O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Rinovirus infekstiyasining o’rta og‘ir shaklida davolash tartibi


Download 363.44 Kb.
bet80/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Rinovirus infekstiyasining o’rta og‘ir shaklida davolash tartibi.
Bemorlar ko’p suyuqlik ichishi maqsadga muvofiq (mineral suv, soklar, meva sharbatlari, namatak damlamasi, limon, malina, smorodina qaynatmalari).
Vitaminga boy suyuq ovqatlar: sholg‘om sho’rva, tovuq qaynatmasi, bulonlar iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Bemorlarga simptomatik dori-darmonlar tavsiya etiladi.
Antigrippin 1 tab x 3 maҳal 3-5 kun.
Askorutin 1 tab x 3 maҳal 5 kun.
Aievit 1 dr x 1 maҳal 10 kun.
Septolet, imudon tabletkalarini 1 tab x 3 maҳal 5 kun shimish tavsiya etiladi.
Bemorlarda allergiya alomatlari kuzatilsa, Diazolin, Zodak, Anallergin tabletkalarini 1-2 maҳal 5 kun mobaynida ichish tavsiya qilinadi.
Rinovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarga virusga qarshi preparatlar tavsiya qilinadi. Astiklovir (200, 400) 1 tabletkadan 3 maҳal 5 kun.
Aflubin 15-20 tomchidan 2 maҳal 5 kun.
Ushbu preparatlar rinoviruslarning o’sish qobiliyatini pasaytiradi, yallig‘lanish jarayonining oldini oladi, bemor immunitetini ko’taradi. Og‘ir va asoratli kechgan rinovirusli infekstiya bilan kasallangan bemorlar kasalxonalarda davolanadi.
Virusli-bakterial assostiastiyasi asoratlarni keltirib chiqarishini inobatga olgan ҳolda bemorlarga antibiotiklar qo’llaniladi (steftriakson, stefotoksin, stefod, rostefin PEO, penistillin guruҳiga mansub antibiotiklar).
Qiyosiy tashxisot.
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi:Koronavirus Covid-19 infekstiyasi yuqori kontagiozli juda tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan, baland isitma, tumov belgilari bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi o’tkir boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, nafas yo’llarida: yo’tal, aksirish, burun va og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi katta va 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi pnevmoniya asoratlarining tez va shiddatli paydo bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega.
Rinovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarning qiyosiy tashxisi muҳim aҳamiyat kasb etadi. Ushbu infekstiyani allergik tumov, paragripp, adenovirusli infekstiya, gripp kasalliklari bilan qiyosiy tashxis qilinishi maqsadga muvofiq.
Rinovirus infekstiyasida asosiy klinik belgi tumov, yo’tal, ҳid bilish qobiliyatining pasayishi xastalikning birinchi kunidan boshlab kuzatiladi. Isitma, intoksikastiya deyarli kuzatilmaydi.
Allergik tumov rinovirusli infekstiya klinikasiga juda o’xshash. Allergik tumov mavsumiy kasallik bo’lib, asosan turli allergenlar ta’sirida sodir bo’ladi. Ko’pincha baҳor gullari, terak guli (pux), parrandalar,uy va yovvoyi ҳayvonlar yungi va ҳokazo.
Allergik tumov xastaligida isitma, intoksikastiya belgilari kuzatilmaydi. Bemorlarda uzoq muddatga aksirish, burun qichishi, burun ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi kabi klinik belgilar kuzatiladi. Mavsum o’tishi va allergik omillar yo’qolishi natijasida allergik tumov alomatlari yo’qoladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling