pardasi (nalet), regionar limfa tugunlarning ayniqsa bo’yindagi limfa tugunlarning kattalashishi kuzatiladi.
Tomoq murtaklarining yallig‘lanishi va yiringlashiga asosiy sabab adenoviruslarning murtak limfa tugunlariga kirib, jaroҳatlashi va tomoqdagi bakteriyalarning faollashuvi natijasida ro’y beradi.
Angina virusli-bakterial etiologiyaga ega. Ko’pincha stafilokokklar, streptokokklar, pnevmokokklarning faolligi oshadi.
Mezenterial limfodenit (mezodenit).Adenovirus infekstiyasida kuzatiladi. Bemorlarda ko’ngil aynash, qusish, kindik atrofida og‘riq, ayrim bemorlarda qorinning appendekulyar soҳasida og‘riq kuzatiladi. Bemorlarda isitma ko’tariladi. Bemor tili karash va kattalashgan, qonda leykostitlar soni normal ҳolda bo’ladi. Bemorlarda mezenterial limfa tugunlarning yallig‘lanishi va kattalashganligi xarakterli.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling