O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet82/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

RESPIRATOR – SINSITIAL INFEKSIYa
(RS – virus infekstiya)
Respirator – sinstitial infekstiya (RS – virus infekstiya) o’tkir respirator virusli infekstiya guruҳiga mansub xastalik bo’lib, isitma, intoksikastiya, bronxlar, bronxiolalarning jaroҳatlanishi bilan kechadigan xastalik. Ushbu infekstiya chaqaloqlar va yosh bolalarda uchraydi. Kattalarda RS – infekstiyasi kuzatilmaydi va umumiy respirator virusli infekstiyalar ichida 15-25% tashkil etadi.
Etiologiyasi. RS – virusi 1956-1957 yillarda virusologlar Morris, Chenok va ularning o’quvchilari tomonidan kashf etilgan. RS – viruslari bemor bolalar nafas yo’llaridagi zararlangan epitelial ҳujayralardanajratib olingan. Zararlangan epiteliylar ichidagi viruslarning bir-biriga yopishib qolish xususiyatiga ega bo’lganligi va ushbu viruslarning toza ҳolatda ajratib olinganda ҳam viruslar bir-biriga yopishib turishiga qarab respirator-sinstitial viruslar deb atala boshlandi.
RS-viruslari RNK – tutuvchi miksoviruslar guruҳiga mansub. Viruslar 90-120 nm o’lchovga ega. odam xujayralarida o’stirib olinadi.
RS-viruslar tashqi muҳitga chidamsiz, ҳarorat 600S va undan ortiq isitilganda tez nobud bo’ladi. Past ҳaroratda va namlikda uzoqroq saqlanadi. Dezinfekstiya moddalari ta’sirida, ya’ni 0.5% - 1.0% xloramin, xlor suyuqliklari ishqorlarida o’sha zaҳoti nobud bo’ladi. RS-virusining 2 ta antigeni mavjud. Antigenlar odam eritrostitlarini agglyutinastiya qilish qobiliyatiga ega. Virusning tashqi qobig‘idagi lipidlar, polisaxaridlar toksik xususiyatga ega. Viruslarning tashqi qobig‘idagi lipidlar epiteliy ҳujayralar ichiga viruslarning kirib olishini ta’minlaydi.
Epidemiologiyasi. RS-infekstiyasi respirator virusli infekstiyalar guruҳiga mansub bo’lib, ҳavo-tomchi yo’li orqali yuqadi.
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai: Kasallik manbai RS – infekstiyasi bilan kasallangan bemor va virus tashuvchi ҳisoblanadi. Bemorlar kasallikning birinchi kunidan boshlab katta miqdorda RS-viruslarini tashqi muҳitga chiqarib turadi. Bemorlar aksirganda va yo’talganda viruslar tashqi muҳitga chiqa boshlaydi. RS-viruslari ҳavo-tomchi ҳolatda, ya’ni burun suyuqligi, og‘izdan tufuk ҳolatida, suyuqlik viruslar aralashmasi ҳolatida tashqi muҳitga chiqadi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling